"ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМДА РА£АМЛИ ТИЗИМЛАРНИ £УЛЛАШ: ФИЛОЛОГИЯ ВА ПЕДАГОГИКА
СОХАСИДА ЗАМОНАВИЙ ТЕНДЕНЦИЯЛАР ВА РИВОЖЛАНИШ ОМИЛЛАРИ"
Azimova D.E.
Jizzax davlat pedagogika instituti
biologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
Ikromova Yu,
Jizzax davlat pedagogika instituti o'qituvchisi
M. Xudoyorov
Jizzax davlat pedagogika institute talabasi.
E-mail:dilya_7662323@mail.ru
UZLUKSIZ TALIM DA MASOFAVIY T A LIM N I QOLLASHNING YUTUQ VA
KAMCHILIKLARI
Annotatsiya: Hozirgi XXIasrda axborot texnologiyalari ilgor rivojlanayotgan bir davrda
uzluksiz ta lim jarayonini masofadan turib tashkillashtirish eng muhim dolzarb vazifalardan
sanaladi. Ta'lim jarayonini masofaviy tashkil etish yosh avlodda erkin fikrlash, o'z ustida
mustaqil ishlash imkoniyatlarini yaratadi.
Kalit so 'z- axborot, texnologiya, kommunikatsiya, moodle, masofaviy ta 'lim, multimedia,
uzluksiz, onlayn.
"Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da uzluksiz ta'lim
o'quvchilarni o'quv fanlari bo'yicha muayyan bilimlarni egallashlari barobarida, ularning
bilim olishga bo'lgan ehtiyoji, mustaqil va ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyatlari,
amaliy tajriba va mehnat ko'nikmalarini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
asoslangan ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, atrof-muhitga ongli munosabatni tarkib toptirishi
lozimligi qayd etilgan.
Hozirgi kunda inson hayotiga xavf tug'diradigan kasallikning tahlikali pandemiya sharoitda
esa uzluksiz ta 'lim jarayonlarini masofadan turib amalga oshirish yanada keng yo'lga
qo'yilmoqda. Jumladan, televideniya, radio, internet tarmoqlari orqali o'quvchi -
talabalarga mavzular mazmuni turli usul va vositalar yordamida yetkazib berish orqali
bilim, ko'nikm a va malaka shakllantirilmoqda. Bulardan ayniqsa, internet multimedia
ma'lumotlarini, axborotlarni uzoq masofalarga uzatish va qabul qilish vositasi sanaladi.
Internetning imkoniyatlari kundan kunga oshib bormoqda. Internetdan foydalanishning
yangi bosqichi boshlandi. Y a'n i internet turli sohalarga tatbiq qilindi. Shu jumladan
ta'lim sohasiga ham.
Bugun internet tarm oqlaridan faqat turli zararli odatlar bilan shug'ullanish,
bekorchilikda vaqt o'tkazish uchun emas, yoshlar darslarni masofadan turib o'zlashtirish
bilan m ashg'ullar. Yangiliklar, ta 'lim m azm unidan xabardor bo'lish, o 'z fikr -
mulohazalarini masofadan turib yetkazish jarayonlarini amalga oshirmoqdalar. Vaholanki,
shuning oqibatida ta 'lim tizimida sezilarli ijobiy o'zgarishlar ro 'y bermoqda. Uzluksiz
ta'lim da masofadan turib o'qitish bu mustaqil o'qishdir. Mustaqil o'qish esa insonning
mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosalash va bashorat qilish qobilyatlarini
shakllantiradi.
Masofadan o'qitishning juda ko'plab qulayliklari mavjud bo'lib, ular quyidagilar:
o Dars jadvalning qulayligi. O'quvchi - talaba o'ziga qulay bo'lgan vaqtda o'quv
jarayoniga qatnashishi, o'qishi, o'rganishi mumkin;
o M ashg'ulotlarni auditoriyada yetkazib berish va qabul qilish shart emasligi;
o Qulay foydalanish manzillari: internet kafe, uy, mehmonxona, ish joyi va boshqa
joylardan o'quv jarayonidan xabardor bo'lishi mumkin;
o M a'lum otlar bazasini to'planishi. Oldingi o'qigan talabalar bilimlarini to'plash
va undan foydalanish imkoniyati;
Do'stlaringiz bilan baham: