Kondensatorlar izolatsiyasining qarshiligi adsorbsiya toki va
namlikning sirtdagi dissotsiatsiyasi oqibatida paydo bo‘ladigan
sizilish toklari bilan belgilanadi. Izolatsiya qarshiligi temperatura
va atrof-muhitning namligiga bog‘liq, shuning uchun uni va
kondensatorning barqaror ishlashini oshirish uchun ular ger-
metik qilib ishlanadi. Keramik, sludali va yupqa pardali konden-
satorlarning izolatsiya qarshiligi 10
4
10
5
MOm, qog‘ozli va
metall-qog‘ozlilarniki 10
7
10
8
MOm ni tashkil etadi. Elektrolitik
kondensatorlarda sizilish toklari ancha yuqori (milliamperning
ulushi) bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |