Din psixologiyasi - psixologik va ijtimoiy psixologik omillarning diniy
ong bilan shartlanganligini, dinning insonga ta’sirini o’rganuvchi psixologiya
sohasi. Din psixologiyasi XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida vujudga
kelgan bo’lib, insonni ibodat qilishdagi, diniy an’analarni, rasm-rusumlarni
bajarishdagi hissiyot holatlarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Oila psixologiyasi - oilaning psixologiyasini o’rganuvchi psixologiya
sohasi sanaladi. Oila psixologiyasi oilaning psixologik muammolarini
o’rganadi, u oilaga ta’sir qiluvchi omillarni, oiladagi rollar taqsimlanishi, er-
xotin munosabati, shaxslararo munosabat, yosh xususiyatlariga asoslanib
muloqotga kirishish kabilarni o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |