IV. AMALIY MASHG„ULOT MATERIALLARI
73
kursatkichlariga ajraladi.
Miqdoriy
ko„rsatkichlar kitobxonlar, kitob berilishi, kutubxonaga
qatnovchilar, yangi olingan kitoblar, ommaviy tadbirlar miqdori bo„yicha darajani
belgilaydi.
Sifat ko„rsatkichlari nisbiy miqdorlarda ifodalanadi hamda xosila
ko„rsatkichlarini xisoblash uchun norma sifatida foydalaniladi. Masalan, o„tgan
yilgi kitobxonlar (miqdor ko„rsatkich) hamda kitob o„qilishi (sifat ko„rsatkich)
sonini aniklab, ularni ko„paytirish vositasida kitob berilishining rejali miqdorini (
xosila ko„rsatkichini) belgilash mumkin.
Turli xildagi kutubxonalar uchun ko„rsatkichlar tizimi bir muncha farq
qiladi. Maxsus kutubxonalarda bibliografik va axborot ishlari ko„rsatkichlari rejada
muxim o„rinni egallaydi. Viloyat kutubxonalarining rejalarida uslubiy ishlar
ko„rsatkichlari ham qayd etiladi.
Har qanday kutubxona uchun
kitobxonlar soni – majburiy ko„rsatkich
xisoblanadi. Bu ko„rsatkichni xisoblash uchun turli xil usullar qo„llaniladi. Ulardan
eng ko„p tarqalgani – o„tgan yilgi tajriba asosida xisoblash. Masalan, o„tgan yilda
1576 kishiga xizmat ko„rsatilgan bo„lsa, yangi yilda –1600 kishi rejalashtiriladi.
Bu usulni afzalligi – o„tmish tajribasini hisoblashdir. Kamchiligi esa – faqat
erishilgan natijagina ta‟kidlanadi, balki kelgusi yilda bu ko„rsatkich ancha yuqori
bo„lishi mumkin.
Yana bir usul- kutubxona vazifalariga ko„ra aniqlanadigan miqdor
xisoblash asosi bo„lib xizmat qiladi. Masalan, o„quv yurtining kutubxonasi barcha
o„quvchilar, o„qituvchilar va xizmat ko„rsatadigan xodimlarni qamrab olishni
mo„ljallaydi. Qishloq kutubxonasi shu xududda yashovchi barcha oilalarni, maktab
kutubxonasi esa barcha o„quvchilarni kitobxonlar safiga jalb qilishni o„z oldiga
vazifa qilib qo„yadi.
Ommaviy kutubxonalarda bitta kutubxonachi uchun yillik ish normasidan
foydalanishga asoslangan xisoblash usuli keng qo„llanilgan. Kutubxonadagi
xodimlar sonini bilgan xolda kitobxonlar va kitob berish qancha bo„lishi
lozimligini xisoblash mumkin.
Kitobxonlar miqdorini “aholini qamrab olinganlik foizi” ko„rsatkichi
asosida ham xisoblash mumkin. Nazorat raqamlarni belgilashda avvalgi tajribani,
kutubxona oldida turadigan norma va vazifalarni bajarishning majburligini xisobga
olish zarur.
Kitob berilish miqdorining xisoblash chiqish, rejalashtirilayotgan
kitobxonlar soni hamda kitob o„qilishi ko„rsatkichlariga bog„liq. Kitobxonlar
sonining ancha ko„payishi kitob o„qilishi ko„rsatkichlarini pasaytirishi mumkin.
Ammo kitob berilishining umumiy miqdori ortadi. Kitob o„qilishi ko„rsatkichlari:
abonementda va o„quv zalida, shahar va qishloq joylarda, statsionar va nostatsionar
kutubxonalarda tabaqalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: