3. Operatsion audit ishlarini tashkil etish tartibi va o’tkazish ketma-ketligi
Auditni amaliy tashkil qilish masalalari va uslublarining zaifligini hisobga
olib, o’z ishimizda auditning uslubiy asoslarini takomillashtirish borasida,
jumladan operatsion audit uslubiy asoslarini ishlab chiqishga harakat qildik.
Buning uchun quyidagi muammolar hal qilinishi lozim, deb hisoblaymiz:
- operatsion auditni kimlar amalga oshiradi;
- operatsion auditda mustaqillik va ma’suliyat darajasi;
- baholash mezonlari;
- operatsion audit qirralari.
Operatsion audit asosan quyidagi ikki guruh mutaxassislaridan biri
tomonidan amalga oshiriladi:
1) ichki audit xizmati;
2) auditorlik tashkilotlari.
Ichki audit xizmati operatsion audit ishida alohida o’rin tutishadi, chunki
ba’zilar uchun «ichki xo’jalik auditi» va «operatsion audit» terminlari bir-birini
o’zaro almashtiruvchidir. Lekin, har qanday operatsion auditni ichki xo’jalik
auditorlari o’tkazishadi va ichki xo’jalik auditorlari faqat operatsion auditni
bajarishadi, degan xulosaga kelish noto’g’ri bo’ladi. Ichki xo’jalik auditi bilan
shug’ullanuvchi ko’pgina bo’limlar ham operatsion audit bo’yicha, ham moliyaviy
hisobot auditi bo’yicha ish bajarishadi. Operatsion auditni bajaruvchi
auditorlarning ustunligi shundaki, ular o’zlarining vaqtlarini asosan audit
qilinayotgan kompaniya uchun sarflaydilar. Shu bilan birga kompaniya va uning
faoliyati xususida chuqur bilimga erishadilar, bu esa samarali operatsion audit
uchun juda muhimdir.
O’z faoliyatining samaraliligini maksimallashtirish uchun ichki xo’jalik
audit bo’limi kompaniyaning prezidenti yoki direktorlar kengashiga xulosa taqdim
qilishi lozim. Bundan tashqari ichki xo’jalik auditorlari direktorlar kengashining
auditorlik qo’mitasidan ketayotgan va kelayotgan ma’lumotlaridan foydalanish
imkoniga ega bo’lishlari kerak. Tashkiliy tizim ichki xo’jalik auditorlarining
mustaqil bo’lib qolishlariga yordam beradi. Masalan, agar ichki xo’jalik auditorlari
bosh hisobchi oldida hisob beradigan bo’lsa, u holda ularning mustaqil baho
berishi va hatto bosh buxgalter bajarayotgan muomalalarning samarasiga taalluqli
ma’muriyat uchun tavsiyanomalarni berish qiyinlashadi.
Ichki xo’jalik auditi sohasida faoliyat yurituvchi tashkilot - ichki xo’jalik
auditorlari instituti amaliyotchilarni boshqaruv materiallari bilan ta’minlash
529
maqsadida 1978 yilda «Ichki xo’jalik auditining amaliy andozalari»ni nashr qildi.
Ichki xo’jalik auditorlarining bajarishi lozim bo’lgan ishlar miqdoriga taalluqli
bo’lim - bu andozaning muhim qismini tashkil etdi. Bu miqdorni quyidagicha
izohlash mumkin:
- ichki xo’jalik auditorlari moliyaviy va amaliy axborot hamda vositalarning
haqiqiyligi va to’liqligi haqida qisqacha ma’lumot berishlari kerak;
- ichki xo’jalik auditorlari ichki xo’jalik nazorat tizimini ko’rib chiqib, uning
siyosat, reja, muolajalar, qonun va ko’rsatmalar bilan mosligini aniqlashlari lozim;
- ichki xo’jalik auditorlari resurslardan foydalanishning iqtisodi va
unumdorligini baholashlari kerak;
- ichki xo’jalik auditorlari rejalarning bajarilishi ko’zda tutilgandek amalga
oshirilayotganligini tasdiqlash uchun muomalalar va dasturlarni ko’zdan kechirib,
tekshirishlari lozim.
Auditorlik tashkilotlari. Auditorlik tashkilotlari moliyaviy hisobot auditini
bajarayotganda amaliy faoliyatning kamchiliklarini aniqlash va mijozga foyda
keltirishi mumkin bo’lgan tavsiyanomalar berish auditning alohida bo’laklari
hisoblanadi. Audit davomida tashqi auditorning mijoz faoliyatiga asos bo’ladigan
bilimlari, unga amaliy faoliyat bo’yicha tavsiyanomalarni shakllantirish uchun
muhim ma’lumotlarni to’plashga yordam beradi. Masalan, auditor mijozning
tovarlar zaxirasi aylanishi joriy yilda sekinlashganini aniqladi. Auditor buning
sababini ham aniqlashi mumkin. Bu jarayonda auditor amaliy sabablarni
ko’rsatishi mumkin, masalan, tovarlar zaxirasini to’ldirish bo’yicha siyosatning
samarasizligi; xuddi shu sababga auditor rahbariyatning e’tiborini qaratishi
mumkin.
Mijoz ko’pincha o’z faoliyatining bir yoki bir necha maxsus tarmoqlarining
operatsion auditini o’tkazish uchun auditorlik tashkilotsi bilan shartnoma tuzadi.
Odatda, bunday shartnoma kompaniya o’z shtatida ichki xo’jalik auditorlariga ega
bo’lmasa yoki ichki xo’jalik auditi mutaxassislari u yoki bu tarmoq auditi
tajribasiga ega bo’lmasa tuziladi. Bunday maslahatlar berishni ma’muriyat ichki
xo’jalik auditorlariga emas, balki mustaqil auditorlik tashkilotlariga buyurtma
beradi. Masalan, kompaniya auditorlik tashkilotsiga o’z kompyuter tizimining
unumdorliligi va samaradorligini baholashni buyurtma berishi mumkin.
Operatsion auditni bajarishda ikki muhim sifat - bu mustaqillik va
mas’uliyat darajasidir.
Auditor xulosani kimga taqdim qilishi haqidagi masala tekshirish va
tavsiyanomalar hech bir og’ishsiz amalga oshirilayotganligini kafolatlash uchun
juda muhimdir. Auditorlik tashkilotlarida odatda mustaqillikni ta’minlash u
darajada qiyin emas, chunki unda ishlovchi xolis buxgalterlar audit o’tkazilayotgan
kompaniyaning xodimlari hisoblanmaydilar.
Operatsion auditorlarning javobgarlik jihatlari ham ularning mustaqilligiga
ta’sir qilishi mumkin. Auditor agar samarasiz va unumsiz muomalalar aniqlangan
bo’lsa, kompaniyaning amaliy funktsiyalari uchun javobgar emas. Masalan, agar
auditorlar ma’lumotlarini elektron qayta ishlash tizimining ishlab chiqarilishi
uchun javobgar hamda audit davomida undagi kamchiliklarni aniqlab tuzatish
kiritsalar, u holda ularning mustaqillik darajasi pasaygan bo’lardi.
530
Auditor muomalaga o’zgartirish kiritishni maslahat berishi mumkin, lekin
mas’ul xodim bunday tavsiyanomani qabul qilish yoki rad etish huquqiga ega
bo’lishi kerak. Agar auditorlar o’zlari bergan maslahatlarning amalga oshirilishini
talab qilish huquqiga ega bo’lganlarida, ular bajarilgan ishlar uchun keyingi
auditda javobgar bo’lib qoladilar. Shunday qilib, mustaqillik chegaralanib qolgan
bo’lardi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shunday xulosaga kelish mumkin, ya’ni
mustaqillikni ta’minlovchi maxsus talablar quyidagilardir:
1) Auditorlar o’z auditorlik faoliyatlarida mustaqil bo’lishlari zarur. Bu talab
auditorlar o’z ishlarini erkin va ob’ektiv bajarishlari bilan ta’minlanadi.
Mustaqillik auditorlarga turli ta’sirlardan erkin va ob’ektiv bo’lgan fikrlarni berib,
xulosa taqdim qilish imkonini beradi. Bu esa audit uchun juda muhimdir. Bunga
ob’ektivlik va tashkiliy mavqe tufayli erishiladi.
2) Tashkiliy mavqe audit davomida aniqlangan kamchiliklar asosida
samarali harakatlar hamda tavsiyanomalar berish, chuqur tekshirishni, sohaning
keng auditini ta’minlash uchun etarli bo’lishi lozim.
3) Ob’ektivlik. Ob’ektivlik ichki xo’jalik auditorlaridan o’z vazifalarini
mustaqil, yuqori malakada haqqoniy bajarishlarini talab qiladi.
Amaliy qiyinchiliklarni aniqlash va kerakli tavsiyanomalar kiritish uchun
auditorlarga chuqur bilimlilik darajasi juda muhimdir. Bu - operatsion audit keng
qamrovli amaliy muammolar bilan bog’liq bo’lgan asosiy muammodir. Chunki
ishlab chiqarishda biror jarayonning unumdorliligi yoki bo’lmasa reklama
dasturlarining samaraliligini baholay oladigan malakali ichki xo’jalik auditorlarini
topish qanchalik oson emasligini tasavvur qilish qiyin emas. Shuning uchun, ichki
xo’jalik auditorlari shtatiga ishlab chiqarish bilan tanish bo’lgan yoki marketing
bo’yicha etarli tayyorgarlikka ega bo’lgan xodim kirishi lozim.
Operatsion audit jarayonida duch kelinadigan asosiy qiyinchilik - bu
unumdorlik va samaradorlikni baholash uchun maxsus mezonlarni tanlashdir.
Operatsion audit uchun mezonlarni aniqlash usullaridan biri - bu korxona
faoliyatining u yoki bu tarmog’i uchun erishilgan samaradorlik va unumdorlik
darajasini oshirish mumkinligini aniqlash imkonini beruvchi tasdiqdir.
Maxsus mezonlarni ishlab chiqish uchun foydalaniladigan manbalardan
quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
- Mezonlarning sodda majmuasi o’tgan davrning haqiqiy natijalariga
asoslanadi. Bu mezonlar asosidagi fikr faoliyatning u yoki bu turi taqqoslanganda
«yaxshi» yoki «yomon»lashganligini aniqlashdan iborat bo’ladi. Bu mezonlarning
e’tiborli tomoni shundaki, ularni aniqlash oson, biroq, ular audit qilinayotgan
xo’jalik tizimi yaxshi yoki yomon faoliyat olib borayotganligi haqidagi chuqur
tushunchani berish imkoniga ega emas.
- Taqqoslama unumdorlik. Birlashma doirasida yoki undan tashqarida
ko’plab o’xshash xo’jalik tizimlari mavjudligi sababli audit qilinayotgan ob’ektlar
o’z tabiatiga ko’ra yagona emasdirlar. Bunday hollarda taqqoslanuvchi xo’jalik
sub’ektlarining unumdorligi haqidagi ma’lumotlar mezonlari ishlab chiqish uchun
manba bo’lib xizmat qiladi.
531
- Operatsion audit shartnomalarining ko’plab turlari uchun injenerlik
andozalariga asoslangan mezonlarni ishlab chiqish mumkin va maqsadga
muvofiqdir. Masalan, mahsulot ishlab chiqarish me’yorini aniqlash uchun
yarimfabrikatlar harakat marshrutini va vaqtini o’rganib chiqish. Bunday
mezonlarni ishlab chiqishga ko’p vaqt va mablag’ sarflanadi, chunki muhim
ekspertiza talab qilinadi. Shunga qaramay, bu mezon ishlab chiqarishning muhim
muammosini hal qilishda g’oyat samarali bo’lib, qilingan xarajatlarni qoplashi
mumkin.
- Muhokama va kelishuv. Ba’zan ob’ektiv mezonlarni ishlab chiqish qiyin
bo’ladi. Bunday hollarda ular muhokama va kelishuv yo’li bilan qabul qilinadi. Bu
jarayonda esa audit qilinayotgan mijoz ma’muriyati, operatsion auditor hamda
auditorlik xulosasi taqdim qilinishi kerak bo’lgan tashkilot yoki shaxslar ishtirok
etadilar.
Operatsion audit qirralari. Operatsion auditning uch qirrasi mavjud:
rejalashtirish; ma’lumotlar to’plash va baholash; xulosa yasash va uni taqdim
qilish.
Rejalashtirish. Moliyaviy hisobot auditida bo’lgani kabi, operatsion auditor
shartnoma sohasini aniqlab, mijozga ma’lum qilishi lozim.
Operatsion auditni rejalashtirish bilan moliyaviy hisobot auditini
rejalashtirish o’rtasidagi asosiy farq - bu operatsion audit jarayonidagi
tekshirishlarning xilma-xilligidir. Shuning uchun, operatsion auditning aniq
maqsadlari to’g’risida biror echimga kelish juda qiyin. Bu maqsadlar berilgan
shartnoma uchun ishlab chiqilgan mezonlar asosida aniqlanadi. Bu maqsadlar esa
aniq sharoitlardan kelib chiqadi. Masalan, kassalar ustidan ichki xo’jalik nazorat
tizimi samaraliligining operatsion auditi maqsadlari rivojlanish va tadqiqot
bo’limining mehnat unumdorligi auditi maqsadlaridan tubdan farq qiladi.
Ma’lumotlar to’plash va baholash. Ichki xo’jalik nazorat tizimi va amaliy
muolajalar operatsion auditning nozik qismini tashkil qilgani sababli, odatda
mijozlar fikrini so’rash va kuzatish, hujjatlaridan foydalanish qabul qilingan.
Operatsion audit uchun arifmetik aniqlik u darajada muhim emas, chunki aniqlik -
operatsion auditning maqsadi emas.
Xulosa yasash va uni taqdim qilish. Operatsion audit bilan moliyaviy hisobot
auditi o’rtasidagi ikki asosiy farq operatsion audit bo’yicha xulosaga o’z ta’sirini
o’tkazadi. Birinchidan, operatsion auditda xulosa, odatda, faqat ma’muriyatga
taqdim qilinsa, uning nusxasi qaysi tashkilot uchun audit o’tkazilgan bo’lsa, o’sha
tashkilotga yuboriladi. Uchinchi tomonning, ya’ni foydalanuvchilarning yo’qligi
operatsion audit xulosalarida standart sharhlar zaruriyatini chegaralaydi.
Ikkinchidan, bu tipdagi auditda amaliy tekshirishlarning xilma-xilligi xulosaning
shunday tuzilishini talab qiladiki, u o’z ichiga audit sohasi to’g’risidagi
ma’lumotni, topilgan kamchiliklar va tavsiyanomalarni olishi kerak.
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqadiki, xulosa yozish ko’p vaqt talab
qiladi, chunki u o’z ichida audit davomida aniqlangan haqiqat va tavsiyanomalarni
ma’lum qilishi zarur.
532
Do'stlaringiz bilan baham: |