80
Hozirgi paytda o‘zida boy tarixiy-madaniy merosga, noyob tabiiy salohiyatga ega bo‘lgan
mintaqalar uchun hududning tabiiy va tarixiy-madaniy yodgorliklarini, turizmga xizmat ko‘rsatuvchi
korxonalarni va turizm yo‘nalishlarini hisobga olish, turistlar oqimini tahlil qilish,
hududning
rivojlashini rejalashtirish va boshqa vazifalarni yechishga yordam beruvchi keng profildagi amaliy
geoaxborot tizimini shakllantirish zarur bo‘lmoqda. Shunday ekan, bu sohani turizmda qo’llay olish
bilimini o’zlashtirish bizning oldimizda turgan ustuvor vazifalardan biri bo’lib hioblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 222-sonli “2010 - 2020 yillarda nomoddiy
madaniy meros obyeklarini muhofaza qilish, asrash, targ’ib qilish va ulardan foydalanish davlat
dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi qarori [1] qabul qilingan bo’lib, unga ko’ra davlat dasturi ishlab
chiqilgan va nomoddiy madaniy meroslar masalasi davlat siyosati darajasida ko’tarilgan
hisoblanadi. Davlat dasturida nomoddiy meroslar ro’yxatiga folklor ham kiritilgan bo’lib, uning
turizmdagi ahamiyatini ko’rib chiqamiz.
Dasturning maqsadi yosh avlod ongida
ajdodlarimizdan meros qolgan, hozirgi kungacha yetib
kelmagan yoki unutilgan madaniy merosimizni qayta tiklash va ularga bo’lgan hurmatni uyg’otish
asosiy ahamiyat kasb etadi. Bu sa’y-harakatlar nafaqat mahalliy aholi orasida madaniyatni targ’ib
qiladi, balki xorijlik sayyohlar oqimini oshishiga ham sababchi bo’ladi.
Shuningdek, 2016 yil 2 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 4861-sonli
“O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari
to’g’risida”gi farmoni mamlakatimiz turizm industriyasida tub burilish yasagan asosiy hujjatlardan
biri bo’ldi. Shu asosda mamlakatimiz sayyohlik sanoatida qator islohotlar amalga oshirilishi
boshlandi. [2] Jumladan, “2017-2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyati turizm salohiyatini
jadal rivojlantirish” dasturida turizm infratuzilmalarini qurish, turistlarning kechki bo’sh
vaqtini
mazmunli o’tkazish uchun sharoitlar yaratish yo’nalishlarida milliy hunarmandchilikni rivojlantirish
uchun bir necha tadbirlar ko’zda tutilib, Buxoroning tarixiy qismida,“Shahriston” bozori hududida o’z
ichiga an’anaviy hunarmandchilik ustaxonalaridan iborat ikki qavatli uylar, milliy suvenir
mahsulotlari, zardo’zlik mahsulotlari, chop etilgan mahsulotlar, meva va sabzavotlar, shirinliklar va
boshqa turistlar uchun qiziqarli mahsulotlar sotiladigan do’konlar, ikki qavatli hunarmandlar dahasini
va yopiq bozorini qurish maqsad qilib belgilab olindi.
O’zbekistonda turli millat vakillari istiqomat qiladi. Ular har birining o’ziga xos turmush tarzi,
milliy an’analari, qadriyatlari shu jumladan, hunarmandchiligi bilan farqlanadi.
Ovqatlanish madaniyatini misol sifatida keltiradigan bo’lsak, mehmonlarni kutib olish, kattalar va
kichiklarning o’tirishi,
choy quyib berish tartibi, taom pishirish jarayoni, turlari, uni tortiq qilish
madaniyati, dasturxon ustida duo o’qilishi, dasturxon atrofida mehmonlarning milliy liboslarda
o’tirishi sayyohlar orasida alohida qiziqish uyg’otadi.
Bundan tashqari, o’zining qadimiy, milliy va qadrli bo’lgan marosimi sifatida to’ylar o’tkaziladi.
Ayniqsa, bu marosimlar fasllarga bog’liq hisoblanadi, ya’ni qishki mavsumda o’tkaziladigan
ziyofatlar,
bahorgi tantanali marosimlar, Navro’z, “Buxoro shahri kuni” festivali, Qovun sayli,
Mehrjon, “O’zbek shoyisi – jahon nazdida” nomli moda namoyishlari, “Buxoro hunarmandlari”,
“Sharq taomlari”, “Nasriddin Afandi”, “Ipak va ziravorlar” kabi festivallar yuqorida keltirilgan
islohotlarning amaliy yechimi sifatida namoyon bo’ladi. Bunga o’xshash ko’plab tadbirlar boy o’zbek
xalqimiz hozirgi kunda o’z milliyligini jahonga ko’rsatishni yangicha yo’nalishi sifatida turistlarda
qo’llash orqali amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: