Iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishda iqtisodiy ta'lim tarbiyaning tarixiy ildizlari islom dini qoidalalari, buyuk ajdodlarimizdan meros bo'lib qolgan o'lmas asarlar bizga bebaho manba bo'lib xizmat qiladi
Bog'liq Iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishda iqtisodiy ta
Iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishda iqtisodiy ta'lim tarbiyaning tarixiy ildizlari islom dini qoidalalari, buyuk ajdodlarimizdan meros bo'lib qolgan o'lmas asarlar bizga bebaho manba bo'lib xizmat qiladi. Islom ta'limotidagi iqtisodiy g'oyalarning bayon etilishi, muqaddas kitob Qur'oni Karimda kishilik jamiyatining faoliyat turlaridan biri iqtisodiyot sohasidagi munosabatlar muhim o'rin tutadi. Chunki, iqtisodiy munosabatlarda insonlarning asosiy fe'l atvorlari namoyon bo'ladi. Qur'oni Karim insonlarga ilohiy farmoyish sifatida zamindagi barcha insonlar tengligi aytiladi.
Islomiy moliya tarmog'i bugungi kunda jahonda jadal rivojlanib borayotgan va innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini o'zida jamlagan sohalardan biri hisoblanadi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, islomiy moliya muassasalari yalpi aktivlari miqdori 2,5 trillion AQSH dollarini tashkil etadi va yiliga 15-20%ga o'sib bormoqda1. Aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat bo'lgan davlatlar uchun ushbu tarmoqni rivojlantirish, ayniqsa, dolzarb hisoblanadi.
Muhtaram yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev Islom moliyasi haqida shunaday fikr bildirganlar «Islom olami ulkan iqtisodiy, investision salohiyat, energetika resurslariga ega. Ulardan to'g'ri foydalanish, Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning xalqaro savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investision hamkorligini kengaytirish, mamlakatlarimizni birlashtiradigan transport yo'llarini tashkil etish yuksak iqtisodiy taraqqiyot ko'rsatkichlariga erishish imkonini beradi va bu pirovard natijada boshqa barcha sohalarning rivojlanishida asos bo'lib xizmat qiladi»2
Shuni aytib o'tish joizki, musulmon davlatlarida faoliyat olib borayotgan islomiy moliyalashtirishga asoslangan mavjud banklar, investisiya fondlari va kompaniyalar mablag'larini O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xususiy sektorni qo'llab quvvatlash maqsadida jalb etish ayni muddaodir. Buning uchun albatta milliy bank tizimiga yangicha yondashuv bo'lishi lozim, ya'ni an'anaviy moliyalashtirish mexanizmlari bilan bir qatorda sherikchilikka asoslangan moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish masalasi tadqiq etilishi muhim va dolzarb hisoblanadi.
Islom moliyasi tarixiga nazar soladigan bo'lsak, Islom dini Payg'ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam orqali insoniyatga keldi va nisbatan qisqa muddatlarda Makka hamda Madina shaharlarida keng tarqaldi. Islomga qadar bu shaharlar mahalliy tadbirkorlik, davlatlar va elatlararo savdo munosabatlari orqali gullab yashnagan. Bu davrda riboga asoslangan moliyalashtirishlar amaliyoti moliyaviy ehtiyojlarni qondirishning asosiy manbai hisoblangan. Makkalik tadbirkorlar va Madinalik dehqonlar o'zlarining moliyaviy ehtiyojlarini faqatgina foizli moliyalashtirish orqali qondirishgan. Islom nozil qilingandan so'ng bu shaharlarning moliyaviy tuzilishlarida sezilarli o'zgarishlar yuz bera boshladi. Jumladan, ribo bilan shug'ullanishni, ma'lum mahsulotlar iste'moli va savdosini ta'qiqlovchi Qur'on oyatlari Islom moliyasiga asos bo'lib xizmat qildi. Natijada, ushbu tamoyillar Makka va Madinada muvaffaqiyatli qo'llanilib, asrlar davomida dunyoning boshqa davlatlarida ham keng tarqaldi. Payg'ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida markaziy Islom xazinasi bo'lgan Baytul-molni tashkil etilganligi Islom moliyasi tizimining rivojlanishi aynan shu davrdan boshlanganligidan dalolat beradi. Zakot, Ushr, Xaroj, Jizya, bojxona to'lovlari,
1 islommoliyasi.uz
2 E.A. Baydaulet. "Islom moliya asoslari", "O'zbekiston" Toshkent 2019y.
ixtiyoriy xayr-ehsonlar, urushlarda qo'lga kiritilgan o'ljalar va boshqa shu kabi daromad va kirimlar Baytul-molning asosiy manbai hisoblangan3.
Baytul-molni tashkil etilishidan tashqari, Islomning ilk davrlarida yo'l cheklari mavjud bo'lganligi tarixiy dalillar bilan tasdiqlangan. Masalan, Ibn Abbos r.a. Voriqni (dirhamlarga zarb qilingan kumush) qabul qilib olib, Kufaga (Iroqdagi shahar) tasdiqnoma yuborardi. Yana bir misol, Abdulloh ibn Zubayr r.a. Makkada omonatchilardan naqd pul qabul qilib olar va Iroqdagi ukasiga xat yozib, omonatchilar Iroqqa yetib borganida ularga omonatini berishini buyurardi4. Yuqoridagilar Islom moliyasining milodiy 650 yildan 750 yilgacha bo'lgan davrdagi qisqacha tarixi deyish mumkin. (Milodiy 750 - 1900 yillar).
Ushbu davrda Rim, Tunis, Turkiya, Hindiston va Sumatra mintaqalarida mahalliy va xalqaro savdo sohasida katta o'zgarishlar kuzatildi, turli savdo va moliya amaliyotlari qo'llanildi. Ushbu amaliyotlarning aksariyati Mushoraka (foyda va zararni taqsimlash) asosida amalga oshirildi. Bundan tashqari, sukuk, Suftaja (qarz olgani to'g'risida tilxat), Bay al-Vafo va Bay al-Nuqud kabi moliyaviy vositalar ham amaliyotda keng qo'llanildi.
XIX asr oxiri - XX asr boshlariga kelib foizga asoslangan bank tizimining kengayishi kuzatila boshlandi. O'z navbatida, o'sha davr musulmon ulamolari ushbu holatlarga jiddiy munosabatda bo'lib, musulmon jamiyati uchun Shariat me'yorlariga asoslangan muqobil moliya tizimi joriy etish kerakligini yoqlab chiqdilar. Masalan, 1890 yilda Hindistonda foizsiz moliyalashtirish muassasasi tashkil etildi. Undan so'ng, 1923 yilda Haydarobodda "Anjuman Imdad-e-Bahmi Qardh Bila Sud" (Foizsiz kredit jamiyati) deb nomlangan yana bir muassasa tashkil etildi.
Keyinchalik, 1950 yilning boshiga kelib Pokistonda birinchi zamonaviy Islom moliya muassasasi hisoblanadigan Mahalliy Islom banki tashkil etildi. Shu yilning oxirlariga kelib, Muzoraba va Vakala (agentlik) kabi foizsiz bank mahsulotlari ham qo'llana boshladi.
Shariat tamoyillariga asoslangan zamonaviy Islom bankiga, 1963 yilda Misrda Mit G'amr (Mit Ghamr) deb nomlanuvchi mahalliy jamg'arma tashkil etish orqali asos solindi. Ayni shu davrda, Malayziyada ham musulmonlar Haj amalini bajarishlariga moliyaviy ko'mak bo'lishi uchun Ziyoratchilar jamg'arma korporasiyasi o'z faoliyatini boshladi va 1969 yilda Tabung Haji (Tabung Haji) nomi bilan mashxur bo'lgan Ziyoratchilarni boshqarish va jamg'arma kengashi tarkibiga kiritildi. 1970 yillarga kelib Islom moliyasiga bo'lgan e'tibor yanada kuchaydi va buning natijasi o'laroq 1971 yilda Misrda Nasir Ijtimoiy banki tashkil etildi. Bu bank Misr prezidenti farmoniga asosan tashkil etilgan davlat homiyligidagi birinchi foizsiz muassasa edi.
3 t.me/Islom Moliyasi
4 E.A.Baydaulet. "Islom moliya asoslari", "O'zbekiston" Toshkent 2019y
1975 yilda islom moliyasi sohasida ikkita katta yangilik yuz berdi - BAAda Dubay Islom banki hamda Xalqaro Islom moliya tashkiloti sanaluvchi Islom Taraqqiyot banki (Jidda, Saudiya Arabistoni) tashkil etildi. Undan keyin yana ko'plab Islom moliyasi muassasalari tashkil etildi, jumladan, 1977 yilda Bagama orollarida Islom Investisiya kompaniyasi (IIC) ga asos solindi, 1978 yilda Jidda shahrida Qirol Abdul Aziz nomidagi universitetda Islom iqtisodiyoti bo'yicha tadqiqot markazi tashkil etildi.
1980 yillarga kelib Islomiy moliyaviy xizmatlar sanoati shiddat bilan rivojlana boshladi. Shulardan, uchta musulmon davlati: Eron, Pokiston va Sudanda jiddiy tadqiqot ishlari olib borildi, iste'molchilar huquqlarini ta'minlash va Shariatga mos mahsulotlarni taklif qilishda an'anaviy banklar ham jalb qilindi. Shuningdek, Xalqaro Valyuta Jamg'armasi (IMF) foizsiz ishlaydigan iqtisodiy tizimning makroiqtisodiy oqibatlari bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni boshladi. O'z navbatida, Malayziya va Bahrayn kabi davlatlar ham o'zlarining mavjud tizimlari doirasida Islom bankchiligi faoliyatini boshlab yubordilar. Natijada, 1983 yil 1 iyulda Malayziyada Bank Islam Malaysia Berhad (BIMB) Islom banki tashkil etildi5.
Bu davrdagi yana bir muhim voqea sodir bo'ldi - Saudiya Arabistonida Al-Rajhi Banking Investment Corporation nomi bilan ish boshladi va ushbu kompaniyaga Islom banki guvohnomasi berildi.
Yagona yoki Ikki tomonlama bank tizimi 1980 yilning boshlarida mahalliy hamda xalqaro moliya institutlari tomonidan yagona yoki ikki yo'nalishga ega bank tizimini tatbiq qilish yuzasidan ko'plab bahs va munozaralar boshlandi. Yagona bank tizimi - bu mamlakatdagi barcha moliyaviy tizimlar Shariatga mos kelishi kerakligini bildirsa, ikki yo'nalishga ega bank tizimi esa mamlakatda ham Islom, ham an'anaviy moliya muassasalarining bir vaqtning o'zida (ya'ni yondosh ravishda) faoliyat yuritishini anglatadi.
Pokiston, Sudan va Eron yagona banki tizimini tanladi va qisqa vaqt ichida bu mamlakatlarda barcha moliya muassasalari faqat Shariat tamoyilariga asoslangan moliya mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etadigan Islom bank-moliya tizimi joriy etildi.
Boshqa tomondan, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt va Bahrayn davlatlari ikki yo'nalishga ega bank tizimini bosqichma-bosqich joriy etishga kirishishdi.
2000 yildan hozirgi davrgacha Islom moliya muassasalarining rivoji va amaliyotlari ko'lamining dunyo bo'ylab kengayishi mahalliy hamda xalqaro darajadagi umumiy me'yoriy-huquqiy asos va qoidalarga bo'lgan ehtiyojini oshirdi. Ushbu sabablar XXI asrning boshlarida xalqaro me'yorlarni belgilashga ixtisoslashgan muassasalar faoliyatining rivojlanishiga olib keldi. 2001 yilda
5 E.A.Baydaulet. "Islom moliya asoslari", "O'zbekiston" Toshkent 2019y
dunyoning eng nufuzli moliya muassasalaridan bin Xalqaro Islom moliya bozori tashkil etildi. Islom Moliya Institutlari uchun Buxgalteriya Hisobi va Auditi Xalqaro Buxgalteriya Standartlari Kengashi , Islom Moliya Xizmatlari Kengashi va Xalqaro Islom Reyting Agentligi kabi tashkilotlar ham shu paytga kelib o'z faoliyatlarini boshlashdi.
Keyinchalik, Islom Banklari va Moliya Muassasalari Umumiy Kengashi va Islom Moliya Muassasalari uchun Arbitraj va Murosa Markazi va boshqa ko'plab tashkilotlar tashkil etildi. Yuqoridagi muassasalarni tashkil etishdan asosiy maqsad, Islom moliyasi sanoatini samarali nazorat qilish, shaffoflik va bozor tartiblarini joriy qilish orqali qonuniy asosga ega, mustahkam va barqaror tizimni shakllantirish, boshqarish va tartibga solish edi. Shuningdek, ular Islom moliya muassasalarining nafaqat Shariat tamoyillariga va ichki qonunchilik talablariga mos kelishini, balki Shariat tamoyillariga zid bo'lmagan jahon andozalariga ham muvofiq ishlashini ta'minlashga harakat qildilar.
Endi Islom moliyasi va banklarining G'arb mamlakatlar hududida yoyilishiga to'xtaladigan bo'lsak, Islom banki va moliyasi nafaqat Islom davlatlarida, balki G'arb davlatlarida ham keng tarqala boshladi. G'arbdagi mashhur Islom banki va institutlari quyidagi jadval orqali ko'rishimiz mumkin:
1-jadval
G'arb mamlakatlar hududidagi shallangan dastlabki Islom moliya institutlari6
Davlatlar Islom moliya institutlari nomi Tashkil topgan yil
Lyuksemburg Islamic Banking International Holding 1978 yilda
Jeneva Dar-al-mal-al-Islami 1981 yilda;
Daniya Al-Baraka" guruhi va Daniya xalqaro Islom banki 1982 y ilda
London Islamic Finance House 1983 yilda
Yuqorida qayd etilgan muassasalardan tashqari, Islom banki xizmatlarini taklif etuvchi bir qancha dunyoga mashhur xalqaro an'anaviy banklar ham mavjud, jumladan, Chase Manhattan, Citibank, HSBC, Union Bank of Switzerland (UBS), BNP-Paribas, Standard Chartered va boshqa banklar.
Islom moliasi sifatida tashil etilayotga moliya tashkilotlari islom moliyasi shartnomalari orqali amalga oshiriladi. Islomda shartnoma Shariatga zid bo'lmagan taqdirdagina qonuniy hisoblanishi mumkin. Islom moliyasi shartnomalari Islom sivilizasiyasi davomida Shariat doirasida va jamiyat talablari asosida rivojlanib keldi. Arabiston yarim orolidagi arablar Islom dini kelishidan oldin ham o'z moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun bir necha turdagi shartnomalardan foydalanib kelishgan. Islom kelgandan keyin ham bu shartnomalar butunlay bekor qilinmadi, balki ularning mavzusi (predmeti) va amaliyotlariga e'tibor qaratildi. Chunki, savdo va moliya
6 t.me/Islom Moliyasi ma'lumotlari asosida mualliflar tomonidan tuzilgan
amaliyotlari Islom dinining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Shu tariqa, Ribo unsuri mavjud deb topilgan har qanday shartnoma harom deb topildi va bekor qilindi. Shariatga to'g'ri kelmaydigan, lekin o'zgartirilishi mumkin bo'lgan bir qancha shartnomalar o'zgartirildi, bir-biriga zid bo'lgan tarkibiy qismlar olib tashlandi va shar'iy jihatdan to'g'ri holatga keltirildi.
Islomdan oldin arablarda mavjud bo'lgan ba'zi shartnomalar (masalan, mahsulotni ko'rmasdan va tekshirmasdan ko'r-ko'rona qo'l tekkizish orqali olish, tosh otish orqali aniqlash, egaliligi yo'q bo'lgan holda sotish) Payg'ambarimiz Rasululloh sallolohu alayhi vasallam tomonidan nojoiz va Islomga zid deb e'lon qilingan. Shuningdek, Bay as-Salam kabi shartnomalar, barcha noto'g'ri unsurlar chiqarib tashlangach, Islom tamoyillariga mos - joiz ko'rinishga keltirilgan.
Yuqoridagi amaliyotlar Payg'ambarimiz Rasululloh sallalohu alayhi vasallamning davrlarida to'g'rilangan shartnomalarning qisqacha tarixi edi. Endi esa, Islom moliyasidagi turli xil shartnomalarni, shuningdek, ularning tuzilishi hamda qo'llanishini ko'rib chiqamiz.
Qur'oni Karimda Alloh ta'olo shunday marhamat qiladi: "Ey, iymon keltirganlar! Ahdnomalarga vafo qiling!" ("Moida" surasi 1-oyat). Qur'oni Karimning ushbu oyati Islomda shartnomalar uchun asos deyish mumkin. Shartnoma arab tilida "Aqd" deb nomlanadi, bu "bog'lash", "tugun" yoki "qo'shilish" degan ma'noni anglatadi. Shartnoma unga aloqador barcha tomonlarni bir-biriga bog'laydi. Shartnoma tomonlarning niyatlarini ifodalashi va ularning huquq hamda majburiyatlarini belgilashi bilan birgalikda, bitim yoki biznesning tabiati, jarayonlari, vositalari va davomiyligini aniq belgilab beradi. Islomda shartnomalarga alohida ahamiyat qaratiladi, shuning uchun ham moliya sohasidagi barcha shartnomalar Shariat tamoyillari asosida tuzilishi lozim.
Islom dini (muayyan cheklovlarni nazarda tutgan xolda ) qarzni taqiqlamaydi, ammo inson sha'nini toptaydigan qarzga botib yashash madaniyatini ta'qiqlaydi. Islom shuningdek, tadbirkorlik ortidan keladigan shaxsiy manfaatni tabiiyki taqiqlamaydi, balki xudbinlik, ochko'zlik va qing'ir yo'l bilan ortirish kabi hayvoniy sifatlarni taqiqlaydi. Shu bilan birga islom banki va an'anaviy bankning bir biridan farqlarini ko'rib chiqamiz.
Ikki turdagi bank (ya'ni islom banki va an'anaviy bank) tizimi mavjud bo'lgan bir davlatda bir korxona an'anaviy tijorat bankidan kredit oladi. Yarim yildan so'ng esa ushbu korxona islom banki bilan "murobaxa" bitimi imzolaydi.
Ammo korxonaning faoliyati yaxshi yurmay qoladi. An'anaviy bank krediti bo'yicha ham, islom banki "murobaxa" bitimi bo'yicha ham to'lov muddatlari yetib keladi. Korxonaning hozirgi xolida esa ularni to'la olmaydi.
Mana endi voqeaning eng «qiziq» joyiga keldik: an'anaviy bank, olingan kredit miqdoridan ham katta bo'lgan jarima va penyalarni qo'shib hisoblaydi (bunda kredit
qaytarilmagan har bir kun uchun hisoblangan penya, kredit uchun belgilangan foizdan ancha yuqori bo'ladi.
Murobaha bitimi bo'yicha esa korxona bank bilan tuzgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan, avval boshdan kelishilgan ma'lum bir miqdordagi pulni to'lashi kerak bo'ladi xolos. Bunda, islom banki bir yil kechikkan to'lovlar uchun ham hech qanday jarima yozmaydi va to'lov miqdori islomda ribo taqiqlanganligi tufayli o'zgarmas bo'lib qolaverdi.
Korxona rahbariyati an'anaviy tijorat banki tarafidan qo'yilgan jarimalardan karaxt bo'lgan bo'lsa, "murobaha" bitimi bo'yicha to'lashi kerak mablag'ning xattoki 1$ga ham ko'paymaganidan hayron bo'ladi. Tabiiyki, ular islom bankining bunday munosabatiga qoil qolishadi va minnatdorchilik sifatida murobaha bitimi bo'yicha qarzni birinchi bo'lib yopishadi. Ana'naviy bank bilan esa qo'yilgan jarima va penyalar sababli hosil bo'lgan ulkan qarz masalasida sudlashishni boshlashadi.
Agar jarima, penyalar, kredit qo'llanilganda korxona katta ehtimol bilan umuman yo'q bo'lib ketardi va o'nlab odamlar ishsiz, qolardi, lekin bu voqeaning yakuni xayrli bo'lib chiqdi.
Shunday qilib, islom yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi tartiblarni taklif etadi va inson hayotining barcha jabhalari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (muomala) uchun qoidalar majmuiga rioya etishga amr qiladi. Faqat so'nggi bir necha o'n yillikda ushbu moliyaviy va iqtisodiy nizom hamda me'yorlarni zamonaviy tahliliy atamalar nuqtai nazaridan izohlash uchun jiddiy sa'y-harakatlar amalga oshirilganiga qaramay va ko'plab tadqiqotlar chop etilgan bo'lsa-da, baribir «islomiy moliya» yoki «islomiy iqtisodiyot» singari «islomiy» atama qo'shilgan turli ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq ta'rifni qo'llash yuzasidan ayrim chalkashliklar saqlanib turibdi. Mana shunday tizimning turli jabhalarini bir butun sifatida emas, balki alohida ko'rib chiqish tendensiyasi buning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Masalan, «islomiy moliya» atamasi ko'pincha «foizni man etuvchi» tizimni ta'riflash uchun ishlatiladi. Lekin mana shunday sodda bayon etish nafaqat noto'g'ri, balki qo'shimcha chalkashliklarning manbasi ham hisoblanadi. Shunday qilib, islom yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi tartiblarni taklif etadi va inson hayotining barcha jabhalari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (muomala) uchun qoidalar majmuiga rioya etishga amr qiladi.
Islom moliyasi va bankchiligining amaliy jihatlari barcha mamlakatlarda muvofiqlik va uyg'unlik holatiga kelib ulgurganligini tushunib yetishimiz zarur.
Shuning uchun yaratilgan va ishlab turgan mexanizmlarni qaytadan yaratishda xech bir ma'no yo'q faqat shu mexanizmlarni omma oldida oqilona va to'g'ri ishlatish zarur. Mulk va boyliklarni saqlash shariatning asosiy maqsadlaridan biri bo'lishi insonlarning yaxshi yashashi va adolatli jamiyat qurishda ular naqadar ahamiyatliligini ko'rsatadi. Halol yo'l bilan mol-mulk topish, boy va kambag'allar
orasida katta tafovut paydo bo'lishi, boyliklarni bir qancha kishilar qo'lida to'planib qolishini oldini olishga asosiy e'tibor qaratiladi.
Shariatning biror bir qoidasiga qarasangiz, turli taqiq yoki buyruqlar hayotning yuqorida ko'rsatilgan jihatlarini saqlashga yo'naltirilganini ko'rishingiz mumkin. Islom moliyasida shakllangan qoidalar ham shu maqsadlarni ko'zlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi // URL: http://uza.uz/posts/69872
2. Sh.Mirziyoyev. "Oliy Majlisga Murojaatnomasi", 29.12.2020y.
3. Байдаулет Е. Исломий молия асослари Х.Хдсанов тахрири остида "OZBEKISTON" НМИУ- 2019. // URL: http://e-library.namdu.uz/Elektron
4. Pulatova. M.B., Ataniyozov J. X.,Xamidova F.A. "Xalqaro moliya institutlari" Toshkent "Iqtisod- moliya", 2020.-156 bet
5. Pulatova M., Qulmamatov A. "O'zbekistonda islom moliyasini rivojlantirish masalalari" Science and Education 3-1 (2022): 1079-1085. https://www.openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/2450/2303
6. Пулатова М. Б. "Особенности налогообложения субъектов малого бизнеса в современных условиях" Журнал Инновации в Экономике - 2021. - Т. 4. - №. 8.
7. Mokhira Pulatova, Munira Sultonboeva. "The practice of attracting foreign investment to Uzbekistan and ways of its development. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. Year: 2020, Volume: 10, Issue: 4. First page:(515) Last page:(522)." Online ISSN: 2249-7137.