Ma’ruza matnlari


Б.Г.Кузнецов. Эйнштейн: Жизнь. Смерть и бессмертие. – М.: Наука, 1980



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/234
Sana31.12.2021
Hajmi1,55 Mb.
#255397
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   234
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

Б.Г.Кузнецов. Эйнштейн: Жизнь. Смерть и бессмертие. – М.: Наука, 1980. 
 
 
 
Mantiqiy mushohada uchun 
1.Borliqdagi bir holat (harorat) tilda nega ikki (issiq va sovuq) ga bo‘linadi?  
2.Issiq va sovuq so‘zlarining ziddiyati obyektivmi yoki subyektiv? 
3.Qorong‘ulik  va  yorug‘liq  so‘zlarining  izohini  lug‘atdan  kuzatib,  qiyoslang  va  talaba 
Eynshteyn fikriga munosabat bildiring. 
 
 
3.  Semema  va  tushunchamunosabati.  Lisoniy  mohiyat  sifatida 
sememaning  mantiqiy  kategoriya  bo‘lgan  tushunchaga  munosabati  masalasi 
murakkab.  Bunda,  birinchidan,  semema  birlamchimi  yoki  tushuncha, 
ikkinchidan,  semema  tushunchada  qay  tarzda  aks  etadi  degan  munozarada 
ko‘zga  tashlanadi.  Tilshunoslikda  sememaga  munosabatda  ikki  yo‘nalishni 
farqlash lozim bo‘ladi: 
a) ichdan yondashuv (ya’ni sememadan leksemaga); 
b) sirtdan yondashuv (ya’ni leksemadan sememaga). 
O‘zbek  tilshunosligida  semema  va  tushuncha  munosabati  turlicha  talqin 
qilinadi.  Masalan,  ayrim  mutaxassislar  semema,  ko‘pincha,  ongimizdagi 
ma’lum  bir  tushuncha  bilan  bog‘liq  bo‘ladi,  deb  hisoblaydi.  Tushuncha  ong, 


Ma’ruza matnlari.  
 
103 
mantiq  birligi,  semema  esa,  tilga,  leksemaga  xos  birlik.  Кo‘p  hollarda  bir 
semema bir necha tushunchani o‘z ichiga oladi. Jumladan, o‘rik leksemasining 
sememasi quyidagi tushunchalarda namoyon bo‘ladi: 
a)  ho‘l mevaning bir turi; 
b)  shu mevaning quritilgani; 
d)  shu mevani beradigan daraxt.  
Shunga  ko‘ra,  tushuncha  va  semema  o‘zaro  hamma  vaqt  ham  mos 
kelavermaydi.  Bu  hodisa,  ayniqsa,  ma’nodosh  leksemalarda  yaqqol  ko‘zga 
tashlanadi.  Кo‘rinadiki,  lingvistik  belgilardagi  asimmetriya  (nomutanosiblik) 
hodisasi  semema  va  tushuncha  munosabatida  ham  ko‘rinadi.  Buni  chizmada 
quyidagicha berish mumkin (18-jadval): 
18-jadval 
 
SEMEMA 
Tushuncha 
Tushuncha 
Tushuncha 
 
TUSHUNCHA 
Semema 
Semema 
Semema 
 
Bunda ayrim e’tirozli jihatlar mavjud. 
Birinchidan,  semema  ko‘pincha  emas,  balki  har  doim  ham  ongdagi 
tushuncha  bilan  bog‘langan.  Semema  tushunchaning  ifodasidir.  Olimlar 
tavsifda  ko‘pincha  so‘zini  qo‘llashda  sememaning  har  doim  ham  ma’lum  bir 
tushuncha  bilan  bog‘lanavermasligini  nazarda  tutadi.  Ularning  bu  fikri 
quyidagicha  ifodalanadi:  «Shuni  ham  aytish  kerakki,  yordamchi  leksema 
sememalarida  tushuncha  bilan  bog‘lanish  yo‘q.  Chunki,  yordamchi  leksema, 
aytilganidek,  qo‘shimcha  va  leksema  ziddiyatida  oraliq  uchinchi  vazifasini 
o‘taydi.  Ular  shaklan  leksema,  mazmuni  (vazifasi),  sememasiga  ko‘ra  esa 
qo‘shimcha»  (H.Ne’matov,  R.Rasulov.  O‘zbek  tilining  sistem  leksikologiyasi 
asoslari.  57-bet).  Biroq    yordamchi  leksemalar  morfema  va  mustaqil 
leksemalar  ziddiyatida  oraliq  uchinchi  vazifasini  o‘tar  ekan,  ular  nomustaqil 
leksemalar sifatida shaklan mustaqil leksemaga uyg‘un. Mazmun mundarijasi 
asosida grammatik morfema bilan bir qatorda turadi. Shu boisdan yordamchi 
leksemalar  mazmun  mundarijasini  semema  emas,  balki  grammatik  ma’no 
deyish maqsadga muvofiq.  
Yordamchi leksema ma’nosi bilan qo‘shimchaga yaqinlashsa, nomemaga 
egaligi  asosida  leksema  bilan  uyg‘unlashadi.  Bundan  kelib  chiqqan  holda 
aytish mumkinki, ma’lum bir hodisa, masalan, leksema ta’riflanar ekan, ta’rif 
ta’riflanayotgan hodisalarni to‘liq qamrab olmasligini e’tiborga olish lozim. 
Dialektikada  ham  hodisalarga  berilgan  har  qanday  ta’rif  mutlaq 
bo‘lmasligi,  unda,  baribir,  ayrim  hodisalar  “ta’rifga  sig‘may  qolishi” 
ta’kidlanadi.  
Birnechatushunchanio‘zidamujassamlashtirganleksemaningmazmunmun
darijasimurakkabtabiatliligibilanxarakterlanadi. 


Ma’ruza matnlari.  
 
104 
 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish