Federal zaxira tizimining norasmiy tuzilishi.
Federal rezerv Qonuni va boshka qonuniy xujjatldarni urgangan paytda biz
FZTning rasmiy tuzilishi va monetar siyosatga tegishli qarorlarni kim qabul
qilishini ko‘ramiz. Ammo qonunchilikdagi belgilangan faoliyat qarorlarni qabul
qilinish tartibi va xukmronlikni xakikiy bulinmasini tulik kursatmaydi.
FZT yaratuvchilari 1913 yilda bu tizim 12ta aloxida o`zaro aloqador markaziy
bnklarni birlashtiruvchi butunlay nomarkazlashgan tizim bulishi kerarkligi haqida
fikr berishgan. Boshlangich rejada FZT foiz stavkalarini boshqarib, pul massasini
nazoratini olib borishda iqtisodiyotni axvoliga umuman ma‘sul emasligi
belgilangandi. Keyinchalik FZT iqtisodni barqarorlashishiga javob bera boshladi
va u bilan o`zini yagona markaziy bank bo‘lib aylanishiga yordam berdi.
1913 yilda federal zaxira Qonuni mualliflari FZT monetar siyosatni
boshqarishda faqat bitta instrument ya‘ni FZTga kiruvchi banklarning diskont
ssudalarini boshqarish orqali ishlatadi. Ochiq bozordagi operatsiyalarni ishlatilishi
oxirgacha tushunasiz edi, chunki zaxira talablari Federal zaxira Qonuni bilan
mustaxkamlanardi. Diskont ssudalar federal zaxira banklari va Federal zaxira
Kengashi qarori bilan birgalikda berilardi, shuningdek ikkalasi ham monetar
siyosatni belgilashi mumkin. Ammo, kengashning diskont stavkani «tekshirib
tasdiqlash» qarori, shu siyosatni belgilashda viloyat banklari ustidan xukmronlik
qilishga huquq berardi.
Buyuk Depressiya davrida qaytadan tiklangan FZT boshqaruv Kengashining
markazlashgan hukmi qonuniylashgan edi. Monetar siyosatning 2ta instrumenti
tasarrufiga o`tdi, - ochiq bozordagi operatsiyalar va zaxira talablarining
o`zgartirilishi. 1933 yildagi Bank tizimi haqidagi Qonun FOMCga ochiq bozorni
boshqarish imkonini, 1935 yildagi bank tizimi haqidagi qonun esa boshqaruv
kengashiga FOMCdagi ko`proq ovoz berishni va zaxira talablarini o`zgartirishga
huquq berdi. 1930 yillardan boshlab FZT boshqaruv kengashi tasarrufiga monetar
siyosatning barcha instrumentlari kirdi. So`nggi yillarda uning xukmi o‘sib bordi.
Kengash qarori bilan direktorlar federal zaxira banklari prezidentlari tayinlansada,
ko`pincha amaliyotda kengash viloyat banklari direktorlariga o‘z nomzodlarini
(iqtisodchilarni) bank prezident lavozimiga taklif etadilar va direktorlar ham shu
taklif bilan qo`shiladilar. Bank prezidentining okladini belgilaganda vahxar bir
bank byudjetini tekshirganda boshqaruv Kengashi qo‘shimcha ravishda viloyat
banklari faoliyatiga ham ta‘sir qiladi.
Agar boshqaruv Kengashining hukmi shunday bo`lsa u xolda Federal
konsultativ kengash va FZB egalari FZT tasarufidagi banklar amaliyotda qanday
huquqlarga ega? Umuman xech qanday. FZT ishtirokchi banklari FZB aksiyalari
egalari bo`lsa ham ular uz mulkidan xech qanday foyda ko`rmaydilar. Birinchidan
ular, FZT kancha daromad olganiga qaramasdan yiliga 6%dan ko‘p bo`lmagan
dividentga ega. Ikkinchidan ular xususiy korporatsiya aksionerlaridan ko‘ra FZTda
mulki qanday ishlatilishiga ta‘sir qilmaydilar. Uchinchidan odatda o`ta direktorlik
joyiga faqat 1tadan nomzod bank ishtirokchilar tomonidan qo‘yiladi, va shu
nomzodni ko`pincha FZB prezidenti tayinlaydi(uz navbatda boshqaruv Kengashi
bilan tasdiqlangan). Natijada FZT bank ishtirokchilari ko`pincha siyosiy
vaziyatdan chetlashtirilib real voqealarga kamdan kam ta‘sir kursatadilar.
Turtinchidan, Federal konsultativ kengashi uz nomidan kelib chiqib faqat maslahat
berish imkoniga ega va FZT real faoliyatini boshqara ololmaydi. Ammo,FZT bank
ishtirokchilari o`z mablag`iga hukmdor bo`la olmasligiga qaramasdan ular FZTda
asosiy ko`rimsizgina bo`lsada o`rin egallaydilar.
Federal zaxira tizimi Bank ishtirokchilarning o`rni.
FZT bank ishtirokchilari FZB aksionerlari bo`lsa ham FZTga to`g`ridan
to`g`ri faoliyatiga ta‘sir etmay asosiy urini egallaydilar. Direktorlar kengashida
ularning 6ta vakolatchilari xar bir FZBda nazorat funksiyasini olib boradilar.
Qolgan 3ta direktorlar bilan ular FZB audit faoliyatini nazorat qiladilar. Diskont
stavkani o`zgarishi bo`yicha takliflarga ovoz berish yo‘li bilan, monetar siyosatni
munozarasida ishtirok etishadi va xususiy sektorning vakili sifatida prezident va
bank direktorlariga o`z fikrlarini bildirishadi. SHuningdek ular FZBning ishini
ichidan ham urganishadi. Shuning uchun ular Federal zaxiradagi vaziyatni xususiy
sektor vakillari va siyosatchilarga tushuntirib berishlari mumkin.
Umuman olganda federal zaxira bank egalari ovozga ega bo`lmasa ham, ular
Federal zaxirada xususiy sektor talabi va xoxishlari bilan aloqani ushlab turishda
muxim o`rin egallaydilar.
FZTni hozirgi vaziyatda Vashingtondagi shtab kvartiraga va 12ta shaxarda
filialarga ega markaziy bank deb ta‘riflash joiz (Kolumbiya federal okrugi).
Agarda FZTni barcha faoliyat turlarini amalda Kengash boshqarsa, Kengashni kim
boshqaradi? Boshqaruv Kengash Raisi qonun bo`yicha uning faoliyatini nazorat
qilish vazifasi yuklatilmagan bo`lsa ham shu ishni FZT nomidan Kongress eki
AQSH prezidentiga takdim etadi. SHunindek boshqaruv Kengashi va FOMC
majlislarini kun tartibini belgilab beradi. Masalan, FOMC majlislarida Kengash
raisi monetar siyosat masalasi bo`yicha birinchi bo‘lib so`z boshlashi, unga
konkret yo`nalishlariga ko`proq ta‘sir kursatilishi huquqi beriladi. Boshqaruv
Kengashi raisining o`rni uni tashki kurinishi va shaxsiy sifatlari ham rol uynaydi.
Kengash raislari doimo qo‘yilgan maqsadga erishuvchi kuchli sifatlarga ega
shaxslar bo‘lib xisoblanganlar.
Boshqaruv Kengash raisining faoliyati mutaxassis maslaxatchilar va
iqtisodchilardan tashkil qilingan katta shtat ushlab qo‘llab quvvatlaydi. Kengash
uchun ma‘lumot tuplab va uning uz echimlarini ishlab chikishdagi analitik
tadkikotlarini olib borish bilan birgalikda, olimlar shu bilan birga monetar
siyosatga ham ayrim ta‘sirni kursatadilar. Bundan tashqari boshqaruv
Kengashining ayrim ishtirokchilari oldin mutaxassis maslaxatchilardir, shuning
uchun raisning ta‘siri kuchayadi va 4yillik muddatdan ko`proqa chuzilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |