18
muhim xususiyati asosida ularni boshqa shu kabi predmet, belgi, harakatlardan ajratadi.
Demak, so‗z tushunchaning nomi, tushunchaga ega so‗z ma‘nosining asosini tashkil
etadi. So‗z asosida yotgan tushuncha so‗zning leksik ma‘nosi sanaladi. Demak, so‗zning
leksik ma‘nosi uning material ma‘nosi bo‗lib, so‗z ifoda etgan aniq bir predmet belgi,
harakat, miqdor kabilardan iborat bo‗ladi:
anor, daraxt – predmet tushunchasini,
ekdi -
harakat,
qizil – belgi,
o„nta,
ko„p - miqdorga ko‗ra belgi,
men,
sen – shaxs tushunchasini
ifodalaydi.
Demak, ot, sifat, son, olmosh, fe‘l, ravish so‗z turkumlari lug‗aviy ma‘no
bildiradi. So‗zlarning lug‗aviy ma‘nodan tashqari, grammatik ma‘nolarga ham ega
bo‗ladi. So‗zning lug‗aviy ma‘nosi leksikologiyada o‗rganiladi. Grammatik ma‘no
grammatikada o‗rganiladi. Yordamchi so‗z turkumlari lug‗aviy ma‘no ifodalamaydi, ular
grammatik ma‘no ifodalashga xizmat qiladi.
So‗z lug‗aviy ma‘no-tushunchadan tashqari, insonning narsa va hodisaga bo‗lgan
ijobiy yoki salbiy munosabatini ham bildiradi. Insonning ijobiy va salbiy munosabati so‗z
hissiy-ta‘siriy bo‗yog‗i deb yuritiladi. Masalan,
yuz, aft, bashara, turq, chehra, oraz,
chiroy kabi sinonimlar qatorida
yuz so‗zi odam a‘zosining biri haqidagi tushunchani
anglatadi, bu ijobiy yoki salbiy ma‘no ottenkasiga ega bo‗lmagan betaraf so‗z.
Aft,
bashara, turq so‗zlarida so‗zlovchining asosiy-bosh tushunchaga qo‗shimcha salbiy
munosabatini ifoda etuvchi ma‘no ham mavjud.
Chiroy, chehra, oraz, ruxsor so‗zlariga
so‗zlovchining ijobiy (hayrixoxligi, yoqimli, go‗zal kabi ma‘no) munosabati ham
yuklatilgan. Bunday qo‗shimcha ma‘no ottenkalar kishilarning hissiyotiga o‗z ta‘sirini
o‗tkazadi. So‗zdagi salbiy hissiy-ta‘siriy bo‗yoq muayyan matn tarkibida oydinlashadi.
Bet so‗zi
«Beti qursin» gapida salbiy ma‘no,
«Beti-betiga tushsa nima deydi» gapida bu
salbiy ma‘no kuchsizlanadi.
Kitobning beti birikmasidagi beti so‗zida salbiy ma‘no
umuman yo‗q.
Hissiy-ta‘siriy bo‗yoq tildagi hamma so‗zlarda bo‗lavermaydi. Masalan, ilm-fan,
texnikaga oid atamalarda hissiy-ta‘siriy bo‗yoq bo‗lmaydi.
So‗zlar og‗zaki va yozma nutqda qo‗llanishiga ko‗ra ham farq qiladi.
Aft, bashara,
turq so‗zlari ko‗proq og‗zaki nutqda,
chiroy, oraz, ruxsor ko‗proq yozma nutqda,
yuz
so‗zi har ikkala nutqda qo‗llanadi. Ko‗rinib turibdiki, so‗zlar biror nutq uslubida
qo‗llanishga moslashgan bo‗ladi, bu ulardagi uslubiy belgi deb yuritiladi. Uslubiy belgi-
so‗zning ma‘lum uslubga mansubligini ko‗rsatuvchi belgi. Masalan,
metro – so‗zlashuv
uslubida
metropoliten kitobiy uslubda qo‗llaniladi.
Leksik ma‘no deganda so‗z ifoda etadigan tushuncha, hissiy-ta‘siriy bo‗yoq va
uslubiy belgilar yig‗indisi tushuniladi. Demak, tushuncha, hissiy-ta‘siriy bo‗yoq, uslubiy
belgi leksik ma‘no komponentlari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: