Boshqaruv personali (xizmatchilar) - odatda ko’proq aqliy mehnat bilan band
bo’lib, ishlab chiqarishda boshqaruvni amalga oshiradilar. Ular mehnat faoliyatining
asosiy mahsuli boshqaruv qarorlarini tayyorlash maqsadida tegishli hujjatlar,
ma’lumotlar to’plash, ularni umumlashtirish, tahlil etish, qarorlar loyihalarini
tayyorlash hamda rahbar tomonidan bu qaror qabul qilingandan so’ng uning ijrosini
amalga oshirish va nazorat qilishdir.
Boshqaruv personali ham ikki asosiy toifaga bo’linadi: rahbarlar va
mutaxassislar. Rahbarlarning mutaxassislardan asosiy farqi shundan iboratki, rahbarlar
qaror qabul qilish huquqiga ega bo’ladilar va ular o’zlariga bo’ysunuvchi xodimlarga
ega.
Boshqaruv ko’lamiga muvofiq boshqaruv barcha funktsiyalari uchun mas’ul
Do'stlaringiz bilan baham: |