Raqamli usulga impuls-kodli modulyasiya (IKM) va delta-modulyasiya
kiradi. Impuls-kodli modulyasiyada AIM signal kvantlanadi va kodlanadi.
Delta-modulyasiya g‘oyasi takt intervalida anolog signal qiymatini belgi
o‘zgarishini liniyadan uzatish hisoblanadi. Diskretlash chastotasi 3-4 barobar katta
bo‘lishi kerak.
Ma'lumotlarni uzatish apparaturasi quyidagicha bo‘ladi:
-
past tezlikli axborotni uzatish tezligi 200 bit/sek (standart telegraf kanali
orqali);
-
o‘rta tezlikli 4800 bit/sek (tonal chastotali kanallar orqali);
-
katta tezlikli 4800 bit/sekdan yuqori (keng chiziqli kanal orqali).
Abonent punkti boshqaruv vositalari bo‘lgan bir yoki bir nechta tashqi
qurilmalardan tarkib topadi. Boshqaruv vositalari tashqi vositalar ishini avtonom
ravishda yoki EHM yordamida ta'minlaydi.
Interfeyslar - turli bloklarning ishini konstruktiv razyomlar orqali
moslashtiradi.