Amaliy audit


 Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitob muomalalari



Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/398
Sana31.12.2021
Hajmi6,55 Mb.
#259040
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   398
Bog'liq
Amaliy audit umk

2. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitob muomalalari 

auditi 

Xojalik  subyektlari  har  doim  ham  bevosita  o`z  kassasidan  yoki  hisob-kitob 

schyotidan  hisoblashishlarni  amalga  oshira  olmaydi.  Bunday  hollarda  xodimlarga  

hisobdorlik  asosida  bo`naklar  naqd  pullarda  beriladi,  ular  to`lovlarni  amalga 

oshiradilar. Bular ma'muriy xojalik muomala xarajatlari va xizmat safarlari uchun 



235 

 

beriladigan bo`naklardir. Ushbu xojalik muomalalari 4220  - «Xizmat safari uchun 



berilgan  bo`naklar»,  4230  -  «Umumxojalik  xarajatlari  uchun  berilgan  bo`naklar» 

va 6970 - «Hisobdor shaxslarga to`lanadigan qarzlar» schyotlarida hisobga olinadi. 

«Naqd  pulsiz  hisob-kitob  yo`li  bilan  amalga  oshirib  bo`lmaydigan  mayda 

ma'muriy-xojalik,  operatsion  va  xizmat  safari  xarajatlari  uchun  kassadan  korxona 

ishchilariga beriladigan pul bo`naklari hisobdor summalar deb ataladi. 

Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditining asosiy vazifalari: hisobdor 

summalar  to`g`ri  va  maqsadli  ishlatilganligini  tekshirish;  xojalik  yuritish  nuqtai 

nazaridan  qonunga  xilof  va  maqsadga  muvofiq  bo`lmagan  xarajatlarni  aniqlash; 

xizmat  safarlari  bilan  bog`liq  xarajatlarni  qoplash  bo`yicha  belgilangan  tartibga 

rioya qilinishini tekshirish»1. 

Hisobdor  shaxslar  bilan hisob-kitoblar auditi  mazkur obyekt  bo`yicha  ichki 

nazorat va hisob tizimining holatini o`rganishdan boshlanadi. Ichki nazorat tizimini 

baholashda  aniqlangan,  uning  kuchli  tomonlari  (nazorat  barcha  test  qilinadigan 

yo`nalishlar  bo`yicha  amalga  oshirilganligi,  muomalalar  haqqoniyligi,  tegishli 

tarzda ruxsat etilganligi va hisobda aks ettirilganligi), shunindek, kuchsiz tomonlari 

(hisobdor  shaxslar  ro`yxati,  hisobdor  summalar  beriladigan  muddatlar  va 

boshqalarning  buyruq  bilan  tasdiqlanganligi)  hisobdor  shaxslar  bilan  hisob-

kitoblarni  batafsil  tekshirishda  e'tiborga  olinadi.  Bu  muomalalar  ko`p  hollarda 

yoppasiga tekshiriladi. 

Hisobdor  shaxslar  bilan  hisob-kitoblar  auditining  vazifalari  quyidagilardan 

iborat (7.2-jadval). 

7.2-jadval 

XI. 

Hisob-kitoblar auditining vazifalari 



 

№ 

Audit vazifalari mazmuni 



1. 

 

Xizmat safari xarajatlarining qoplanish tartibiga rioya qilinishini aniqlash 



2. 

  Hisobdor  shaxslar  tomonidan  qilingan  xarajatlarning  qonuniyligi  va  maqsadga 

muvofiqligini aniqlash 

3. 


  Xojalik xarajatlarining asosliligini aniqlash 

4. 


  Xizmat  safari  va  xojalik  xarajatlari  yuzasidan  korxona  ma'muriyati  farmoyishlarining 

qonuniyligini aniqlash 

5. 

  Bo`nak  hisobotlari  va  ularga  ilova  qilingan  hisobdor  summalarning  sarflanganini 



isbotlovchi  hujjatlar  (transport  chiptalari,  mexmonxona  va  boshqa  tashkilotlari  pattalari 

(kvitantsiyalar), olingan moddiy boyliklarning schyotlari, har xil ishlar naqd pul  hisobidan 

bajarilgan shartnomalar) rasmiylashtirilishini tekshirish 

6. 


  Kassa hujjatlarining (kassir hisobotlari, kassa kirim va chiqim orderlari va ularni qayd qilish 

daftarlari) tekshirish 

7. 

  Hisobdor  shaxslar  bilan  hisob-kitoblar  bo`yicha  analitik  va  sintetik  hisob  registrlarining 



ma'lumotlari (7 -ASK.- jurnal-order) ni tekshirish 

8. 


  Hisobdor  shaxslar  bilan  hisob-kitoblarni  audit  qilishda  buxgalteriya  hisobi  holati  bilan 

tanishishi, hujjatlarning to`g`ri va o`z vaqtida rasmiylashtirilishi, xizmat safarlari va xojalik 

xarajatlari  yuzasidan  korxona  rahbarining  farmoyishi  bor-yuqligi,  xodimni  bu  safarga 

yuborish va xojalik xarajatlarining asosliligini aniqlash 

 

Auditor  buxgalteriya  xodimlarining  ushbu  sohadagi,  qonunlar  va  yuqori 



tashkilotlarning me'yoriy hujjatlaridan xabardorliklariga hamda ularning nusxalari 


236 

 

korxona  buxgalteriyasida  mavjudligiga  ishonch  xosil  qilishi,  shuningdek  ushbu 



me'yoriy  hujjatlarga  amal  qilinish  darajasini  tekshirishi  kerak.  Buning  natijasida 

quyidagilar aniqlanishi mumkin: 

-  ilgari  hisobdor  pullar  yuzasidan  qarzi  bo`lgan  yoki  bu  pullar  yuzasidan 

hisoblashmagan,  hisobot  topshirmagan  shaxslarga,  korxonada  haqiqatda 

ishlamaydigan shaxslarga pul berilmayotganligi; 

- navbatdagi mehnat ta'tiliga chiqarish va bir yo`la xizmat safariga yuborish 

xollari mavjudligi; 

-  xizmat  safari  vaqtida  mehnat  qobiliyatini  yuqotib,  kasalxonada 

davolanishda bo`lgan xodimlarga turar joy va kundalik xarajatlari to`lash tartibiga 

rioya qilinishini, bu muddatning 2 oydan oshmaganligini aniqlash kerak. 

Hisobdor  shaxslarga  bo`naklar  berilishining  asosliligini  aniqlash  xojalik 

ehtiyojlari  uchun  hisobdor  summa  berish  talablariga  rioya  qilishni  tekshirishdan 

iborat. Bunda auditor hisobini berish uchun bo`nak olgan shaxslar, hamda berilgan 

bo`naklar  summasi.  va  muddatining  korxona  rahbari  buyrug`iga  muvofiqligini 

aniqlaydi. 

Bo`nak  berish  uchun  xizmat  safari  to`g`risidagi  buyruq  va  xizmat  safari 

guvohnomasi  asos  bo`ladi.  Xizmat  safari  uchun  hisobdor  summa  berilganligini 

tasdiqlaydigan 

kassa 

chiqim 


orderlarini 

tekshirish 

mobaynida 

barcha 


rekvizitlarining to`liq to`ldirilganligiga, xususan, bo`nak berish uchun asosning aks 

ettirilganligiga e'tibor beriladi. Muayyan hisobdor shaxs tomonidan oldingi olingan 

bo`nak bo`yicha to`liq hisobot berilganidagina, unga bo`nak beriladi. 

Hisobi  beriladigan  bo`nak  berishning  asosliligini  tekshirish  amallari  kassa 

muomalalarini tekshirish mobaynida amalga oshirilishi mumkin. Bunda aniqlangan 

tafovutlar  to`g`risidagi  axborotlar  ichki  hisob-kitob  muomalalarini  tekshirayotgan 

auditorga beriladi. 

Hisobdor  shaxslar  tomonidan  bo`nak  hisobotlarining  o`z  vaqtida  taqdim 

qilinishini  tekshirish,  bo`nak  hisobotlari  haqiqatda  taqdim  qilingan  muddatlarni, 

xizmat  safari  to`g`risidagi  buyruqqa  yoki  xizmat  safari  guvohnomasida 

ko`rsatilgan muddatlarga solishtirish yo`li bilan amalga oshiriladi. 

Agar auditor ushbu qoidaga amal qilinmayotganligini aniqlasa, unda 21-son 

BHMS ning talablariga muvofiq belgilangan muddatlarda qaytarilmagan hisobdor 

summalarning 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida aks ettirilishi (Debet 

9430,  Kredit  4220,  4230)  va  keyinchalik  ushbu  summalarning  hisobdan 

chiqarishini tekshirish zarur. 

Ayrim korxonalarda xodimlarga go`yo xojalik hamda xizmat safarlari uchun 

bo`nak  ajratilgandek  bo`lib,  aslida  ularning  shaxsiy  ehtiyojlari  uchun  pul 

berilishiga  yo`l  qo`yiladi.  Shuning  uchun  auditor  xodimning  xizmat  safariga 

jo`natish  guvohnomasi  borligini,  uning  muddatini,  yo`l  xarajatlarini,  amaldagi 

me'yorlar  bo`yicha  sutkalik  to`lov  summasi  qanchaligini,  hisobdor  shaxslar 

bo`naklar  bo`yicha  hisobotlarni  o`z  vaqtida  topshirishlari  va  sarflanmay  qolgan 

mablag`lar qoldiqlarini kassaga topshirishlarini aniqlaydi.  


Download 6,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish