IV. AMALIY MASHG„ULOT MATERIALLARI
71
xodimlari xabardor bo„lishlari shart. Juda keng missiya tanlash tashkilot
muvaffaqiyatiga zarar qilishi mumkin, xuddi shunday tor missiya tanlash ham
rahbariyat imkoniyatlarini, alternativ yechimlarni tanlash imkonini chegaralab
qo„yishi mumkin.
Kutubxona faoliyatini rejalashtirish ishning maqsadi, vazifasi va darajasini
aniqlaydi, xarakat dasturini belgilaydi. U ommaviy kutubxonalarning madaniy-
ma‟rifiy muassasa sifatidagi faoliyatini yo„naltiradi, maxsus va o„quv
kutubxonalarini xizmat ko„rsatiladigan jamoasi faoliyatiga yordam berishga
yo„llaydi. Reja ishning darajasini yuksaltirish uchun ham, kitob targ„ibotining
yangi usul va shakllarini joriy qilish uchun ham ahamiyatga ega.
Kutubxona faoliyatini rejalashtirish quyidagi tamoyillarga asoslangan
bo„lishi kerak:
- ilmiy asoslanganlik;
- joriy ishlarni istiqbol ishlar bilan uyg„unlashtirish;
- rejani bajarilishi shartliligi;
- rejani muvoffiqlashganligi;
- rejani aniqligi.
Rejani ilmiy asoslanganligi – uning ta‟sirchanligini muxim shartidir.
Rejalashtirish – bu kutubxona faoliyatini rivojlantirish, uni extiyoj va
imkoniyatlarini xisobga oluvchi oldindan ko„ra bilishdir.Ilmiy asoslanganlik joriy
vazifalarni istiqbol vazifalar bilan uyg„unlashtirishni nazarda tutadi. Ya‟ni joriy
ishlar va ehtiyojlar bilan chegaralanib qolmasdan, balki yaqin kelajakning
talablarini xisobga olish lozim.
Rejalashtirishning zarur sharti – rejani bajarilishini shartliligidir. Rejadagi
ko„rsatkichlarga erishish uchun barcha kuch va vositalarni safarbar qilmoq zarur.
Rejalarni muvoffiqlashtirish bitta regionda joylashgan kutubxonalar
faoliyatini xisobga olishni nazarda tutadi. Reja tuzishdagi vazifalardan yana biri –
uni aniq bo„lishidir.
Kutubxonalar o„z oldilarida turgan ko„p tarmoqli ishni bir maromda
uzilishlarsiz, muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun reja bo„yicha ishlashi kerak.
Reja bo„yicha ishlash- qachon va qanday maqsadda nima ish qilish kerakligini
bilish demakdir. Yaxshi tuzilgan reja kutubxonani u yoki bu davrdagi vazifa
va ish
mazmunini aniqlaydi, ishga istiqbollik baxsh etadi, aholiga xizmat ko„rsatishni va
ommaviy tadbir tashkil qilishngi osonlashtiradi, kutubxona fondidan to„g„ri va
to„liq foydalanishga, kutubxona ish sifatini yaxshilashga va mehnat
samaradorligini oshirishga yoram beradi.
Kutubxona asosan uch xildagi rejaga ega bo„lishi kerak:
- yillik;
- chorak (kvartal);
- oylik.
Yillik rejada kutubxona faoliyatining asosiy yo„nalishlari, joriy yildagi
muxim vazifalari va ish mazmuni, ijtimoiy va madaniy- ma‟rifiy ishlari,
kitobxonlarni jalb qilish, adabiyotlar berilishi, ommaviy tadbirlar o„tkazish va
xokozolar bo„yicha miqdoriy ko„rsatkichlar belgilanadi.
IV. AMALIY MASHG„ULOT MATERIALLARI
72
Chorak reja yillik reja asosida tuzilib, yillik rejani bajarishni qanday amalga
oshirish, ushbu chorakda nima ish qilinishi aniq belgilanadi. Unda yillik rejada o„z
aksini topmagan, lekin hayot taqqozosi bilan zarur bo„lgan yangiliklar o„z aksini
topishi mumkin.
Chorak rejadan tashqari har oyda kutubxonaning kitob targ„iboti bo„yicha
o„tkaziladigan tashkiliy-ommaviy va uslubiy ishlarini mavzu- kalendar rejasi yoki
oylik rejasi tuziladi. Oylik reja chorak reja asosida yaratiladi. Oylik reja
kutubxonaning ommaviy va uslubiy ishlarini har bir turi bo„yicha tadbir mavzusi,
tadbirlarni bajarishga javobgar shaxsni belgilaydi.
Reja tuzilib va tasdiqlangach u bajarish uchun majburiy xisoblanadi. Rejani
har bir bo„limi to„liq va o„rnatilgan muddatda bajarilishi shart.
Yillik ish rejasi tuzish ancha murakkab ish. Shuning uchun uni tayyorlash
uchun ancha ilgariroq, yilning noyabr- dekabr oylarida kirishish kerak. Bu esa o„z
vaqtida reja tuzishga, uni muhokamadan o„tkazish va tasdiqlashga hamda yangi yil
boshidan boshlab uni bajarishga imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: