Namangan davlat univеrsitеti boshlang‟ich ta'lim mеtodikasi kafеdrasi



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/365
Sana31.12.2021
Hajmi2,14 Mb.
#261057
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   365
Bog'liq
Namangan davlat univеrsitеti boshlang ich ta'lim mеtodikasi kafе

 
Elektron ta‟lim resurslari: 
2. www. pedagog. uz 
3. www. Ziyonet. uz 
 
6-mavzu: Hozirgi o‟zbek tilining ijtimoiy-dialektal tarkibi. 
Reja: 
1. Hozirgi o‘zbek tilining ijtimoiy-dialektal tarkibi. 
2.  O‗zbek tili leksikasida o‗z va o‗zlashgan qatlam.  
 Tarixiy jihatdan o„zbek tili leksikasi 
Tilning  tarixiy  taraqqiyoti  davomida  uning  barcha  bo‗limlarida,  jumladan, 
leksikasida ham o‗zgarishlar yuz beradi. Bunda tildagi ba‘zi so‗zlar eskirib, iste‘moldan-
ishlatilishdan  chiqib  ketadi  yoki  yangi  tushunchalarni  nomlovchi  so‗zlar  paydo  bo‗ladi. 
Bu hodisalar tilning leksik tarkibini 2 qatlamga ajratishni taqazo etadi: 
1. Zamonaviy qatlam (neytral qatlam). 
2. Eskirgan qatlam. 
3. Yangi qatlam. 
Zamonaviy qatlam. Bu qatlam o‗zbek tili leksikasining asosiy qatlami bo‗lib, uni 
umumxalq  leksikasiga  –  ishlatilish  doirasi  chegaralanmagan  leksikaga  oid  so‗zlar, 
shuningdek,  atamalar,  kasb-hunarga  doir  so‗zlar  tashkil  etadi.  Bu  qatlamdagi  so‗zlar 
yangilik bo‗yog‗iga ham, eskilik bo‗yog‗iga ham ega bo‗lmaydi. 
Zamonaviy  qatlamda  so‗zlarning  nutqda  ko‗p  yoki  kam  ishlatilishi,  barcha 
kishilarning  ishlatishi  yoki  ma‘lum  guruh  kishilari  nutqidagina  ishlatilishi  asosga 
olinmaydi. 
Demak,  yangilik  va  eskilik  bo‗yog‗iga  ega  bo‗lmagan  so‗zlar  eskirgan  qatlam. 
So‗z ifodalaydigan predmet yoki tushuncha hayotda yo‗qolishi, yoki ularning ma‘nosini 
ifodalaydigan  boshqa  so‗zlarning  paydo  bo‗lishi  munosabati  bilan  ayrim  so‗zlar  asta-
sekin  qo‗llanilmay  unutila  boradi.  Ular  nutqda  kam  qo‗llanadi.  Ularning  ba‘zilarini 
tushunish  mumkin,  ayrimlarini  ko‗pchilik  tushunmaydi,  ular  badiiy  va  ilmiy 
adabiyotlarda qo‗llansa, izoh talab etadi. Eskilik bo‗yog‗iga ega bo‗lgan so‗zlar eskirgan 
leksika deyiladi. Eskirgan leksika 2 turga ajratiladi: 
1. Tarixiy so‗zlar yoki istorizmlar. 
2. Arxaik so‗zlar yoki arxaizmlar. 
Tarixiy  so‗zlar  o‗tmishdagi  narsa  va  hodisalarning  nomi  bo‗lgan,  ammo  hozir 
eskirib  qolgan  so‗zlar  tarixiy  so‗zlar  deyiladi.  Tarixiy  so‗zlar  jamiyatda  yo‗q  bo‗lib 
ketgan  narsalar,  shaxslar  haqida  gap  borganda  qo‗llaniladi.  Hozirgi  tilda  ularning 


33 
 
sinonimii yo‗q. Masalan: foytun, yasovul, taxt, kanizak, dinor (tilla pul), chaqirim (1 km), 
tosh  (8  chaqirim  –  8  km),  gaz  (71  sm),  botmon  (176,  128  kg),  misqol  (4,25  g.),  miri  (5 
tiyin). 
Ba‘zi  so‗zlar  til  taraqqiyoti  davomida  turli  xil  narsalarni  ifodalaydigan  bo‗lib 
qoladi. Bunday so‗zlarning bir ma‘nosi eskirsa, ikkinchi xil ma‘nosi zamonaviy qatlamda 
ishlatiladi. 
Masalan:  boy  so‗zining  ma‘nosini  qiyoslang:  Boy  Yo„lchini  zimdan  kuzatdi 
(Oybek). Sen boy bo„laman deb nima ishlarni qilmading, oqibati nima bo„ldi  
Arxaik so‗zlar. Hozir mavjud bo‗lgan narsa-hodisalarning eskirib qolgan nomlari 
arxaik so‗zlar deyiladi. Arxaik so‗zlar yig‗indisi arxaizmlar deyiladi. Arxaizm – grekcha 
so‗z bo‗lib, archaios – «qadimgi» degan ma‘noni bildiradi. 
Eskirgan so‗z ifoda etayotgan narsa-hodisalar hozirgi hayotda bor bo‗lgani uchun 
uning  eskirgan  nomini  almashmay  oladigan  zamonaviy  qatlamga  oid  so‗z  mavjud 
bo‗ladi.  Aslida  bir  narsaning  birdan  ortiq  nomi  bo‗lsa,  ulardan  til  taraqqiyoti 
qonuniyatlariga javob bera oladigan tilda saqlanib qoladi, javob bera olmaydigani eskilik 
bo‗yog‗iga ega bo‗lib, ishlatilmay qolib ketadi. Masalan, sekretar – kotib, mirzo, kotiba. 
Ular ichidan kotib so‗zi hozirgi kunda kishilar tomonidan keng ko‗lamda qo‗llanilyapti. 
Sekretar  so‗zi  eskirib,  arxaiklashib  qolgan.  Arxaik  so‗zlar  so‗zlovchining  ko‗z  oldida 
iste‘moldan  chiqib  ketayotgan  so‗zlardir  revolyutsiya  (inqilob),  tuman  (rayon),  viloyat 
(oblast), baynalmilal (internotsional). 
Masalan: bitik (kitob), ulus, budun (xalq), o‗miz (ko‗krak) kabi. 
So‗zlar  butun  holda  arxaiklashishi  yoki  uning  biror  ma‘nosi  arxaiklashishi 
mumkin. Shunga ko‗ra ular: a) leksik arxaizmlar; b) semantik arxaizmlar tarzida ikki xil 
bo‗ladi. 
Leksik arxaizmda so‗z eskiradi: gulgun, siymo (obraz). 
Semantik arxaizmda ma‘no eskiradi: chechak – «gul» ma‘nosida eskirgan, bekat – 
karvonlar  to‗xtaydigan  joy  ma‘nosida  eskirgan,  bag‗ir  –  «jigar»  ma‘nosida  eskirgan, 
davlat – «boylik» ma‘nosida eskirgan. 
Arxaiklashish  iboralarda  ham,  grammatik  hodisalar  doirasida  ham  yuz  beradi. 
Iboralarning arxaiklashishi holati ko‗p, lekin grammatik hodisalarning arxaiklashishi ham 
uchraydi:  dasti  alif  –lom  qilib,  gardonini  ham  qilib,  yoqasini  chop  etmoq  (iboralar); 
sifatdoshning  –din,  -mish  shakllari,  ravishdoshning  –bon,  -ibon  shakllari,  -dur  – 
kesimlikni ko‗rsatuvchi bog‗lama eskirgan grammatik shakllardir. 
Fonetik  arxaizmlar  ham  mavjud  bo‗lib,  unda  tovush  eskiradi:  sobun,  qaboq  kabi 
(sovun, qovoq). 
Neologizmlar.  Kundalik  hayotimizdagi  angi  narsalarni,  ularning  belgilarini, 
yangicha munosabatlarni, umuman yangi tushunchalarni ifoda etish ehtiyoji bilan yuzaga 
kelgan  so‗zlar  yoki  yangi  ma‘noda  qo‗llangan  eski  so‗zlar  neologizmlar  deyiladi. 
Neologizm  grekcha  so‗z  bo‗lib,  neos  –  «yangi»  degan  ma‘noni  bildiradi.  Neologizm 
yangilik bo‗yog‗iga ega bo‗lgan so‗zlardir. Masalan: bakalavr, magistratura, komp‘yuter, 
komp‘yuter  texnologiyasi,  marketing,  supermarket  kabi.  Neologizmlar  yangi  paydo 
bo‗lgan  paytda,  ishlatilish  doirasiga  ko‗ra  chegaralangan  leksikaga  kiradi.  Neologizmni 
ma‘nosi  tushunarlilik  kasb  etsa,  xalq  orasida  ommalashib  ketishi  mumkin.  Bunda  u 
yangilik  bo‗yog‗ini  yo‗qotadi  va  umumxalq  so‗ziga  aylanadi.  Masalan:  brigada, 
televizor, traktor, kosmos, kosmonavt va hokazo. 
Ba‘zi  neologizmlar  yangiligicha  qolib  ketishi,  ishlatilish  doirasi  chegaralangan 
leksikadan o‗rin olib qolishi mumkin. Demak, neologizm – nisbiy tushuncha. Chunki har 
bir davr o‗z neologizmiga ega bo‗ladi. 


34 
 
So‗z yoki so‗zning ma‘nosi neologizm bo‗lishi mumkin. 
So‗z neologizm bo‗lsa, leksik neologizm deb yuritiladi: broker, ... 
Leksik neologizmlar tamomila yangi, hali o‗zlashib ketmagan so‗zlardir. Bunday 
so‗zlar: 1) o‗zbek tilida avvaldan  mavjud bo‗lgan so‗z va  yasovchi  qo‗shimchalar bilan 
yasalgan yangi so‗zlardir: etti yillik; 2) boshqa tildan kirgan hali umumxalq tiliga singib 
o‗zlashib ketmagan yangi so‗zlardir: magistr, bakalavr. 
Leksik ma‘nolardan biri yangi bo‗lsa, semantik neologizm deb yuritiladi. Masalan: 
Yo‗ldosh (er yo‗ldoshi), payvandchi (metallni ulovchi). 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   365




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish