III- Bob. Termitlarning bioekologiyasi haqida
umumiy ma’lumot
Termitlar – chala rivojlanuvchi ya‘ni o‘z hayoti davomida tuxum, lichinka,
imago fazalarini o‘tib yashovchi jonzotlar hisoblanadi. Hayot tarziga kelsak, ular
kolloniya tuzib yashovchi hashoratlar bo‘lib, ularda o‘z nasliga g‘amxo‘rlik qilish
kuchli rivojlangan bo‘ladi. Kolloniyada termitlar bir necha rivojlanish fazasi va
guruhlardan iborat bo‘lib, ular tashqi ko‘rinishi, bajaradigan vazifasi bilan bir-biridan
farq qiluvchi ishchilar, askarlar va jinsiy individlardan iborat bo‘ladi. Uyada bir juft
erkak va urg‘ochi termit bo‘lib, ularni odatda shoh va malika deb aytiladi (2- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |