Birinchi topshiriq Kompyuterning asosiy qurilmalari


yordamchi  (xizmat  ko'rsatuvchi)  dasturiy  ta’minotdan  iborat



Download 299,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana31.12.2021
Hajmi299,42 Kb.
#262184
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-top-конвертирован

yordamchi  (xizmat  ko'rsatuvchi)  dasturiy  ta’minotdan  iborat.  Asosiy  dasturiy  ta’minot 

kompyuter  bilan  birgalikda  yetkazib  berilsa,  xizmat  ko'rsatuvchi  dasturiy  ta’minot  alohida, 

qo'shimcha tarzda yaratilishi mumkin. 

Asosiy dasturiy ta’minot (base software) — kompyuter ishini ta’minlovchi dasturlarining minimal 

to‘plami. 

Ularga quyidagilar kiradi: 

— operatsion sistema (OS); 



— tarmoq sistemasi. 

Yordamchi  (xizmat  ko'rsatuvchi)  dasturiy  ta’minotga  asosiy  dasturiy  ta’minot  imkoniyatlarini 

kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar 

kiradi.  Bular  tashxis  qiluvchi,  kompyuterning 

ishchanligini  oshiruvchi

,  antivirus,  tarmoq  ishini 

ta’minlovchi va boshqa dasturlardir. 

Asosiy  dasturiy  ta’minotni  qo‘shimcha  ravishda  o'matiladigan  xizmat  ko'rsatuvchi  dasturlar 

to‘plami to‘ldirib turadi. Bunday dasturlami ko‘pincha utilitlar deb atashadi. 

Utilitlar  —  ma’lumotlami  qayta  ishlashda  qo‘shimcha  operatsiyalami  bajarishga  yoki 

kompyuterga  xizmat  ko'rsatishga  (tashxis,  apparat  va  dasturiy  vositalarni  testlash,  diskdan 

foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) mo'ljallangan dasturlardir. 

Kompyuterning  dasturiy  ta’minoti  orasida  eng  ko‘p  qo‘llaniladigani  amaliy  dasturiy  ta’minot 

(ADT)dir.  Bunga  asosiy  sabab  kompyuterlardan  inson  faoliyatining  barcha  sohalarida  keng 

foydalanilishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo'llanishi. 

Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin. 

Muammoga yo’naltirilgan ADTga quyidagilar kiradi: 

— buxgalteriya uchun DT; 

— personalni boshqarish DT; 

— jarayonlami boshqarish DT

— bank axborot tizimlari va boshqalar. 

Umumiy  maqsadli  ADT  —  soha  mutaxassisi  bo'lgan  foydalanuvchi  axborot  texnologiyasini 

qo‘llagando uning ishiga yordam beruvchi ko’plab dasturlarni o’z ichiga oladi. Bular: 

—  kompyuterlarda  ma’lumotlar  bazasini  tashkil  etish  va  saqlashni  ta’minlovchi  ma’lumotlar 

bazasini boshqarish tizimlari (MBBT); 

—  matnli  hujjatlami  avtomatik  ravishda  formatlashtiruvchi,  ulami  tegishli  holatda 

rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muharrirlari

— grafik muharrirlar

— hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar

— taqdimot qiiish vositalari, ya’ni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish etish, 

slaydlar

animatsiya, filmlar tayyorlashga mo‘ljallangan maxsus dasturlar. 



Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o‘z ichiga oladi. Ularga 

quyidagilar kiradi: 

—  rejalashtiruvchilar  yoki  organayzerlar,  ya’ni  ish  vaqtini  rejalashtiruvchi,  uchrashuvlar 

bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va qaydnomalarni olib boruvchi dasturlar




—  taijimon  dasturlar,  ya’ni  berilgan  boshlang‘ich  matnni  ko'rsatilgan  tilga  tarjima  qilishga 

mo'ljallangan dasturlar

— skaner yordamida o‘qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga o'zgartiruvchi dasturiy 

vositalar; 

— tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi o‘zaro muloqotni 

tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar. 

Kichik nashriyot tizimlari «kompyuterli nashriyot faoliyati» axborot texnoiцgiyasini ta’minlaydi, 

matnni formatlash va tahrir qilish, avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshilarini yaratish, 

rangli grafikani matn orasiga qo'yish va hokazolami bajaradi. 

8.

Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat ta’minot (hardware) va 



dasturiy ta’minot (software) lardir. 

Apparat ta’minoti ─ bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha 

(atrof) qurilmalaridir. 

Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qisimi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov 

beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z 

ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib 

qoladi. 

Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasidagi bog’lanish qanday amalgam oshiriladi? 

Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning 

turli texnik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish ─ bu, apparat 




Download 299,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish