III.
NAZARIY MATERIALLAR
19
asrning o„rtalaridan XX asrning 20 –yillarigacha bo„lgan davrni qamrab oladi.
Boshqaruvga bo„lgan qiziqishni kuchayishiga birinchi turtki sifatida
Yevropa mamlakatlaridagi jadal o„zgarishlar, xususan Angliyada sanoat
revolyutsiyasining ro„y berishi sabab bo„lgan. Ammo, tashkilotning
muvaffaqiyatini samarali boshqaruv tashkil qilishi mumkinligi haqidagi
sistemalashgan fikrlar Amerika Qo„shma Shtatlarida yuzaga keldi, bunga bir necha
sabablar bor, bular:
-AQSh dagi o„sha davrdagi irqiy, iqtisodiy erkinlik, hamda kishilarning
moddiy, kelib chiqishi va sinfiy tabaqalarning ahamiyatsizligi;
-X1X asrning oxirida Amerika yakunlangan transkontinental temir
yo„llarining to„qnashuv joyi bo„lganligi;
-Davlatning aralashmaslik siyosati;
-Har xil milliy, iqtisodiy asosdan kelib chiqqan odamlar o„z omadlarini
sinash maqsadida Amerikaga yo„l olib, bu davrda iqtisodiyotni rivojlanishi va
tadbirkor odamlarni ko„payishi boshqaruvni fan sifatida shakllanishiga olib keldi.
Bunga yirik tadbirkorlarning extiyoji va yirik biznesni rasmiylashgan boshqaruv
vositalariga
extiyojni kuchliligi;
-Sanoat revolyutsiyasi natijasida texnika afzalliklarini qo„llashning zarurligi;
-Ishni samarali tashkil qilish va o„z maqsadlariga erishish yo„llarini
ahtarayotgan bir qator izlanuvchi- tadqiqotchilarni yuzaga kelishi va o„z
g„oyalarini targ„ib qilish uchun ularga qul keladigan shart- sharoitni yaratib berdi.
Boshqaruv g„oyalarini rivojlanishining birinchi bosqichi
teylorizm davri
deb atalib, bu davrning o„ziga xos g„oyasi ilmiy asosda boshqarish mumkin
ekanligini targ„ib qilishdir. Bu davrda muxandislik ( injenerlik) fanlari g„oyalarini
eng quyi ishlab chiqarish bo„g„iniga singdirilishi xos bo„lib, keyinchalik aynan
shunda teylorizm cheklanganligi namoyon buladi.
Ikkinchi bosqich –
klassik yoki ma‟muriy bosqich, ya‟ni A.Fayoln
tomonidan uning mashhur boshqaruv printsiplarini keng tarqalishi bilan bog„liq.
Ushbu davr izlanishlari formal tashkiliy va tizimlarni tashkil qilishga,
shakllantirishga qaratilgan. Anri Fayoln birinchi bo„lib butun bir samarali
boshqaruv tuzilmasini shakllantirish, uning yuqoridan pastgacha barcha bo„g„inlari
faoliyatini tavsiflash, ularning birgalikdagi faoliyati muvaffaqiyatini ta‟minlovchi
tamoyillarini ishlab chiqdi.
1930- yillardan boshqaruv tarixida yana bir o„ziga xos bosqich ko„zga
tashlandi. Bu bosqich ko„pincha “neoklassik davr” deb ataladi va ahamiyati
jixatidan birinchi va ikkinchisiga yon bosmaydi. Bu davr
“insoniy munosabatlar”
deb nom olgan maktabning yuzaga kelishi bilan xarakterli. 1940-60 yillar
davomida bu yo„nalish tashkilotlarni “ijtimoiy tizim” sifatida qarash lozim degan
III. NAZARIY MATERIALLAR
20
fikrlar bilan davom etdi. 30- yillardan so„ng, ayniqsa bu yangi g„oyalar yapon
menedjerlari tomonidan chuqur o„rganilib, amalda qullanib kelindi. Xarakteriga
ko„ra bu davrni g„oyalari psixologiya, sotsilogiya, umuman, inson xulq-atvori
borasidagi fanlarning erishgan yutuqlarini boshqaruvga qo„llab qurishdan iborat
edi.
1950-60 yillarda boshqaruv g„oyalarida qarorlarni
miqdoriy usullari
jihatidan asoslash rivojlandi. Bu siljish boshqaruvda matematikani hamda
kompyuterlarni qo„llashning natijasida ro„y berdi. Aynan , miqdoriy maktab deb
nom olgan maktab tomonidan kibernetikaning tizimlar nazariyasi, ya‟ni murakkab
xodisalarni integratsiyalashtiruvchi, sintezlovchi fan yo„nalishlarini asosiy
g„oyalarini, xulosalarini boshqaruvga jalb qilinishi bu davrni o„ziga xos jixatidir.
70- yillarda
“Tashkilot –bu ochiq tizim
”, u doimiy tarzda o„zini ichki va
tashqi muxitga moslashib yashaydi, biron – bir qiyinchiliklarni negizini nafaqat
tashkilotning ichki muxitidan, balki tashkilotning tashqi omillari doirasidan ham
izlash kerak ”degan g„oya keng tarqaldi. Bu amaldagi “universalizmdan” , ya‟ni
har bir narsada rasmiy shakl, uslub, vosita izlash xolatidan “vaziyatli
yondoshuvga” o„tishni anglatadi.
80- yillarda esa ko„pchilik amerikaliklar uchun kutilmaganda yaponlar
tomonidan samarali qo„llanib kelingan
“tashkilot madaniyati
” tushunchasini, uni
boshqaruvda kuchli ta‟sir vositasi ekanligini tan olish davri bo„ldi. Hozirgi kunda
ko„pchilik amerikaliklar madaniyatni, ta‟sir kuchi jixatidan, boshqaruv
instrumenti bo„lgan tashkil qilish bilan bir qatorga qo„yishadi. Shuning uchun ham
ko„pchilik boshqaruvchilar tashkilotning asosiy potentsiali, progressiv o„zgarishlar
manbai – inson va
uning ongi, madaniyati ekanligini tan oladilar.
90- yillar bosqichini esa qisqacha uchta tendentsiyani belgilash bilan
ta‟riflash mumkin. Birinchidan, bu ma‟lum jihatdan ortga qaytish, ya‟ni moddiy –
texnologik bazani ahamiyatiga tushunib yetish. Ikkinchidan, nafaqat tashkiliy
madaniyatga e‟tiborni kuchaytirish, balki boshqaruvni demokratiyalashuvining
turli shakllariga e‟tiborni kuchaytirish. Uchinchidan, menejmentning xalqaro
xarakterini kuchayishi.
Do'stlaringiz bilan baham: