Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro
’yxati.
1. Burxonova X.K., Murodov M.M. Mikrobiologiya. Toshkent,
«O
’qituvchi», 1975.
2. Vahobov A., Inog
’omova M. Mikrobiologiya. UzMU. Toshkent, 2000.
3. Bakulina N.A. i dr. Mikrobiologiya. Toshkent. Meditsina, 1979.
4. Mustakimov G.D. O
’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari.
«O
’qituvchi». T. 1995.
5. Rabotnova I.L. Obshaya mikrobiologiya. M. Vssh. shkola, 1966.
6. Fedorov M.V. Mikrobiologiya. Toshkent. «O
’qituvchi», 1966.
7. Inogomova M. Mikrobiologiya va virusologiya asoslari. Toshkent, 1983.
V I R US L A R (2s)
REJA:
1. Viruslarning ochilish tarixi.
2. Viruslarning umumiy harakteristikasi.
3. Viruslarning rivojlanishi.
4. Viruslarning klassifikatsiyasi.
5. O
’simliklarning virusli kasalliklari.
Odam, hayvon va o
’simliklarda ma’lum bo’lgan ko’pchilik kasalliklarning
qo
’zg’atuvchilari oddiy mikroskopda ko’rinmaydi. Shuning uchun L. Paster
bunday kasalliklarga bakteriyalardan bir necha yuz marta kichik bo
’lgan ma’lum
mikroorganizmlar sababchi bo
’ladi deb taxmin qilgan edi. N. F. Gamaleya (1886)
bilan D. I. Ivanovskiylarning (1892) ilmiy ishlari o
’simlik va hayvonlardagi
viruslarni o
’rganishga asos solgan bo’lsa, sovet olimlari virusli kasalliklarni
o
’rganish sohasida katta va samarali ish qildilar. Hozirgi paytda hayvon, odam va
o
’simliklarning yuqumli kasalliklarini qo’zg’atuvchi viruslarning 600 dan ortiq
turi ma
’lum.
Viruslarning umumiy harakteristikasi: viruslar asosan maxsus filtrdan
o
’tuvchi mikroblar klassiga kiradi va ular uchun qo’yidagi xususiyatlar hosdir:
1. Juda ham kichik bo
’lib, (7—20 mμ dan — 250—300 mμ gacha) oddiy
mikroskopda ko
’rinmaydi.
2. Fil
’trlanish, ya’ni bakteriyalarni to’tib qoladigan filtrlardan bemalol
o
’tadi.
3. Sun
’iy oziq muhitida rivojlanmaydi.
4. Parazit (tirik to
’qima hujayrasida rivojlanadi va o’zida moddalar
almashinuvi bo
’lmaydi).
5. Tovuq embrionida va rivojlanuvchi to
’qimali kulturalarda rivojlanadi.
Viruslarning tayoqchasimon, sharsimon, kubsimon, spermatozoidsimon va
ipsimon shakli elektron mikroskop va ultramikrotom yordamida yaqqol ko
’rinadi,
lekin tashqi ta
’sirotda ularning shakli o’zgaradi.
Elementar zarrachalar. Maxsus bo
’yash usullari bilan ayrim viruslarni
oddiy mikroskopda ko
’rish mumkin. Bunday viruslarga elementar zarrachalar
yoki tanachalar deyiladi. Masalan, tovuqlar chechak kasalligining Borrel
tanachasi, odam chechak kasalligining Guarnieri tanachasi, Pashen tanachasi va
boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ushbu zarrachalarni ko
’rish uchun surtma
preparat tayyorlanib, Romanovskiy
— Gimza yoki Gertsberg usullari bilan
bo
’yaladi va mikroskop ostida immersion sistema, bilan tekshirganda ular qora,
tuqbiiafsha yoki kung
’ir rangli koqklarga o’xshash ko’rinib, yakka-yakka yoki
to
’p-to’p holatda joylashgan bo’ladilar.
Turli viruslar batafsil o
’rganilgandan so’ng, ularning murakkab
to
’zilganligi aniqlandi. Juda ham kichik bo’lishiga qaramay, har qaysi virus
zarrachasi tashqi tomondan ichki moddalarini saqlab turadigan parda bilan
o
’ralgandir. Viruslar asosan nukleoproteidlardan tuzilgan bo’lib, tarkibida
oqsillarning karbon suvlari va yoglari bo
’ladi. Nukleproteidlar tarkibida nuklein
kislotalarinnng bo
’lishi, viruslarda uzak moddasining borligidan dalolat beradi.
Keyingi paytlarda ayrim viruslarda ferment borligi aniqlangan. Masalan, gripp
virusida neyroamilidaza, chuchqalarnnng inflyuentsiya kasalligida mutsinaza va
boshqalar bo
’ladi.
Viruslarning rivojlanishi. Viruslar sun
’iy oziq muhitida rivojlanmaydi.
Ularni tovuq embrionida rivojlanuvchi to
’qima kulturalarida va sezgi, ya’ni
virusga moyil organizmda rivojlantirish mumkin. Buning uchun 8
—12 kunlik
tovuq embrioni olinadi, virus uning xoriollantiois pardasiga allantiois va amnion
bo
’shliqlariga hamda tuxum sarigi xaltachasiga yuboriladi. Virusning sezgir
hujayraga ta
’siri 5 davrga bo’linadi: 1. Adsorbtsiya, bunda virus zarrachalari
hujayra po
’stlogiga shimiladi. 2. Hujayra ichiga kiradi. 3. Virus zarrachasining
asosiy qismlari sintezlanadi. 4. Bir bo
’tun virus zarrachasi tashkil qilinadi. 5.
Hosil bo
’lgan viruslarning zarrachalari hujayradan ajralib chiqadi. Ko’pchilik
kasallik qo
’zg’atuvchi viruslar tovuq embrionida rivojlantirilib, ulardan itlarning
o
’latiga, tovuqlarning nyukasl kasalligiga, odam va parrandalarning chechak,
qoramollarning o
’lat kasalliklari va boshqalarga vaktsinalar tayyorlanadi.
Viruslarni rivojlantirish uchun ikki xil to
’qima kulturasi qo’llaniladi: 1.
Tirik
— rivojlanmaydigan to’qima kulturasi, bunda moddalar almashinish
protsessi bo
’ladi, hujayralar o’sib ko’paymaydi. Bunday muhitlar asosan
viruslarni
rivojlantirib,
ulardan
vaktsina
tayyorlashda
qo
’llaniladi. 2.
Rivojlanuvchi to
’qimalar kulturasi. Bulardan eng muhimi bir qavatli to’qima hosil
qiluvchi kulturadir: hayvon embrioni yangi tug
’ilgan buzoq, ko’zi, cho’chqa
bolasining buyragi va 8
—10 kunlik tovuq embrionining teri-muskul to’qimasi 1—
2 mm dan qilib maydalanib, ularga tripsin, versen kabi ferment ta
’sir etganda
alohida hujayralarga ajraladi. Ajralgan hujayralarni ma
’lum miqdorda maxsus
muhitga aralashtirib neytral reaktsiyali probirkalarga qo
’yilsa, hujayralar shisha
devoriga yopishib, asta-sekin rivojlana boshlaydi va natijada bir qavatli to
’qima
hosil bo
’ladi. Bu to’qima birinchi hosil bo’lgan bir qavatli to’qima kulturasi
deyiladi. Bundan tashqari, ushbu to
’qimadan tayyorlangan subkultura (har qanday
birinchi hosil bo
’lgan bir qavatli to’qima kulturasidan 4—5, ayrim vaqtlarda 20
martagacha ko
’chirilib, yangi bir qavatli to’qima hosil qiluvchi kultura), uzluksiz
kuchiriluvchi bir qavatli to
’qima kulturasi (bu ma’lum sharoitda va maxsus
muhitda tanlangan hujayralardan hosil qilingan bir qavatli to
’qimani uzluksiz
ko
’chirib ekib olinadi) va diploidli to’qima (buni tayyorlashda tarkibida bir juft
xromosomalari bo
’lgan hujayralar qatnashadi, bunday to’qimani 50 martagacha
ko
’chirib ekish mumkin) hosil qilinadi.
To
’qimali kulturalarda viruslarning titri, neytrallanishi, tsitopatogenli
ta
’siroti o’rganiladi va ayrim kasalliklarga qarshi vaktsinalar tayyorlanadi.
Viruslar bakteriyalarga o
’xshash antigenlik xususiyatiga ega. Shuning
uchun virusli infektsiyalardan keyin kasallikdan tuzalgan organizmda virusni
neytrallovchi modda (antitelo) to
’planadi va natijada organizm immunitetli
bo
’ladi.
Viruslarning chidamliligi. Barcha viruslar past temperaturaga chidamli
bo
’ladi —20—70° sovukda viruslar yillab ulmaydi. Yuqori temperaturaga juda
ham sezgir bo
’ladi, ayniqsa qaynatilganda darhol halok bo’ladi. Qo’yosh nuri va
dizenfektsiyalovchi moddalardan formalin, xloramin, lizol, fenol va boshqa
eritmalar viruslarni o
’ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |