Amaliy audit



Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/398
Sana31.12.2021
Hajmi6,55 Mb.
#259040
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   398
Bog'liq
Amaliy audit umk

 

5. Zaxira kapitali auditi 

Zaxira  kapitali,  agar  Nizomda  ko`zda  tutilgan  bo`lsa,  sof  foydani  zaxira 

qilish  yo`li  bilan  xususiy  kapitalni  to`ldirib  borish  uchun  tashkil  etiladi. 

O`zbekiston  Respublikasi  amaldagi  qonunchilikka  muvofiq    aksiyadorlik 

jamiyatlari  jamiyat  Nizomi  bilan  belgilangan,  lekin  Nizom  kapitalidan  15%  kam 

bo`lmagan miqdorda zaxira kapitali tashkil etish huquqiga ega. 




410 

 

21-son BHMS ga ko`ra, «Korxona ta'sis hujjatlariga asosan foyda hisobidan 



shakllantiriladigan  zaxira  kapitali,  mulkni  qayta  baholashdan  yuzaga  keladigan 

inflyatsiya  rezervlari,  pul  mablag`laridan  tashqari  tekinga  olingan  mulklar 

to`g`risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 

8510 - «Mulkni qayta baholash bo`yicha tuzatishlar»; 

8520 - «Rezerv kapitali»; 

8530 - «Tekinga olingan mulk». 

Auditor  zaxira  kapitali  hisobi  bo`yicha  buxgalteriya  o`tkazmalari  to`g`ri 

ekanligini tekshirishi lozim. 

Korxona  Nizom  kapitalini  xorijiy  kapital  ishtirokida  shakllantirishda 

qo`shilgan kapital deb ko`rsatiladigan kurs farqi hosil bo`lishi mumkin. 

Nizom  kapitaliga  ulush  sifatida  haqiqatda  kiritilgan,  moddiy  qiymatliklar, 

nomoddiy  va  moliyaviy  aktivlarni  baholash  ularni  ta'sis  hujjatlarida  va  dastlabki 

kelishuvlarda baholashdan farq qilishi mumkin. 

Auditor,  shuningdek,  zaxira  kapitali  to`g`ri  tashkil  etilganligi  va 

to`ldirilganligi,  ya'ni:  foydadan  ajratmalar  hisobiga  tashkil  etilgan  zaxira  kapitali 

Nizom kapitalining 15%  dan kam emasligi, mol-mulkni (asosiy vositalarni) qayta 

baholashdan hosil bo`lgan barcha inflyatsiya zaxiralari zaxira kapitali ko`payishiga 

o`tkazilganligi,  bepul  kelib  tushgan  mol-mulkning  barchasi  zaxira  kapitalning 

ko`payishiga  o`tkazilganligini  tekshiradi.  Tekshirish  manbasi  bo`lib  korxona 

Nizomi,  O`zbekiston  Respublikasi  hukumatining  qayta  baholash  to`g`risidagi 

qarori, qayta baholash bo`yicha hisob-kitoblar, mol-mulkni bepul olish to`g`risida 

shartnomalar,  qabul  qilish-topshirish  dalolatnomalari,  bildirishnomalar  (avizo)  va 

boshqalar hisoblanadi. 

Zaxira  kapitali  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish,  korxona  faoliyati 

tugatilganda ish haqi va soliqlarni budjetga to`lash, inflyatsiya bo`yicha zararlarni 

qoplash,    aksiyadorlik  jamiyati  hay'ati  qaroriga  muvofiq  Nizom  kapitalini 

to`ldirish,  qayta  baholash  summalarini  qoplash  va    aksiyadorlik  jamiyatining 

boshqa yo`nalishlari uchun foydalaniladi. Ochiq turdagi  aksiyadorlik jamiyatlarida 

foyda  yo`qligi  yoki  u  yetarli  emasligida  zaxira  kapitali  imtiyozli    aksiyalar 

bo`yicha dividendlarni to`lash uchun yo`llanishi mumkin. 

Auditor  zaxira  kapitali    mablag`lari  korxona  xodimlariga  moddiy  yordam 

ko`rsatishga,  mehnatga  haq  to`lashga  yoki  mukofotlar  to`lashga  ishlatilganligi 

holatlari  bilan  to`qnash  kelishi  mumkin.  Shu  bois,  auditor  zaxira  kapitali 

ishlatilishini  zaxira  kapitali  schyotidagi  yozuvlarni  tahlil  qilish  yo`li  orqali 

ta'sischilar  bilan  hisob-kitoblar  hisobi  va  taqsimlanmagan  foyda  schyotlari  bilan 

korrespondentlanishini sinchkovlik bilan tekshirishi lozim. 

 


Download 6,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish