― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

M

PQ

V



 

(Velocity)  –  ne‘matlarga  ayirboshlashdagi  pullar  aylanishlarining  o‘rtacha 

soni; P – (Price) – ushbu jamiyatda sotib olinadigan har qanday alohida tovarning 

o‘rtacha sotish narxi; Q – (Quantity) – tovarlarning jami xarid qilingan soni. 

Fisher  formulasi  oltin  tangali  standart  sharoitida  to‘g‘ri  bo‘lmaydi,  chunki  u 

pullarning  ichki  qiymatini  hisobga  olmaydi.  Biroq  oltinga  almashtirilmaydigan 




qog‘oz  pullar  muomala  qiladigan  sharoitda  u  muayyan  mazmun  kasb  etadi. 

Bunday sharoitda pul massasining o‘zgarishi, garchi I.Fisher tovarlar narxlarining 

mutloq  elastikligini  nazarda  tutib,  narx  mexanizmini  ma‘lum  ma‘noda 

ideallashtirsa-da,  lekin  tovarlar  narxlari  darajasiga  ta‘sir  ko‘rsatadi.  Boshqa 

neoklassiklar  kabi  Fisher  ham  mukammal  raqobatchilikka  asoslanadi  va  o‘z 

xulosalarini  monopoliyalar  hukmronlik  qiladigan  va  narxlar  oldingi  elastikligini 

jiddiy yo‘qotgan jamiyatga tegishli deb biladi. 

Ko‘pgina  hozirgi  iqtisodchilar  ayirboshlash  tenglamasini  bir  xillik,  ya‘ni 

MV=PQ  sifatida  tavsiflashadi.  Gap  shundaki,  bu  tenglama  D  –  T  ayirboshlash 

harakatini  tovarlarning  jami  massasiga  daxldor  deb  ifodalashga  urinadi,  ya‘ni 

tovarlar  sotib  olingan  pullar  summasi  sotib  olingan  tovarlar  narxlari  summasiga 

teng  (bir  xil).  Bu  tavtologiyadir  va  shuning  uchun  ayirboshlash  formulasi 

narxlarning umumiy (mutloq) darajasini izohlash uchun xizmat qila olmaydi. 

Miqdoriy  nazariya  tarafdorlarining  faraz  qilishicha,  ayirboshlash  formulasi 

mutloq  kattalikni  EQ

o

  ni  izohlaydi  (ayni  bir  vaqtda  talab  va  taklif  mexanizmi 



undan nisbiy tebranishlarni izohlaydi). 

I.Fisher  va  uning  izdoshlari  shunday  nuqtai  nazarga  amal  qilishgan.  Ular 

pullarning aylanish tezligi (V) va ishlab chiqarish darajasi (Q) muomalada yurgan 

pullar  miqdoriga  (M)  va  narxlar  darajasiga  (P)  bog‘liq  bo‘lmasligini  asoslashga 

urinishgan. Ular pullarning aylanishi tezligi avvalo demografik (aholining zichligi 

va  hokazo)  va  texnik  (transport  vositalarining  soni  va  sifati  va  hokazo) 

parametrlarga  bog‘liq  bo‘ladi,  deb  faraz  qilishgan.  Ishlab  chiqarish  darajasi  esa 

asosan  mehnat  bozorida  yuzaga  kelayotgan  shart-sharoitlar  bilan  belgilanib, 

narxlar darajasi va muomalada yurgan pullar soniga bog‘liq bo‘lmaydi. Shubhasiz, 

bozor xo‘jaligi hukmronlik qiladigan sharoitda bunday qoidalar yaqqol noreal tus 

kasb etadi. 

Qiymat  konuni  va  uning  muomala  doirasida  yuzaga  chikish  shakli  -  pul 

muomalasi  konuni  tovar-pul  munosabati  mavjud  bulgan  barcha  ijtimoiy 

formatsiyalarga xosdir. kiymat shakllari va pul muomalasi tarakkiyot yo‘lini taxlil 

kilayotib, KMarks pul muomalasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan momala 

vositasi  funktsiyasini  amalga  oshirish  uchun  kerak  bolgan  pul  miqdori 

aniklanadi.Metallik  pul  muomalasida  muomaladagi  pul  miqdori  stixiyali  tarzda, 

pullarning xazina funktsiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj 

kamaysa,  ortikcha  pullar  (oltin  tanga)  muomaladan  xazinaga    okib  o‘tishi 

kuzatilgan va aksincha. Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada 

ushlab  turilgan.  Keyinchalik  muomalaga  banknotalar  chiqarilishi  va  ularning 

metallar  (oltin  yoki  kumush)ga  erkin  almashinishi  muomalada  pulning  ortiqcha 

miqdori bo‘lishini inkor etadi. 

Agar  muomalada  oltinga  almashinmaydigan  banknotalar  yoki  qog‘oz  xar 

(xazina biletlari) amal qilsa, u xolda naqd pul muomalasi pul muomalasi konuniga 

asosan amalga oshadi. 

Qog‘oz  pullar  miqdori  muomala  uchun  kerak  bo‘lgan  oltin  pullarning  

miqdoriga  teng  bo‘lganda  pul  muomalasida  xech  kanday  salbiy  jarayonlar  yuz 

bermaydi.  Yuqorida  ko‘rsatilgan  talab  pulning  barqarorligini  ta‘minlaydi, 



shuningdek  pul  muomalasi  mavjud  bo‘lgan  barcha  ijtimoiy  formatsiyalarda  o‘z 

kuchiga ega. 

Pul  muomalasi  qonuni  muomaladagi  tovarlar  massasi,  ularning  narxi  va  pul 

muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi.  

Shunday qilib, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish 

rivoji  va  shart-sharoitlariga  bog‘lik  bo‘lgan  turli  xil  omillar  ta‘sir  ko‘rsatadi. 

Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ta‘sir ko‘rsatuvchi asosiy omil - bu 

tovarlar  va  xizmatlar  baxosi  xisoblanadi.  Pul  miqdori  tovarlar  va  xizmatlar 

bahosiga  tug‘ri  proportsional,  ya‘ni  tovarlar  va  xizmatlar  baxosining  oshishi 

muomalaga ko‘p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta‘sir qiluvchi ikkinchi 

omil - bu pulning aylanish tezligi xisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta‘sir 

ko‘rsatadi.  Odatda  pul  qanchalik  tez  aylansa,  muomala  uchun  zarur  bo‘lgan  pul 

mikdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha. 

Muomala  uchun  zarur  bo‘lgan  pul  miqdorini  boshqarishda  shu  muxim 

omillarga aloxida e‘tibor berilishi zarur. 

Muomala  uchun  zarur  bo‘lgan  pul  miqdorini  kamaytirish  uchun  quyidagi 

choralarni   amalga  oshirish   muximdir.  Bular:   iste‘mol  kreditni rivojlantirish; 

kreditga qanchalik ko‘p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak 

bo‘ladi; 

- naqd pulsiz xisob - kitoblarning rivojlanishi; 

- pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar. 

Xar  bir  jamiyat  pul  muomalasi  qonuni  talablarini  xisobga  olgan  xolda  ish 

yuritishi  zarur.  Chunki  pul  muomalasi  qonunining  buzilishi  pul  barqarorligiga 

putur  etkazadi.  Bu  xolda  muomalaga  chiqarilgan  pul  miqdori  muomaladagi 

tovarlar  baxosidan  oshib  ketishi,  ya‘ni  inflyatsiya  bo‘lishiga,  yoki  pul 

ocharchiligiga (etishmovchiligiga) olib kelishi mumkin. 

Xulosa  qilib  aytganda,  pul  muomalasini  ushlab  turish  shart-sharoitlari  va 

qonuniyatlari ikki omilning o‘zaro ta‘siri bilan, ya‘ni: 

Xo‘jalikning  pulga  bo‘lgan  ehtiyoji  va  amalda  pullarning  muomalaga  borib 

tushishi  bilan  belgilanadi.  Amaliyotda  ko‘proq  uchraydigan  hol  bu  oborotda 

xo‘jalikka  kerak  bo‘lganidan  ko‘proq  pulning  bo‘lishidir.  Bu  albatta,  pulning 

qadrsizlanishiga - pul biriligining xarid qobiliyatining tushushiga olib keladi. 




Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish