3. Ustav kapitali (fondi) auditi
Ustav kapitali shakllanishining tekshiruvi vaqtida Ustav kapitali o`z vaqtida,
ya'ni uning belgilangan muddatlarda shakllanganligi, e'lon qilingan kirim ulushi
to`liq
kiritilganligi
va
shakllanish
manbalari
(ta'sischilarning
yoki
ishtirokchilarning xususiy mablag`lari hisobiga, uchinchi shaxslar ulushlari
hisobiga) aniqlanadi.
Ustav kapitali - bu xojalik yurituvchi subyektning Nizomida ro`yxatga
olingan kapitalning eng kam miqdoridir.
Boshqacha qilib aytganda, Nizom kapitali (jamg`armasi) bu korxona tashkil
etilishida, uning ta'sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorda faoliyatini amalga
oshirish uchun ishtirokchilar (mulk egalari) tomonidan mol-mulkka kiritilgan
ulushlarining yig`indisi hisoblanadi.
21-son BHMS
1
ga binoan, Korxona ustav kapitalining holati va harakati
to`g`risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8310 - «Oddiy Aksiyalar»;
8320 - «Imtiyozli aksiyalar»;
8330 - «Pay va ulushlar».
Bozor sharoitida Nizom kapitali, bir tomondan, korxona mol-mulki
qiymatini, ikkinchi tomondan esa - ta'sischilar, investorlar oldida korxona
1
21-son “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni
qo’llash to’g’risida yo’riqnoma” O’zbekitson Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS), O’z R.
AV 2002-yil 23-oktabrda 1181-son bilan ro’yxatga olingan .
.
406
majburiyatlari bo`yicha summalarni ifoda etadi. Nizom kapitali bo`yicha
moliyaviy-xojalik operatsiyalarni aks etish tartibi bo`yicha o`zgarishlar
respublikada hosil bo`lgan zamonaviy bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib
chiqqan. Nizom kapitalining shakllanishi amaldagi qonunchilik va ta'sis hujjatlari
bilan tartibga solinadi. Nizom kapitalining shakllanishi xojalik subyektining
mulkka egalik qilish shaklidan kelib chiqqan holda: aksiyadorlik jamiyatlarida -
aksiyadorlar aksiyalarga yozilganligi hisobiga, mas'uliyati cheklangan jamiyatlarda
- har bir ishtirokchining bergan ulushi hisobiga, davlat korxonalarida-mazkur
iqtisodiy subyektga biriktirilgan davlat mulki hisobiga amalga oshiriladi.
Nizom kapitalining tekshiruvida auditor uning summasi haqiqiy ekanligiga
ishonch hosil qilishi kerak. U buxgalteriya balansi va xususiy kapital to`g`risidagi
hisobotda aks ettiriladi. «Nizom kapitali hisobi bo`yicha schyotlar»ga oid qoldiq
korxonaning ta'sis hujjatlarida aks ettirilgan Nizom kapitali miqdoriga muvofiq
bo`lishi lozim.
Auditor xojalik subyekti davlat ro`yxatiga olingandan keyin ushbu
korxonaning buxgalteriyasida Nizom kapitali ta'sischilarning Nizom kapitaliga
ulushlarini kiritish bo`yicha qarzlarini hisobga olish schyotlarining debetlash va
Nizom kapitalini hisobga olish bo`yicha schyotlarining kreditlashini hisobga
olishlari kerakligini nazarda tutishi lozim.
Agar, tekshirish vaqtida ushbu schyotlar bo`yicha balansdagi qoldiqlar teng
bo`lsa,
bu
ta'sischilar
tomonidan
Nizom
kapitaliga
o`z
ulushlarini
kiritilmaganligini ifodalaydi. Bunday korxonalar ta'sis etilmagan (tashkil
topmagan) deb hisoblanadi va tugatilishi lozim.
Korxonaning Nizom kapitaliga ulush sifatida binolar, inshootlar, jihozlar va
boshqa moddiy qiymatliklar, nomoddiy aktivlar, qo`shma korxona ishtirokchilari
davlatlarining pul mablag`lari ko`rinishidagi valutalar va erkin konvertatsiya
qilinadigan valuta sifatida kiritilishi mumkin.
Auditor ta'sischilar tomonidan kiritilgan ulushlarni dastlabki hujjatlar
asosida va asosiy vositalar va pul mablag`lari, nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarish
zaxiralari
va
boshqalarni
hisobga
olish
schyotlarining
debeti
bilan
korrespondentlangan Nizom kapitali ulushlar bo`yicha ta'sischilarning qarzi
schyotning kreditidagi yozuvlari asosida tekshiradi.
Masalan, kirim kassa orderlari, asoslovchi hujjatlar ilova qilingan bankning
hisob-kitob va valuta schyotlaridan ko`chirmalar asosida ta'sischilar ulushi hisob-
kitob va valuta schyotlariga to`liq va o`z vaqtida kirim qilinganligi tekshiriladi.
Ta'sis hujjatlarida qayd etilgan va Nizom kapitaliga ulush sifatida kirim
qilingan moddiy qiymatliklar, nomoddiy aktivlar ta'sischilar kelishuvi bo`yicha
aniqlanadi va baholanadi. Valutalar va valuta qiymatliklari jamiyat ro`yxatdan
o`tkazilgan kuniga amalda bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining
kursi bo`yicha baholanadi. Nizom kapitaliga ulush sifatida kiritilgan qimmatli
qog`ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar ta'sischilarning kelishuviga asosan
baholanadi.
Nizom kapitaliga yoki aksiyalarni to`lash uchun haqiqatda kiritilgan moddiy
qiymatliklar, nomoddiy aktivlar jamiyat aktiviga o`tkazish davrida amalda bo`lgan
bozor narxlari bilan baholanadi. Bozor narxlariga ega bo`lmagan nomoddiy
407
aktivlar ta'sis hujjatlarida qayd etilgan yoki tomonlar kelishuvi bilan belgilangan
narxlar bilan baholanadi. Ushbu obyektlarni baholash, odatda, yuqori malakali
mutaxassislarga topshiriladi.
Nizom kapitaliga ulush sifatida amalda kiritilgan valuta va valuta
qiymatliklari, jamiyatga kirim qilinishi vaqtida amalda bo`lgan rasmiy kurs
bo`yicha baholanadi. Qimmatli qog`ozlar oxirgi birja kursi bo`yicha baholanadi.
Moliyaviy aktivlar va birjada kotirovkaga ega bo`lmagan qimmatli qog`ozlar
tomonlar kelishuviga asosan baholanadi. Murakkab sharoitlarda hamda amaldagi
qonunchilik talab qilganda, Nizom kapitaliga ulush sifatida kiritilgan aktivlarning
to`g`ri baholanishi mustaqil auditor xulosasi bilan tasdiqlanadi.
Ulush sifatida Nizom kapitaliga amalda kiritilgan moddiy va valuta
qiymatliklari, nomoddiy va moliyaviy aktivlarning baholanishi ularni ta'sis
hujjatlari va dastlabki kelishuvlardagi baholanishidan farq qilishi mumkin.
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, ma'lumotlar,
nomoddiy aktivlar kelib tushishini tasdiqlovchi hujjatlar va asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlarni hisobga olish schyotlarining debet aylanmalariga asosida
o`tkazilgan uskunalar, binolar, inshootlar, ma'naviy mol-mulkka egalik
huquqlarining qiymati aniqlanadi. Materiallarni qabul qilish dalolatnomalari, tovar-
transport yuk xatlari, ishlab chiqarish zaxiralarini hisobga olish bo`yicha schyotlari
ma'lumotlariga ko`ra kelib tushgan moddiy qiymatliklar qiymati aniqlanadi.
Har bir qo`yilma, Nizom kapitalini shakllantirish tartibiga izoh qilingan
hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim. Bundan tashqari, Nizom kapitaliga ulush
sifatida kiritilayotgan mablag`larning alohida turlari ta'sischilar - jismoniy
shaxslarning shaxsiy mulk egaligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo`lishi lozim.
Bularga, masalan, xususiylashtirilgan xonadon, ma'naviy molk-mulk, transport
vositalari va boshqalar kiradi. Shunday qilib, auditor ta'sischilar kiritgan ulushlarga
oid ularning har biri bo`yicha yuritiladigan varaqalar yoki qaydnomalarda aks
etirilgan ulushlar bo`yicha qarzlar, to`lash muddatlari, kiritilgan aktivlar summasi
va qarzlarni qoplanishi bo`yicha tahliliy hisobni tekshiradi.
Ishtirokchilarning Nizom kapitaliga kirim qilingan ulushlari hisobda va
balansda ular amalda kelib tushishi bo`yicha aks ettiriladi. Korxonaning Nizom
kapitaliga ulushning amalda kelib tushish vaqti bo`lib quyidagilar hisoblanadi:
- pul mablag`lari uchun - pullar hisob-kitob (valuta) schyotiga kirim
qilingan sanasi;
- moddiy va nomoddiy aktivlar uchun - moddiy va nomoddiy aktivlarni
qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va ushbu obyektlar kelib tushganligini
tasdiqlovchi boshqa hujjatlar rasmiylashtirilgan sanasi.
Korxona Nizom kapitaliga ta'sischilar tomonidan kiritilgan ulushlarning
to`liqligi uning ta'sis hujjatlarida qayd etilgan va Nizom kapitali hisobining
schyotlaridagi aks etilgan miqdorini Nizom kapitali ulushlar bo`yicha ta'sischilar
qarzi schyotidagi miqdori bilan solishtirish yo`li bilan aniqlanadi.
Nizom kapitalini tekshirish vaqtida buxgalteriya hisobida to`g`ri
rasmiylashtirilganligi va 13-sonli jurnal-orderda Nizom kapitali hisobi bo`yicha
schyotda qonuniy va to`g`ri aks etilganligi, ular amaldagi qonunchilikka muvofiq
ekanligi aniqlanishi lozim.
408
Do'stlaringiz bilan baham: |