Ma‘lumki, insonning tafakkuri qanchalik yuksak bo`lsa, u shunchalik
tashabbuskor bo`ladi. Odamning fikrlashi qanchalik erkin bo`lsa, u shuncha
40
izlanuvchan, ijodkor bo`ladi. Chegara va qolib ichidagi fikr ijodkorlik
xususiyatiga ega bo`lmaydi. Oilada kattalar, maktabda o`qituvchilar shakllanib
kelayotgan bola shaxsiga zug`um o`tkazishdan voz kechib, o`quvchi
yoshlarning ruhiy, aqliy, jismoniy imkoniyatlariga qarab ish tutishsa, bola o`z
hatti-harakatini yo`naltirish ehtiyoji va o`zi tanlagan yo`l uchun javobgarlik hissi
paydo bo`ladi. Demak, erkinlikka asoslangan mas‘uliyat bolani o`z fikri,
qarashiga ega qiladi. Fikr kishisi hamisha o`z qarashlarni asoslaydi, o`rni
kelganda himoya qiladi. Kerak bo`lsa o`z haqiqati uchun kurashadi.
Umumiy o`rta ta‘lim tizimi o`quvchilarda ma‘naviyatni shaklllantirish
bobida adabiyot barcha o`quv fanlari orasida o`ziga xos o`rin tutadi. Adabiy
ta‘lim o`z oldiga qo`yilgan masala yuzasidan mustaqil mulohaza yuritgan
o`quvchilarning har biri o`z yo`li bilan o`zining betakror haqiqatini kashf etadi.
Adabiy ta‘limdagi ma‘naviy tarbiya boshqa o`quv fanlaridagiga qaraganda
o`zining serqirra va turfaligi bilan farq qiladi. Shu sababli ham adabiyot
darslarida o`quvchilarni ma‘navitatini shkllantirishning limiy-nazariy asoslarini
belgilash hamda metodik hujjatlarni ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etadi.
Ma‘lumki, har qanday jamiyatning taqdirini unda yashaydigan insonlar
belgilaydi. Jamiyatni nurli kelajak sari yetaklah ham, tubanlik qa‘riga tortish
ham odamning qo`lida. Shuning uchun ham jamiyat a‘zolari, ayniqsa, o`sib
kelayotgan avlodning ma‘naviy kamoloti bugungi kunda o`ta dolzarb masalaga
aylandi.
―Ta‘lim to`g`risida‖gi Qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ning
qabul qilinishi ham inson omilining hal qiluvchi ahamiyat kasb etganidan dalolat
beradi. Bu hujjatlarda o`quvchi shaxsi va uning ma‘naviy kamoloti birinchi
o`ringa chiqarildi. Ta‘lim konsepsiyasi, standarti, dastur, darslik hamda metodik
qo`llanmalar insonparvarlik yo`nalishiga solindi. Ular faqat mutaxasisi
tayyorlashga emas, balki sog`lom ma‘naviyatli kishi shakllantirishga xizmat qila
boshladi. Milliy pedagogoika ilmi ham ma‘naviy barkamol avlod tarbiyalash
yo`llarini tadqiq etmoqda. Yosh avlod aqliy-ma‘naviy kamolotini ta‘minlashda
ularning mustaqil fikrlashi ulkan ahamiyat kasb etadi.
41
Shu bois, avvalo, mustaqil fikrlash tushunchasi nima ekanligi hamda
uning barkamol insonni shaklllantirishdagi ahamiyati qandayligini aniqlab olish
zarur. Umuman tafakkur jarayoni, xususan, uning mustaqil fikrlash turi haqida
psixologlar, pedagoglar turli daraja va miqyoslarda o`z fikr mulohazalarini
bayon etganlar.
Psixologlarning ta‘biricha, fikrlash, ya‘ni tafakkur – odam miyasida sodir
bo`ladigan jarayon. Sezgi organlari yetarli bo`lmagan o`rinlarda odam va
olamning xususiyatlari tafakkur orqali o`rganiladi. Tafakkur – aqliy
faoliyatning, ongli hatti-harakatlarning majmuyi. U tevarak-atrof, voqelik hamda
ijtimoiy muhitni bilish quroli, inson faoliyatini to`g`ri va smarali amalga
oshirishning asosiy sharti hisoblanadi. Kishi fikrlash jarayonida o`zi ko`rgan,
idrok qilgan, sezgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning to`g`riligi, aniqligi,
hqqiqiyligi hamda ularning borliqqa munosabatini aniqlaydi.
15
Tafakkur orqali kishi odam va olam sirlarini o`rganishda o`zidan oldin
hosil bo`lgan qarashlar, tushunchalar, farazlar, insoniyat tomonidan chiqarilgan
xulosa hamda kelingan qarorlarning qanchalikto`g`ri yoki noto`g`riligini
belgilab oladi. Mulohaza yuritib, narsa va hodisalar o`rtasidagi munosabatlar,
xulosalar, xususiyatlar, ularni bir-biri bilan bog`lab yoki ajratib turuvchi
vositalar hamda ularning faoliyati mexanizmlarini anglab yetadi.Bu haqiqatni
hazrat Navoiy bundan necha yuz yillar ilgari:‖…har ishki qilmish odamizod,
Tafakkur birla bilmish odamizod‖,
16
- deya ifodalagan.
Tafakkur jarayoni insonnig ko`ngli, ruhiyati bilan uzviy bog`liqlikda
kechadi. Fikrlayotgan odamning ichki dunyosi qanchalik boy, dunyoqarashi
qancha keng, bilimi qay darajada chuqur bo`lsa, uning fikrlari, xulosalari
saviyasi ham shuncha asosli bo`ladi. Teranlik, tiniqlik, mantiq, erkinlik,
mustaqillik, badiiylik, ijodiylik inson tafakkuri darajasini ko`rsatuvchi ijobiy
xususiyatlardir. Odam dunyoni tafakkur orqali anglaydi, fikr va ruhiyat
yordamida undan o`ziga xos tarzda ta‘sirlanadi, xulosalar chiqaradi. Mustaqil
15
E.G`oziyev.Tafakkur psixologiyasi. - T.:‖O`qituvchi‖,1990y.
16
Alisher Navoiy,Tanlangan asarlar.20jildlik. 8-j.Xamsa:Farhod va Shirin. – T.:‖Fan‖,1991. – 122-b.
42
mulohaza yuritgan odam biror narsaga mehr qo`yadi, nimanidir inkor etadi va
o`zida yaratishga, ijodga, kashfiyotga ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj uni harakatga
undaydi.
Hayot hodisalari yuzasidan o`z fikru qarashlariga ega bo`lgan, o`z
xulosalarini chiqarib, ularni asoslay bilgan odam hech qachon o`zgalarga mutlaq
tobe bo`lmaydi. Jiddiy hayotiy masalalar hal etilayotganda beparvolik, loqaydlik
qilmaydi, taqdirini o`zgalar hal qilib yuborishiga yo`l qo`ymaydi. Fikr kishisi
biror faoliyatni boshlashdan oldin atroflicha o`ylab ko`radi, tahlil qiladi.
Psixologlarning ta‘kidlashicha, fikrlash iltimoiy-intelektual jarayon
sifatida o`zining harakatga undovchi ruhiy ehtiyoji, maqsadi, usullariga ega
bo`lgan faoliyat hisoblanadi. Fikrlash ko`magida inson miyasi yoki ruhiyatida
aks etgan narsa va hodisalarning anglagan yoxud anglamagan jihatlari ayon
bo`ladi. Fikrlash shu yo`ldagi izlanishlar tufayli yuzaga keladi. Fikrlash
muloqotga kirishgan ikkinchi bir kishiga ta‘sir ko`rsatishning zaruruy qismi, bir-
birini bilishning asosi hamdir.
Tarixiy xotira milliy istiqlolimiz mustahkamlanayotgan bugungi
kunda yosh avlodni buyuk ajdodlarimiz ulug‘vor an‘analari ruhida
tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.
O`zbek xalq ertaklari, doston va rivoyatlari xalqimizning hayotiy
voqelikka munosabatini o‘zida aks ettiradiki, ularni o`quvchilarga o‘rgatish
orqali ajdodlarimiz turmush tarzi bilan bog‘liq tarixiy hodisalar, turli
e‘tiqodiy tasavvurlar mohiyatini oydinlashtirish mumkin bo‘ladi. O`bek
xalq ertaklarida xalqimizning ko‘p asrlik ma‘naviy-ma‘rifiy an‘analari,
tarixiy xotirasi va tajribalari mujassamlashgan bo`ldi.
Mamlakatimiz prezidenti Islom Karimov yozganlaridek: ―Tarix
xotirasi, xalqning, jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining xolis va
haqqoniy tarixini tiklash, milliy o‘zlikni anglashni, ta‘bir joiz bo‘lsa
milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida muhim o‘rin tutadi. Tarix
millatning haqiqiy tarbiyasiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning
43
ishlari va jasoratlari tarixiy xotiralarini jonlantirib, yangi fuqarolik
ongini shakllantirmoqda.‖
17
O`zbek xalq ertaklari hayotiy voqelikni aks etishi va folklordagi
badiiy estetik prinsiplarni o‘rganish, xalq og‘zaki badiiy ijodi
an‘analarining shakllantirish, hamda milliy an‘ana va qadriyatlarni aniqlashga
asos bo‘ladi.
Xalqimiz dunyoqarashi va ruhiyatimizning ko‘zgusi asrlar
davomida elimizning milliy hurlik, el-yurtga muhabbat, yuksak vatanparvarlik
yaratuvchanlik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalab kelgan og‘zaki badiiy
ijod namunalari ma‘naviy qadriyatlarimiz taraqqiyotida muhim o‘rin
tutadi. Zero ma‘naviyat insonning, xalqning, davlatning kuch qudratidir.
U yo‘q joyda hech qachon baxt saodat bo‘lmaydi. Yaratuvchanlikni,
ijodkorlikni, halol mehnatni ulug‘ saodat deb bilgan zukko ajdodlarimiz
ma‘naviy tafakkurning asrlar davomidagi izchil rivoji natijasida rang
barang janrlardan tarkib topgan o‘zbek folklori an‘analari shakllangan.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishishgach ma‘naviy qadriyatlarni
tiklash, rivojlantirish va ommalashtirish keng ko‘lamda tadqiq etishga
bo‘lgan ehtiyoj yanada kuchaydi.
Shu bois mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz
tomonidan asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan bebaho
ma‘naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi.
Quyida biz Hamid Olimjonning ―Oygul bilan Baxtiyor‖ ertagi orqali
o`quvchilarni ma‘naviy kamolot sari yo`naltirish yo`llari haqida ayrim fikrlar
bildirishni lozim topdik.
Umumta‘lim maktablari beshinchi sinflarida Hamid Olimjonning ―Oygul
bilan Baxtiyor‖ ertak-dostoni o`rganish uchun tavsiya etilgan bolib, buning
17
Karimov I.A. Istiqlol va ma‘naviyat. Toshkent: O‘zbekiston, 1994 y.
44
uchun dasturda uch soat ajratilgan.
18
Adabiyot o`qituvchisi ta‘lim jarayonini
o`quvchilarni mustaqil fikrlashga yo`naltirish, ularni o`z qarashlariga ega
bo`lgan, ma‘naviy komillik sari yuz tutgan insonlar qilib tarbiyalash maqsadida
tashkil etish uchun birinchi darsni ertakning to`liq mutolaasiga bag`ishlashi,
shundan so`nggina o`quvchilarning ruhiy holatidan unumli fiydalanib birgalikda
uning tahliliga kirishishi o`rinli bo`ladi. Agar o`qituvchi ikki darsni bir kunga
ko`chira olsa, darsni ketma-ket tashkil etishga erishsa, maqsadga muvofiq
bo`ladi. Ammo buning imkoni bolmasa, mashg`ulotlar odatdagi tarzda
uyushtiriladi.
Mazkur ertakning o`z o`qish ohangi bor. O`qituvchi darsga tayyorlanish
jarayonida shu ohangni topib olishi lozim. Uning qaysi qismi yo`g`on ovozda,
qaysi bo`lagi siniq ohangda, qay o`rinlarni mayinlik va qay biri qat‘iyat bilan
o`qilishi kerakligini oldindan belgilab qo`yish lozim. Asarning o`qish ohangi va
ifodaliligi darsning yarim muvaffaqiyati hisoblanadi. O`qituvchi mutolaasi bilan
o`quvchilar ko`nglini bezovta qila olishi, ularning inon-ixtiyorini to`laligicha
o`ziga qaratib olishi mumkin. Butun diqqat-e‘tibori matnga qaratilgan o`quvchi
boshqa narsalarga chalg`imaydi. Bunga ehtiyoj ham qolmaydi. U bor vujudi
bilan yoqimli ohangda o`qilqyotgan ertakni tinglaydi.
Mutolaa davomida ertak qahramonlarining ruhiyati, fe‘l-atvori
ifodalangan, ularning tabiati tasvirlangan lavhalarni, shoirning so`zni o`ynatib
yuborgan o`rinlarini o`quvchilarga belgilatib boorish mumkin. Asar matni ustida
ishlanayotganda ajratib qo`yilgan so`z, insonlarga xos bo`lgan baland sifatlar,
chinakam fazilatlarga qaratiladi, o`quvchilar munosabati so`raladi. O`quvchilar
tomonidan farqlangan, munosabatga tortilgan insoniy fazilatlar ularning
shaxsiyatiga albatta iz qoldiradi.
Mutolaadan so`ng asar matni ustidagi ish ―Nima deb o`ylaysiz, shoir
ertakning birinchi bo`limini bolalik xotiralariga bag`ishlanganligi sababi nimada
bo`lishi mumkin? Asardagi:
―Buvimning har qissasi,
18
Umumiy o`rta ta‘lim maktablarining adabiyotdan o`quv dasturi. ―Ma‘rifat‖ 4,7,11-oktabr, 2007-yil.
45
Har bir qilgan hissasi.
Fikrimni tortar edi,
Havasim ortar edi.‖
Misralarida ko`zda tutilgan mazmun haqida o`ylab ko`ring. Bo`lajak shoirga
buvisining qaysi ishlari bu qadar kuchli ta‘sir ko`rsatganligini ayting.
Ertakdagi:
―Tinglar edim betinim,
Uzun yunlar yotib jim.
Seza olardim kuchin,
Ko`pi – yolg`on, ko`pi – chin‖
satrlariga e‘tibor bering. ‖Gap nima haqida ketayotganligini anglating va
shoirning shunday deyayotganligi sababini tushuntiring‖ kabi savol-
topshiriqlarni o`rtaga tashlashdan boshlanadi. Mazkur savol-topshiriqlar ustida
ishlanayotganda asarning birinchi bandini qayta o`qib berish ham mumkin.
―Oygul bilan Baxtiyor‖ – adabiy ertak. Uning birinchi bandidagi
tasvirlar esa ertak haqidagi hikoya. Lekin ayni vaqtda, ular – sal haqiqat
ifodalari. Unda tirik inson va uning bolalik tuyg`ulari, haayotidagi eng g`o`zal
davr ifodalangan. Shoirning holati ertakni tinglayotgan bolaning hozirgi vaziyati
bilan hamohang. Unda aytilayotgan ertaklarning deyarli barchasi o`quvchilarga
ham tanish. Aytiganlar ohangi bilan ham, mazmuni bilan ham o`quvchi
ko`ngliga xush yoqadi. Shuning uchun ertakning bu bandi kop o`qimasdanoq
o`quvchilarning xotirasiga bir umrga mixlanib qolishi aniq. Shu kabi badiiy
so`zlardan ta‘sirlangan, go`zallikka oshno bo`lgan qalb yomomliklarga qodir
bo`lolmaydi.
Bo`lajak shoirga buvisining aytgan ertaklari va ulardan chiqarib olgan
hissalari qanday ta‘sir qilgani, eshitganlarida fikrni tortgan, havasin orttirgan
narsalar uning taqdirida qanday rol o`ynaganini savol tariqasida o`quvchilarga
eslatib o`tgan ma‘qul. Buvisining ertaklarini tinglayotgan yosh shoir ularning
―ko`pi – yolg`on, ko`pi – chin‖ ekanini biladi. Mana shu yolg`on-u chinlarning
ta‘sir kuchi qanchalar baland ekanini ham his qiladi. So`zni his qilish, undan
46
ta‘sirlanish inson taqdiri uchun qanchalik ahamiyatli ekani o`qituvchi tomonidan
aytilgan ikki og‘iz gap orqali o`quvchilarning ―qulog‘iga tushib qolgani‖
foydadan holi bo`lmaydi.
Ba‘zi o`rinlarda savollarning mazmunini o`quvchi anglamay qolishi
mumkin. Shunda o`qituvchi ularni o`quvchilarning tiliga yaqinlashtirishi,
nisbatan jo`nlashtirishi ham mumkin.Toki savolda ko`tarilgan masala
o`quvchiga tushunarli bo`lsin. U savolga javob berishi uchun matnning qayeriga
qarashi, nimalarni eslashi lozimligini to`liq tasavvur qila olishi kerak. Shunda
o`quvchining javoblari asosli, salmoqli bo`ladi. Fikri qat‘iylashadi. Buning
uchun u matnni o`qituvchisi bilan birga ichdan o`qib, matnnning o`qituvchisi
ta‘kidlagan joylariga ma‘lum belgilarni qo`yib borishi talab qilinadi.
Ertak mazmuni yuzasidan taqdim etilgan: ―Asarda Darxon tilidan bayon
etilgan:
―Bosh ko`tardik, zulmdan,
Bo`lmoqchi edik ozod.
Lekin bu gal bo`lmadi,
Ammo tilak o`lmadi.‖
iqrori zamirida qanday ma‘noni angladingiz? Darxon o`ldi-ku, tilakning
o`lmagani nimani anglatadi?‖ singari savollar o`rtaga tashlanganda qul
Darxonning xon bilan to`qnashuvi sahnasi, uning xonga munosabati sabablarini
o`quvchilar matnga tayangan holda o`zlari tahlil qilganlari ma‘qul. Shunda ular
qo`zg`olonchilarning tilagi – zulmdan ozod bo`lish ekanligini, zulm, xorlik,
qashshoqlik bir kun shunday yakunlanishi aniq ekanini o`zlari kashf etadilar.
―Xon qovog`ini uydi, Bulutlar yomg`ir quydi” tasviri zamiridagi badiiy
ma‘noni topishga yo`naltirilgan o`quvchilar matnnning shu o`rniga murojaat
qiladilar. Xonning qovog`ini uyishi bilan osmonning yomg`irli holati o`rtasidagi
o`xshashlikni ularning biri bo`lmasa, biri topadi. O`qituvchi bu holat shoirning
mahorati ekanini bir og`iz so`z bilan bildirib qo`ygani ma‘qul.
Ozodlik sari Darxondek mard, dovyurak odamlar yo`l boshlaydilar.
Shunday odamning farzandi bo`lmish Oygulning taqdirga tan berib, xon
47
saroyida yashab qolishi mumkin emas edi. Dovyurak kishilarning do`stlari ham
ko`p bo`ladi. ―Qora kun‖da, g`amda insonlar bir-biriga yaqinlashadilar,
birlashadilar. G`am-alam nafaqat odamlarni, hatto hayvonlarni ham birlashtiradi.
O`quvchilar ertakdagi:
―Qaldirg`och qoshlaridan,
To`yib qarashlaridan.
Hayot sochilar edi,
Gullar ochilar edi‖
tarzidagi misralar ―Kim haqda ekanini va nima uchun shunday ifodalanganligini
o`ylab ko`ring‖ topshirig`ini bajarish uchun matndan shu o`rinni topgan
o`quvchilar uning Oygul haqida ekanini darrov anglaydilar. Uning shunday
qarashi, bu qarashlardan ―hayot sochilishi, gullar ochilishi” sababini ham
o`zlaricha topishga urinadilar. O`quvchilar bu bilan o`z ma‘naviy kamolotlarini
tezlashtirishda ishtirok etadilar.
Susambilga ketmoqchi bo`lgan jambilliklarga ―Oygul nazar tashladi,
Do'stlaringiz bilan baham: |