14-§. Amerika Qo‘shma Shtatlarining
tashkil topishi
Shimoliy Amerika. Buyuk Britaniyaning mustamlakasi
bo‘lgan Shimoliy Amerikada XVIII asrning o ‘rtalaridan
boshlab yagona ichki bozor shakllana boshladi, savdo
aloqalari rivojlandi. Ayni paytda Amerikaga yevropaliklarning
ко‘chib kelishi boshlangan davrdan keyingi ikki asr davomida
ко‘chib kelganlarning yagona tarixiy taqdiri ham yuzaga keldi.
Chunonchi, ingliz tili umumiy tilga aylandi. Yevropadan ko‘-
chib kelganlar endi o‘zlarini «amerikalik» deb atay boshla-
dilar. Amerikaliklarning o‘ziga xos turmush tarzi ham shakl-
landi. Hududning umumiyligi, mustamlakalarning iqtisodiy
va x o ‘jalik m anfaatlari, til va dinning yagonaligi yangi
xalq — amerika xalqining shakllanishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |