242
5. Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar auditi
Xojalik yurituvchi subyektlar bilan o`zaro hisob-kitob munosabatlarida
korxonada tugallanmagan hisob-kitoblar bo`yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari
yuzaga keladi.
Debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda, auditor avvalo
debitor va kreditor qarzlarning paydo bo`lishi sabablarini aniqlashi zarur. Hisob-
kitoblarning belgilangan qoidalariga muvofiq keladigan qarzlardan tashqarisi, katta
miqdordagi debitor va kreditor qarzlarning mavjudligidan dalolat beradi.
«Debitorlik qarzi tovarlar haqiqatda yuklab jo`natilgan, ishlar bajarilgan,
xizmatlar ko`rsatilgan kundan boshlab 90 kun o`tgach muddati o`tgan
hisoblanadi»
1
.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari bo`yicha muomalalarni tekshirishga
kirishishdan oldin qarzlarning tegishli qoldiqlari balans moddalari bo`yicha to`g`ri
aks ettirilganligini aniqlash lozim. Buning uchun tekshirish davri boshidagi hisob-
kitoblarning har qaysi turi yuzasidan analitik hisob registrlarining ma'lumotlari
bo`yicha hisob-kitoblarni hisobga olish uchun mo`ljallangan schyotlar bo`yicha
qoldiqlari balansning tegishli moddalari qoldiqlari bilan taqqoslanadi. So`ngra
hisob-kitoblar har qaysi turi bo`yicha alohida tekshiriladi. Bunda auditor qarzning
paydo bo`lishi sabablarini, u kimning aybi bilan va qachon paydo bo`lganligi, uni
undirib olish mumkin yoki mumkin emasligini, ya'ni debitorlar o`z qarzlarini tan
olgan xatlar yoki hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomalari mavjudligini, da'vo
qilish muddatlari o`tkazib yuborilmaganligini, qarzlarni yopish yoki undirish
uchun qanday choralar ko`rilayotganligini aniqlashi lozim.
Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda quyidagilarni
aniqlash lozim:
- kreditga sotilgan tovarlar bo`yicha hisob-kitoblar to`g`riligi;
- shartnomalar mavjudligi;
- xaridorlar topshiriqnoma-majburiyatlarining taqdim etish muddatlari;
- kreditni qoplash tartibi va boshqalar.
Kreditga sotilgan tovarlar bo`yicha hisob-kitoblar holati 4700 - “Xodimning
boshqa operatsiyalar bo`yicha qarzi hisobi schyoti” schyotlar guruhi bo`yicha,
shuningdek, 4710 - “Kreditga sotilgan tovarlar bo`yicha xodimning qarzi” schyot
ko`rsatkichlari asosida o`rganiladi. Eng muhimi, Xaridorlarning muddati o`tgan
qarzlari bo`yicha hisob-kitoblar o`rganib chiqiladi va muddati o`tgan qarzlar paydo
bo`lishi sabablari aniqlanadi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
- kredit berish qoidalariga rioya qilmaslik;
- ijro varaqalari bo`yicha boshqa korxonalar yoki jismoniy shaxslar
foydasiga summalar to`g`ri va asosli ushlab qolinganligi, shuningdek, ushlab
qolingan summalar oluvchilarga o`z vaqtida o`tkazilmaganligi;
-
korxona
ixtiyoridagi
xonadonlarda
istiqomat
qiluvchilar
va
yotoqxonalarda, mehmonxonalarda yashovchi shaxslar bilan korxona hisobidagi
xonadonlardan foydalanganligi va maishiy xizmat ko`rsatilganligi uchun hisob-
kitoblar to`g`ri hisoblanmaganligi.
1
O’zR Prezidentining 1999 yil 19 iyuldagi PF-2340 son Farmoni.
243
Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar auditi bo`yicha 4800 -
«Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6900 - «Turli kreditorlarga
bo`lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotlarning hisob registrlari va
hisobotlardagi buxgalteriya yozuvlari hamda ulardagi hisobda turgan qarzlar
tekshiriladi. Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirish uslubiyoti
va ketma-ketligi boshqa barcha hisob-kitob muomalalarini tekshirishga o`xshash.
Yuqorida keltirilgan schyotlarda hisobga olinadigan muomalalarning xilma-
xilligini etiborga olgan holda, auditor hisob-kitoblar ahvolini tahlil qilish
mobaynida ushbu schyotlar qo`llanishining qonuniyligini aniqlaydi. (Ya'ni, 4800,
6900 schyotlarida aks ettiriladigan muomalalar boshqa schyotlarda aks
ettirilmayotganligini aniqlaydi yoki aksincha).
Auditor yil oxirida to`lanmagan, deponentlanmagan summalar bo`yicha
haqiqatda to`langan ish haqi summalaridan hisoblanishi lozim bo`lgan daromad
solig`ining qayta hisoblanganligini aniqlash zarur.
Ijro varaqasi bo`yicha boshqa korxonalar foydasiga ushlanadigan summalar
(alimentlar, jarimalar, moddiy zararni undirish va h.k.) to`g`riligi va asoslanganligi
hisob yozuvlarini hisoblashuv-to`lov vedomostlari va ushlash uchun asos bo`lgan
boshqa hujjatlar bilan solishtirish orqali tekshiriladi. Bunday summalarni
o`tkazishning o`z vaqtidaligi va to`liqligi shaxslar bo`yicha qarzlarning ahvoli va
harakatini tahlil qilishda va summalarning xodimlardan ushlangan hamda
o`tkazilgan sanasi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.
Budjet tashkilotlari bilan hisob-kitoblarni tekshirishda shartnomalar
mavjuddigi, ish (xizmat) bajarilishining hujjat bilan tasdiqlanishi, ularning
xususiyatlari, ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarishga taalluqli ekanligi
aniqlanadi. Bular sarflarni moliyalashtirish manbalarini aniqlashning to`g`riligini
tasdiqlash uchun zarur. Chunonchi, o`qitish, malaka oshirish bilan bog`liq va
ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur bo`lsa, O`quv uchun to`lovlar xarajatlar
tarkibi to`g`risidagi nizomga muvofiq tannarxga qo`shilishi mumkin.
Ayrim hollarda hisob-kitoblarni debitor qarz summasi katta bo`lgan
tashkilotlardagi tegishli hujjatlar bilan taqqoslab ko`rish tavsiya qilinadi. Bunday
qarama-qarshi tekshiruvlar birinchi navbatda, savdo va ta'minot tashkilotlarida
o`tkaziladi.
Debitor va kreditor qarzlarining da'vo muddatlari hamda debitor qarzlarni
undirish bo`yicha xojalik sudiga murojat qilish tartibi tekshiriladi. Shunindek,
debitor va kreditor qarzlarining inventarizatsiyasi va uning natijalari tahlil qilinadi.
Buning uchun auditor turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitob muomalalarini
auditorlik tekshiruvidan o`tkazishni yakunlashda ishchi hujjatlardagi malumotlarni
umumlashtiradi va 4800, 6900 – schyotlar bo`yicha hisob hamda hisobot
ma'lumotlarining ishonchliligi, hisobni yuritish to`g`riligini baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: