Mantiqiy mushohada uchun
“www.wikipedia.ru” va boshqa saytlardan devalvatsiya, villa, sement, astronomiya, astrologiya,
etnografiya, etnologiya, virus, gepatit, veteran, valyuta, margarin, kilo so‘zlarining etimologik ma’nolarini
topib, ularning o‘zbek tilidagi qo‘llanishida qanday ma’noviy taraqqiyot yuz berganligini aniqlang.
Kasb-hunarga oid leksemalar – turli kasb-hunar egasi nutqida
qo‘llanuvchi birliklardir. Kasb-hunar atamasi shu hunar egasi qaysi shеva
vakili bo‘lsa, shu shеva lеksikasi tarkibiga kiradi. Masalan, Shahrisabz
shеvasiga mansub hunarmand ishlatadigan leksemalar Buxoro shеvasida
bo‘lmasligi mumkin. Kasb-hunarga oid leksemalar, birinchidan, ma’lum bir
shеva doirasida bo‘lsa, ikkinchidan, shu shеvada so‘zlashuvchi ayrim kishi
nutqiga xos.
Do'stlaringiz bilan baham: |