"ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМДА РА£АМЛИ ТИЗИМЛАРНИ £УЛЛАШ: ФИЛОЛОГИЯ ВА ПЕДАГОГИКА
СОХАСИДА ЗАМОНАВИЙ ТЕНДЕНЦИЯЛАР ВА РИВОЖЛАНИШ ОМИЛЛАРИ"
bilan ishlash, talabalar seminarini yoki taqdimotini tayyorlash, nazariy bilimlarini
umumlashtirish bilan davom etmoqda. Bu esa o'quvchilarning va talabalarning biologiya
faniga qiziqishini so'ndiradi, bilim saviyasini pasaytiradi. Murakkablik darajasi yoqori
bo'lgan laboratoriya ishlarini umuman tushunmaydi hatto ta'savur ham qilolmaydi. Shuning
uchun jamiyatimizda ishlab chiqarish, yangi nav, zotlar yaratishda va tibbiyot sohalarida
oqsoqliklar kuzatilmoqda. Biologiya fanida virtual laboratoriyalardan foydalanish jarayonida
o'quvchilar ma'ruza vaqtida o'rgangan bilimlarini virtual bo'lsada hayotga tadbiq qiladilar.
Ushbu tadqiqotlar jarayonida bilimlarini yanada mustahkamlash bilan bir qatorda nazariya
hamda hayotiy tadqiqotlarning rivojlanishiga bevosita hissa qo'shadilar. Virtual makon
tizimining rivojlanishi jahon ta'lim tizimida evolyusion takomillashtirishning yangi
istiqbollarini ochib berdi.
Uzluksiz ta'limda biologiya fanini rivojlantirishda "Virtual ta'lim" tushunchasiga oydinlik
kiritish hamda uning virtuallik sifatlarini belgilash imkonini yaratish zarur. Virtual
jarayonlarning bosh sababchisi - real mavjud ob'ektlarning o'zaro hamjihatlikdagi harakati
hisoblanadi. O'qituvchi bilan o'quvchining ta'lim jarayonidagi o'zaro hamjihatlikka asoslangan
faoliyati virtual holatni yuzaga keltiradi. Virtual ta'lim makonini ta'limning asosiy ob'ektlari
bilan uning sub'ektlari sanaladigan o'quvchi-o'qituvchining aloqalarisiz tasavvur qilish
mumkin emas. Ta'limdagi virtuallik muhiti sinf xonalari, ulardagi jihozlar, o'quv
qo'llanmalari yoki o'qitishning texnik vositalari bilan emas, balki aynan ta'lim jarayonida
ishtirok etadigan ob'ekt va sub'ektlarning hamjihatligi orqali vujudga keltiriladi.
"Virtual laboratoriya" nima? Vazifaga ko'ra V.V. Truxina, virtual laboratoriya" haqiqiy
o'rnatish bilan bevosita aloqa qilmasdan yoki to'liq bo'lmasa tajribalar o'tkazish imkonini
beradigan dasturiy-texnik kompleksdir. Virtual laboratoriyalarning qariyb hech qanday
moliyaviy mablag'lar talab etmasligi ma'lum tadqiqotlarni o'quvchilar tomonidan yuzlab,
kerak bo'lsa minglab marotaba qayta-qayta amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Ulardan
foydalanishning yana bir afzallik tomoni ularning xavfsiz ekanligidadir. Ba'zi tadqiqotlarni
amalga oshirish inson hayoti uchun xavf tug'diradi, masalan, klonlashga oid bo'lgan
hodisalarni o'rganish. Bunday tadqiqot katta miqdorda moliyaviy xarajat talab etibgina
qolmasdan, tadqiqotni olib boruvchilar uchun hayotiga xavf ham tug'diradi .
Shunday qilib, virtual laboratoriyalardan masofaviy erkin foydalanish bilan
laboratoriyani o'rganish - virtual laboratoriyalarni masofaviy laboratoriyalar komplekslar
deb ataymiz. .
Xozirgi vaqtda rivojlangan davlatlarning ilg'or tajribasi hamda THE (Times Higher
education), QS (Quacquarelli Symonds), ARWU (Academic Ranking of World
Universities) kabi yirik reyting agentliklari uslublarini o'rgangan paytda Amerika, Angliya,
Germaniya, Koreya, Yaponiya kabi davlatlardagi "Biologiya" fanini o'qitish metodikasini
o'rganib chiqdik. Bu rivojlangan davlatlarda talabalarning zamonaviy biologiyadagi
qiziqishini oshirish muammosi juda kuchli, chunki eng iqtidorli va g'ayratli talabalar
birinchi navbatda fizik yoki hunarmandchilik kasbiga emas, balki yuqori darajadagi
biologning "nufuzli" laboratoriya-olimi yoki shifokor kasbiga ega bo'lishni orzu qiladi.
Buning uchun rivojlangan davlatlarda "biologiya" fanini talabalar mukammal darajada
o'rganishlari uchun barcha sharoitlar virtual laboratoriya va 3D laboratoriya tashkil qilingan.
Bu davlatlarda talabalar bilogiya fanidan nazariy bilimlarni On-line va Off-line
texnologiyalari asosiya o'qitiladi. Bundan tashqari biologiya fanidagi laboratoriya
mashg'ulotlariga va laboratoriya mashg'ulotlarining mavzulariga e'tibor berishadi. Talabalar
neyroximya, bakteriologiya, fiziologiya, endokrinologiya, molekulyar evolyutsiya,
immunologiya, embriologiya va hisoblash genomikasi bo'yicha tadqiqotlar olib boradi.
Talabalar fakul'tet laboratoriyalarida amaliyotga oid ilmiy loyihalarni amalga oshirishga
da'vat etiladi. Ularning ko'pchiligi Milliy Sog'liqni saqlash institutlari (N IH ) yoki Milliy
Fan fondi (NSF) tomonidan moliyalashtiriladi. Talabalar va o'qituvchilar uchun xar
Do'stlaringiz bilan baham: