-gaz(-kaz, -qaz, -qiz, -g‘iz, -giz) fe’lning orttirma nisbat shakli: tur-giz, o‘t-kaz, yot-qiz, yur-
g‘iz, ko‘r-gaz.
-gani(-kani, -qani) maqsad ravishdoshi shaklini yasaydi: ko‘r-gani, chiq-qani, ek-kani.
-gar I otdan sifat yasaydi: mis-gar, savdo-gar, jodugar.
-gar II otdan ot yasaydi: ig‘vo-gar, hiyla-gar, sitam-gar.
-garchilik murakkab morfema. ot, sifatdan ot yasaydi: yog‘in-garchilik, serob-garchilik,
ovora-garchilik, loy-garchilik.
-gach(-kach, -qach) ravishdosh shaklini yasaydi: kel-gach, chiq-qach, sig‘-gach, ek-kach.
-gi (-ki, -qi, -g‘i, -g‘u) I fe’ldan ot yasaydi: supur-gi, tep-ki, sez-gi, yoqil-g‘i, tuy-g‘u, achit-qi.
-gi (-ki, -qi) 2. ot va ravishdan sifat yasaydi: yoz-gi, tash-qi, ich-ki, avval-gi, vaysa-qi, so‘ng-gi.
Do'stlaringiz bilan baham: |