Ma’lumki, simfonik orkestr uchun Prokofyev 7 ta simfoniya, fortepiano va
simfoniyasi inqilobgacha bo’lgan (1916-1917) yillar davrida Gaydn usulida
yozilgan. Ikkinchi simfoniyasi 1924 yilda ,V chi simfoniya 1944yilda ,VII
70
VII simfoniya
Boshida bolalarga atab yozilishi rejalashtirilgan edi. Ish jarayonida bu asar
hayot go’zalligi ,quvonchi , mazmunini madh etadigan dono simfonik ertagi
pog’onasiga ko’tarildi. 1957 yilda kompozitor vafotidan 4 yil o’tgandan keyin
aynan VII simfoniyasi uchun S.S.Prokofyevga Lenin mukofoti berildi.VII
simfoniya 1952 yilning oktyabr oiyida Dom Soyuzov (Ittifoqlar Uyi)ning
Kolonniy Zolida ilk marotaba ijro etildi.Yangi asarni Prokofyev musiqasining
targ’ibotchisi ,taniqli sovet dirijyori S.A.Samosud raxbarligidagi Umum
ittifoq radiosi orkestri ijro etgan. Premyeraga muallifning o’zi tashrif
buyurgan. Bu hayotda ohirgi martta kontsert zolida o’z musiqasini tinglashi
edi. VII simfoniya kompozitorning so’nggi tugatilgan yirik asari. Asar
partiturasi yilning 5 iyul kuni vafotidan 8 oy oldin tamomlangan edi. Dastlab
bolalar uchun simfoniya deb boshlangan asar ijod jarayonida ham bolalar
ham kattalar uchun simfoniyaga aylanib ketgan. Simfoniya 4 qismdan iborat.
I qism – o’rtacha (Moderato) sur’atida yozilganiga qaramay, sonata allegrosi
shaklida o’tadi.
II-Allegretto.
III-Andante espressivo.
IV – koda bilan kelgan intiluvchan Final.
I qism skripkalar chalgan ajoyib kuyidan boshlanadi Bu do # minor
tonallikdagi bosh partiya mavzusi. Kuy ravon, keng va shoshmasdan bayon
etiladi. Bosh partiya o’rtasida musiqaning fe’li o’zgaradi.Passajlar yugurishi
boshlanadi. Qaytgach, skripkalar mavzusi sol # minor, keyin lya minor
tonalliklarda o’tkir passajlar fonida, tarangroq yangraydi.Baslar
(valtorna,fagot,va tuba) mavzuning bosh motivini bir necha marta
qaytaradi.Bayon bir ozga dramatiklashadi.
Yondosh
partiya
mavzusi
–tantanali, lirik fa major tonalligida
yangraydi.Uning chuqur, to’liq tembri alt va violonchellar kabi past torli va
yog’och puflama cholg’ular hamda valtorna qo’shilishidan paydo bo’ladi.Bu
hayot go’zalligi va quvonchi mavzusi.Mavzu butun simfonijaning bosh,
asosiy mavzusi sifatida namoyon etiladi , keyinchalik mavzu IV qismning
kodasida yana qaytariladi. Yondosh partiya mavzusi Prokofyevning eng
chiroyli eng avzal kuylardan biri. Yondosh partiya diapazoni ikkita oktavadan
ortiq. Yakunlovchi partiyada birdaniga ko’ng’iroqchalar gavhar ovozi
yangrab,ularga fortepiano va arfa qo’shiladi. Goboy va fleyta mittivoy
qadamlariga o’hshagan motivni ijro etishadi.