Elektron ta‟lim resurslari:
2. www. pedagog. uz
3. www. Ziyonet. uz
6-mavzu: Hozirgi o‟zbek tilining ijtimoiy-dialektal tarkibi.
Reja:
1. Hozirgi o‘zbek tilining ijtimoiy-dialektal tarkibi.
2. O‗zbek tili leksikasida o‗z va o‗zlashgan qatlam.
Tarixiy jihatdan o„zbek tili leksikasi
Tilning tarixiy taraqqiyoti davomida uning barcha bo‗limlarida, jumladan,
leksikasida ham o‗zgarishlar yuz beradi. Bunda tildagi ba‘zi so‗zlar eskirib, iste‘moldan-
ishlatilishdan chiqib ketadi yoki yangi tushunchalarni nomlovchi so‗zlar paydo bo‗ladi.
Bu hodisalar tilning leksik tarkibini 2 qatlamga ajratishni taqazo etadi:
1. Zamonaviy qatlam (neytral qatlam).
2. Eskirgan qatlam.
3. Yangi qatlam.
Zamonaviy qatlam. Bu qatlam o‗zbek tili leksikasining asosiy qatlami bo‗lib, uni
umumxalq leksikasiga – ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikaga oid so‗zlar,
shuningdek, atamalar, kasb-hunarga doir so‗zlar tashkil etadi. Bu qatlamdagi so‗zlar
yangilik bo‗yog‗iga ham, eskilik bo‗yog‗iga ham ega bo‗lmaydi.
Zamonaviy qatlamda so‗zlarning nutqda ko‗p yoki kam ishlatilishi, barcha
kishilarning ishlatishi yoki ma‘lum guruh kishilari nutqidagina ishlatilishi asosga
olinmaydi.
Demak, yangilik va eskilik bo‗yog‗iga ega bo‗lmagan so‗zlar eskirgan qatlam.
So‗z ifodalaydigan predmet yoki tushuncha hayotda yo‗qolishi, yoki ularning ma‘nosini
ifodalaydigan boshqa so‗zlarning paydo bo‗lishi munosabati bilan ayrim so‗zlar asta-
sekin qo‗llanilmay unutila boradi. Ular nutqda kam qo‗llanadi. Ularning ba‘zilarini
tushunish mumkin, ayrimlarini ko‗pchilik tushunmaydi, ular badiiy va ilmiy
adabiyotlarda qo‗llansa, izoh talab etadi. Eskilik bo‗yog‗iga ega bo‗lgan so‗zlar eskirgan
leksika deyiladi. Eskirgan leksika 2 turga ajratiladi:
1. Tarixiy so‗zlar yoki istorizmlar.
2. Arxaik so‗zlar yoki arxaizmlar.
Tarixiy so‗zlar o‗tmishdagi narsa va hodisalarning nomi bo‗lgan, ammo hozir
eskirib qolgan so‗zlar tarixiy so‗zlar deyiladi. Tarixiy so‗zlar jamiyatda yo‗q bo‗lib
ketgan narsalar, shaxslar haqida gap borganda qo‗llaniladi. Hozirgi tilda ularning
33
sinonimii yo‗q. Masalan: foytun, yasovul, taxt, kanizak, dinor (tilla pul), chaqirim (1 km),
tosh (8 chaqirim – 8 km), gaz (71 sm), botmon (176, 128 kg), misqol (4,25 g.), miri (5
tiyin).
Ba‘zi so‗zlar til taraqqiyoti davomida turli xil narsalarni ifodalaydigan bo‗lib
qoladi. Bunday so‗zlarning bir ma‘nosi eskirsa, ikkinchi xil ma‘nosi zamonaviy qatlamda
ishlatiladi.
Masalan: boy so‗zining ma‘nosini qiyoslang: Boy Yo„lchini zimdan kuzatdi
(Oybek). Sen boy bo„laman deb nima ishlarni qilmading, oqibati nima bo„ldi
Arxaik so‗zlar. Hozir mavjud bo‗lgan narsa-hodisalarning eskirib qolgan nomlari
arxaik so‗zlar deyiladi. Arxaik so‗zlar yig‗indisi arxaizmlar deyiladi. Arxaizm – grekcha
so‗z bo‗lib, archaios – «qadimgi» degan ma‘noni bildiradi.
Eskirgan so‗z ifoda etayotgan narsa-hodisalar hozirgi hayotda bor bo‗lgani uchun
uning eskirgan nomini almashmay oladigan zamonaviy qatlamga oid so‗z mavjud
bo‗ladi. Aslida bir narsaning birdan ortiq nomi bo‗lsa, ulardan til taraqqiyoti
qonuniyatlariga javob bera oladigan tilda saqlanib qoladi, javob bera olmaydigani eskilik
bo‗yog‗iga ega bo‗lib, ishlatilmay qolib ketadi. Masalan, sekretar – kotib, mirzo, kotiba.
Ular ichidan kotib so‗zi hozirgi kunda kishilar tomonidan keng ko‗lamda qo‗llanilyapti.
Sekretar so‗zi eskirib, arxaiklashib qolgan. Arxaik so‗zlar so‗zlovchining ko‗z oldida
iste‘moldan chiqib ketayotgan so‗zlardir revolyutsiya (inqilob), tuman (rayon), viloyat
(oblast), baynalmilal (internotsional).
Masalan: bitik (kitob), ulus, budun (xalq), o‗miz (ko‗krak) kabi.
So‗zlar butun holda arxaiklashishi yoki uning biror ma‘nosi arxaiklashishi
mumkin. Shunga ko‗ra ular: a) leksik arxaizmlar; b) semantik arxaizmlar tarzida ikki xil
bo‗ladi.
Leksik arxaizmda so‗z eskiradi: gulgun, siymo (obraz).
Semantik arxaizmda ma‘no eskiradi: chechak – «gul» ma‘nosida eskirgan, bekat –
karvonlar to‗xtaydigan joy ma‘nosida eskirgan, bag‗ir – «jigar» ma‘nosida eskirgan,
davlat – «boylik» ma‘nosida eskirgan.
Arxaiklashish iboralarda ham, grammatik hodisalar doirasida ham yuz beradi.
Iboralarning arxaiklashishi holati ko‗p, lekin grammatik hodisalarning arxaiklashishi ham
uchraydi: dasti alif –lom qilib, gardonini ham qilib, yoqasini chop etmoq (iboralar);
sifatdoshning –din, -mish shakllari, ravishdoshning –bon, -ibon shakllari, -dur –
kesimlikni ko‗rsatuvchi bog‗lama eskirgan grammatik shakllardir.
Fonetik arxaizmlar ham mavjud bo‗lib, unda tovush eskiradi: sobun, qaboq kabi
(sovun, qovoq).
Neologizmlar. Kundalik hayotimizdagi angi narsalarni, ularning belgilarini,
yangicha munosabatlarni, umuman yangi tushunchalarni ifoda etish ehtiyoji bilan yuzaga
kelgan so‗zlar yoki yangi ma‘noda qo‗llangan eski so‗zlar neologizmlar deyiladi.
Neologizm grekcha so‗z bo‗lib, neos – «yangi» degan ma‘noni bildiradi. Neologizm
yangilik bo‗yog‗iga ega bo‗lgan so‗zlardir. Masalan: bakalavr, magistratura, komp‘yuter,
komp‘yuter texnologiyasi, marketing, supermarket kabi. Neologizmlar yangi paydo
bo‗lgan paytda, ishlatilish doirasiga ko‗ra chegaralangan leksikaga kiradi. Neologizmni
ma‘nosi tushunarlilik kasb etsa, xalq orasida ommalashib ketishi mumkin. Bunda u
yangilik bo‗yog‗ini yo‗qotadi va umumxalq so‗ziga aylanadi. Masalan: brigada,
televizor, traktor, kosmos, kosmonavt va hokazo.
Ba‘zi neologizmlar yangiligicha qolib ketishi, ishlatilish doirasi chegaralangan
leksikadan o‗rin olib qolishi mumkin. Demak, neologizm – nisbiy tushuncha. Chunki har
bir davr o‗z neologizmiga ega bo‗ladi.
34
So‗z yoki so‗zning ma‘nosi neologizm bo‗lishi mumkin.
So‗z neologizm bo‗lsa, leksik neologizm deb yuritiladi: broker, ...
Leksik neologizmlar tamomila yangi, hali o‗zlashib ketmagan so‗zlardir. Bunday
so‗zlar: 1) o‗zbek tilida avvaldan mavjud bo‗lgan so‗z va yasovchi qo‗shimchalar bilan
yasalgan yangi so‗zlardir: etti yillik; 2) boshqa tildan kirgan hali umumxalq tiliga singib
o‗zlashib ketmagan yangi so‗zlardir: magistr, bakalavr.
Leksik ma‘nolardan biri yangi bo‗lsa, semantik neologizm deb yuritiladi. Masalan:
Yo‗ldosh (er yo‗ldoshi), payvandchi (metallni ulovchi).
Do'stlaringiz bilan baham: |