Ichki ziddiyatlik tamoyili. Lisoniy birlikning umumiy lisoniy ma’nosi ontologik ziddiyatli,
qarama-qarshilikli – turli tabiatli tomonlarning birlashidan iborat bo‘lgan dialektik butunlik. U
hamisha serqirra.
Ko‘p qatorlilik tamoyili. Lisoniy birlik ontologik ziddiyatli tabiati asosida boshqa lisoniy
birliklar bilan bir necha oppozitiv qatorga (munocabatlarga) – har bir qirrasi bilan alohida-alohida
siralarga – paradigmalarga kiradi. Shuning uchun uning umumiy lisoniy ma’nosi bir necha
oppozitiv siralardagi (paradigmalardagi) farqlanuvchi belgilarining yig‘indisi, mohiyatiga ega
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |