Kondensatorlarning elektrga chidamliligi nominal va sinov
kuchlanishi, shuningdek, haddan tashqari kuchlanish bilan
tavsiflanadi. Kondensator texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan sha-
roitda, minimal ishlash muddatida mumkin bo‘lgan maksimal
kuchlanish, nominal kuchlanish hisoblanadi. Sinov kuchlanishi
nominaldan yuqori bo‘lib, kondensatorning elektrga chidamlili-
gini tekshirishga xizmat qiladi. Haddan tashqari kuchlanish ham
nominaldan katta bo‘lib, uni kondensatorning chiqish simlariga
qisqa muddatga berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |