boshlanadi. Bunda ikki g’ildirakli maxsus arava ketidan kelayotgan asirlar
ko’rinadi, so’ngra sirk maydonida gladiatorlarning qon to’kib kurashgan fojiali
manzarasi boshlanadi. Spartak quturgan olamon talabini rad etadi, yenggan
88
Shundan keyin yaralangan gladiatorning fojiali o’limi manzarasi
ko’rsatiladi. Spartak do’stlarini zolimlar asoratiga qarshi qo’zgalon
ko’tarishga chaqiradi. Appiya yo’lida qo’zg’alonchi gladiatorlarga
dehqonlar kelib qo’shiladi. Balet Spartakning so’ngi kurashi,
qahramonona o’limi, unga motam va uning nomining xalq qalbida abadiy
yashagani ifodalash sahnasi bilan tugaydi.
Gladiator o’limining fojiali ko’rinishi bilan boshlanib, qahramonona
ko’tarinkilikkacha rivojlanib boruchi kazarma ko’rinishi baletning eng jozibali
sahnalaridan hisoblanadi. Qahramon vafotini tasvirlovchi simfonik motam
kuyi katta ta’sir kuchiga egadir. Balet partiturasida kompozitor qalamiga xos
bo’lgan kuyning xarakterligi, ritm va garmoniyaning yorqinligi, orkestr
sadolarning turli-tumanligi yaqqol ko’zga tashlanadi.
Kompozitor bu baletda tarixiy qahramonlik mavzusini xoreografik
san’at vositasi bilan ifodalashdek muhim masalani mohirlik bilan hal
qila oldi.
Xachaturyan so’ngi yillarda «Volga bo’yidagi jang», «Vladimir Ilyich
Lenin» kinofilimlariga yozgan musiqasi va «Motam odasi» konsert
repertuaridan mustahkam o’rin oldi. Bulardan tashqari, kompozitor «Rus
masalasi» , «Admiral Ushakov», «Kemalar Bastionlarga hujum qiladi» kabi
kinofilimlariga ham musiqa yozgan.
Xachaturyan yirik simfonik va sahna asarlari bilan bir qatorda o`nlab ajoyib
qo`shiqlar ham yaratadi. «Yerevan haqida qo`shiq», «Qalb qo`shig`i»,
«Tinchlik posbonlari qo`shig`i», «Do`stlik valsi» va boshqalar shular
jumlasidandir.
Xachaturyan ajoyib kompozitor, pedagog ,dirijor, jamoat arbobi mohir
tashkilotchiligi bilan xalq orasida tobora ko’p shuhrat qozongan.U ijtimoiy
faoliyatini kompozitorlik ijodi bilan chambarchas bog’langan holda olib
boradi.
Xachaturyan 1950 yildan boshlab o’z asarlariga dirijo’rlik qiladi,simfonik
kontsertlarda qatnaqshadi.Shu bilan bir qatorda u Moskva, Leningrad, Kiyev
va Sovet Ittifoqining boshqa ko’pgina shaharlari ,chet ellarda (Italiya,
Ispaniya, Angliya, Finlyandiya,) mualliflik kontsertlarini berdi.
So’nggi yillarda kompozitor sovet madaniyati arboblari delegatsiyasi
tarkibida Chexoslavakiya, Bolgariya, Italiya, Islandiya, Angliya, Finlyandiya
singari mamlakatlarida bo’ldi.
Xachaturyanning musaffo va o’ziga xos musiqasi arman xalq ijodiyoti
an’analari bilan chambarchas bog’liqdir. Arman xalq musiqasi kompozitor
89
ist’edodining o’sishiga asos slogan bo’lsa, jahon va rus musiqa klassiklarini
o’rganish ijodiy yuksalishdagi zaruriy shartlardan biri bo’ldi.
Xachaturyanning ijodi individual uslubi bilan ajralib turadi.
1954 yilda SSSR xalq artisti, 1963 yilda Armaniston fanlar
Akademiyasining akademigi degan unvon berildi. U san’atshunoslik fanlari
doktori, tinchlikni saqlash sho’ro ko’mitasining a’zosi Lotin Amerika
davlatlari bilan madaniy va do’stona aloqalar sho’ro assotsiatsiyasining
prezidenti, Moskva konservarotiyasining professoridir.Unga 1959 yilda
«Spartak»baleti uchun Lenin mukofoti sovrindori unvoni berildi.
Xachaturyanning ijodi uchta balet, simfonik poema, shodlik odasi, uchta
simfoniya, simfonik syuitalar, oltita kontsert, trio, sonatalar, 25 ga yaqin
kinofilmga musiqa, 20 ga yaqin spektaklga musiqa, qo’shiqlar, xor va
boshqalardan iborat.
Asosiy asarlar ro’yxati.
2ta simfoniya
2ta balet
Fortepiano va orkestr uchun kontsert
Skripka va orkestr uchun kontsert
Violonchel va orkestr uchun kontsert
Skripka va orkestr uchun; fortepiano va orkestr uchun; violonchel va orkestr
uchun rapsodiya-kontsertlar triadasi (uchligi).
Fortepiano uchun tokkata.
Fortepiano uchun bolalar albomi(I,II nashrlar)
Qo’shiq va romanslar
Lermontovning «Maskarad» dramasiga musiqa.
Do'stlaringiz bilan baham: