Umumiy tushunchalar.
Unli va undoshlarni, nutqning fonetik birliklarini tahlil qilish, so‘zlarning urg‘uli
bo‘g‘inlarini belgilash, so‘zlarni imlo qoidalariga mos ravishda yozishni bilish, so‘zlarni
to‘g‘ri talffuz qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, so‘zlarning ma‘nolarini anglash, bir
ma‘noli va ko‘p ma‘noli so‘zlarni o‘zaro farqlash malakalariga ega bo‘lish, so‘zning
morfemik tarkibiga ko‘ra tahlilni bilish, mustaqil, yordamchi va alohida so‘z
turkumlarining xususiyatlarini tushungan holda ularni to‘liq morfologik tahlil qilish
ko‘nikmalariga ega bo‘lish amaliy mashg‘ulotlarning mazmunini tashkil etadi
Amaliy mashg‘ulotlarini olib borishda talabalarning gapdagi so‘zlarning o‘zaro
bog‘lanishini bilishi, so‘z birikmalarini tahlil qilishi, gap, uning turlarini, gap bo‘laklarini
aniqlay olishi, qo‘shma gap turlarini bir-biridan farqlay olishiga e‘tibor qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |