Sport psixologiyasi sport musobaqalari va mashqlanish faoliyatida
inson psixikasining rivojlanishi, guruhiy munosabatlarning psixologik
qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Sport psixologiyasining
asosiy vazifasi sportchilarning psixik va jismoniy kamolotga ta’sir o’tkazuvchi
muhim shart-sharoitlarni yaratib berishdir.
Savdo psixologiyasi. Savdo psixologiyasi savdo-tijorat reklamalari,
modalar psixologiyasi va shu kabi masalalarni tadqiq qiladi. Ayniqsa,
sotuvchi-xaridor munosabati, kishilarga ta’sir o’tkazish, ularda iliq his-tuyg’u,
ishonch uyg’otish mexanizmlari, mantiqan ularni muomala jarayonida
ishontirish, qiziqtirish, ijtimoiy ahamiyatini tushuntira bilish, nizoli
holatlarning oldini olish, xizmatda muloqot madaniyati va uning treninglaridan
unumli foydalanish, xaridorlarning psixologik xususiyatlarini anglagan holda
munosabatda bo’lish qonuniyatlarini tadqiq etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |