(dominanta, bosh so`z) deb ataladi: chiroyli, go`zal, ko`hlik.
Ko`p ma`noli so`zlar ko`chma ma`nosida boshqa so`zlar bilan sinonim bo`lishi
mumkin: o`qishni bitirmoq – o`qishni tugatmoq; ishni bitirmoq – ishni bajarmoq; sotib
bitirmoq – sotib yo`qotmoq.
Sinonim so`zlar nutqning ta`sirli bo`lishiga yordam beradi. Ular bir xil so`z turkumiga
oid bo`ladi: hayoli, andishali, oriyatli, iboli (sifat); yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra,
oraz, jamol (ot); gapirdi, so`zladi (fe`l).
Tildagi o`zlashma (boshqa tildan kirgan) so`zlar o`zbekcha so`zlar bilangina emas,
balki o`zaro ham sinonim bo`lishi mumkin: respublika – jumhuriyat. Tub so`zlar yasama
so`zlar bilan sinonim bo`lishi mumkin: his (tub) – sezgi (yasama), savol (tub) – so`roq
(yasama). Sinonimik qatordagi so`zlar eskirishi mumkin: odat, rasm, urf, fan (rasm,
Do'stlaringiz bilan baham: |