Mahalliy sanoat



Download 65,28 Kb.
bet1/4
Sana11.06.2022
Hajmi65,28 Kb.
#654823
  1   2   3   4
Bog'liq
460 15.09.1993




[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat]

[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“MAHALLIY SANOAT” KORPORATSIYASI VA O‘ZBEKBIRLAShUVNING RESPUBLIKADA OSh TUZI IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL ETISh VA KO‘PAYTIRIShGA DOIR TAKLIFLARI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining MDH boshqa mintaqalaridan osh tuzi yetkazib berishiga bog‘liqligini bartaraf etish hamda xalq xo‘jaligining osh tuzi va texnik tuzga bo‘lgan ehtiyojlarini (tegishli ravishda 300 va 500 ming tonna), ularni iste’mol qilish va eksportga chiqarish istiqbollarini hisobga olgan holda respublikaning o‘zida ishlab chiqariladigan tuzlar hisobiga to‘liq hajmda ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.
1. “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi va O‘zbekbirlashuvning quyidagi takliflari qabul qilinsin:
1993-yilda “Mahalliy sanoat” korporatsiyasining Xo‘jaikon tuz konida 40 ming tonna hamda matlubot kooperatsiyasi tizimida – Karaumbet (Qo‘ng‘irot tumani) konida 20 ming tonna tuz ishlab chiqarish to‘g‘risida.
Xo‘jaikon tuz konida 1993-1994-yillarda yiliga 150-200 ming tonnaga hamda Karaumbet konida 1994-1995-yillarda 120 ming tonnagacha osh tuzi ishlab chiqaradigan quvvatlarni barpo etish to‘g‘risida.
2. “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi (o‘rtoq Chjen), Surxondaryo viloyati hokimligi (o‘rtoq Noraliyev), respublika vazirliklari, idoralari va xo‘jalik tashkilotlari yiliga 150-200 ming tonna osh tuzi ishlab chiqaradigan quvvatlarni barpo etish uchun 1-2-ilovalarga muvofiq tegishli tadbirlarning bajarilishini ta’minlasinlar.
3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi bu yil Xo‘jaikon tuz konidan 500 ming tonna texnik tuz qazib chiqarishni ko‘zda tutadi, ularning 100 ming tonnasi erkin almashtirilgan valyuta hisobiga eksportga yetkazib beriladi. Korporatsiyaga texnik tuzni chetga chiqarish bo‘yicha qo‘shimcha kontraktlar tuzish to‘g‘risidagi masalalarni ishlab chiqishni davom ettirish yuklatilsin.
4. Davlat geologiya qo‘mitasi (o‘rtoq Shoyoqubov) 1993-yilda tuz konini tuz zaxiralari sanoat asosida qazib olinadigan Xo‘jaikon tuz koni balansiga belgilangan tartibda berishni ta’minlasin hamda “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi bilan shartnoma tuzgan holda foydalanish-qidiruv ishlarni muntazam tashkil qilsin.
5. “O‘zagroqurilish” (o‘rtoq Yusupov) 1993-yilning ΙΙΙ choragida import texnologik liniyalar uchun ishlab chiqarish korpusi qurilishini, shuningdek, 1994-yilning Ι yarim yilida tegishli ijtimoiy-maishiy obyektlar qurilishini tugallansin.
6. Buyurtmachi – Surxondaryo viloyati hokimligi (o‘rtoq Noraliyev) “O‘zbektransqurilish” uyushmasi (o‘rtoq Omelnitskiy) bilan birgalikda 1993-1994-yillarda Boldir-Xo‘jaikon temir yo‘lini qayta qurishni amalga oshirsin.
7. Boldir-Xo‘jaikon temir yo‘liga xizmat ko‘rsatish undan foydalanishning texnikaviy darajasini oshirish maqsadida yo‘lning ushbu uchastkasi “Uchqun” kichik korxonasi balansidan “O‘zbektransqurilish” uyushmasining VFB (vaqtinchalik foydalanish bo‘limi) balansiga belgilangan tartibda o‘tkazilsin.
8. “O‘zshartnomasavdo” (o‘rtoq Sharipov), respublikaning resurs imkoniyatlaridan foydalangan holda, vazirliklar, idoralar korporatsiyalar va boshqa xo‘jalik tashkilotlarning osh tuzi ishlab chiqarishni tashkil etish va ko‘paytirishga doir ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika resurslari bo‘yicha buyurtmalarini ta’minlashni nazarda tutsin.
9.Markaziy bank (o‘rtoq Mullajonov)ga:
oshtuzi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish uchun bir yil muddatga, 5 foizli stavka bilan Xo‘jaikon tuz koniga 1993-yilda 500 mln. so‘m, O‘zbekbirlashuvga 1993-yilda 200 mln. so‘m va 1994-yilda 500 mln so‘m, temir yo‘lning Boldir stansiyasidan Xo‘jikon konigacha bo‘lgan tarmog‘ini qayta qurish uchun Surxondaryo viloyati hokimligiga 1993-1994-yillarda 340 mln. so‘m maqsadli kredit ajratish, “O‘zdehqonchiliksanoatbank” (o‘rtoq Ahadov)ga esa uni mablag‘ bilan belgilangan tartibda ta’minlash;
Xo‘jaikon tuz konidan yuklab jo‘natilgan mahsulot uchun schyotlarni aksiyasiz to‘lashni amalga oshirish tavsiya qilinsin.
10. O‘rta Osiyo Temir yo‘l boshqarmasi (o‘rtoq Jeltouxov) eksportga va boshqa iste’molchilarga tuz yetkazib berish uchun, O‘zbekiston hududida mumkin bo‘lgan eng kam tarif stavkalarini qo‘llagan holda, tuz koni talabnomasiga binoan Xo‘jaikon tuz koniga vagonlarni o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlasin, shuningdek, yuklab jo‘natilgan vagonlarning MDH hududi bo‘ylab o‘tishiga ko‘maklashsin.
11. “O‘zbektransqurilish” uyushmasi (o‘rtoq Omelnitskiy) tuzni Xo‘jaikon stansiyasidan Boldir stansiyasigacha tashishda O‘rta Osiyo temir yo‘lining bosh yo‘llaridagi tariflarning respublikada amalda bo‘lganidan yuqori bo‘lmagan miqdorini qo‘llasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (o‘rtoq Boqiboev):
1993-yilda Xo‘jaikon tuz koniga o‘zining aylanma mablag‘lapi kamomatini to‘ldirish uchun 3 yil muddat bilan 500 mln sum miqdorida imtiyozli kredit ajratsin;
tuzning yuqori darajada agressivligi munosabati bilan tuz konidagi mashinalar, mexanizmlar va asbob-uskunalarni tiklashga amortizatsiya ajratmalari normativlarini qayta ko‘rib chiqsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi (o‘rtoq Obidov) Xo‘jaikon tuz konidagi mehnat sharoitlarini ko‘rikdan o‘tkazsin, tuzning inson organizmiga zararli ta’siri darajasini aniqlasin hamda ushbu konni u yerda ishlaganlik yoshi (qarilik) bo‘yicha imtiyozli tartiblarda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar ro‘yxatiga kiritsin.
14. Xo‘jaikon tuz koni xodimlari uchun suvsizlik va cho‘l sharoitida ishlaganlik uchun ish haqiga 1,35 miqdorida koeffitsiyent belgilansin.
15. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi (o‘rtoq Saakov), O‘zbekbirlashuv (o‘rtoq Volkov), Davlat geologiya qo‘mitasi (o‘rtoq Shoyoqubov), “O‘zqurilishmateriallar” davlat konserni (o‘rtoq Iskandarov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Karaumbet (Qo‘ng‘irot tumani) konlarida 120 ming tonna osh tuzi qazib chiqarish bo‘yicha quvvatlarni barpo etish bilan bog‘liq barcha texnikaviy va iqtisodiy masalalarni ishlab chiqsinlar hamda 2 oy muddatda tegishli takliflar kiritsinlar.
16. Osh tuzi ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarni barpo etish aholining osh tuziga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq ta’minlashni hisobga olgan holda uni qazib olishni qisqa muddatlarda tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun qo‘shimcha ravishda zarur mablag‘larni jalb etish maqsadida Xo‘jaikon koniga hamda O‘zbekbirlashuv korxonalariga quvvatlarni qurish, o‘zlashtirish va 3 yil mobaynida tuz ishlab chiqarish davrida quyidagi imtiyozlar berilsin:
daromad solig‘i 12 foiz darajasida belgilansin;
amortizatsiya ajratmalari summasi korxonalar ixtiyorida qoldirilsin;
tuzni respublikadan chetga chiqarish bojxona bojlaridan ozod qilinsin.
17. Erkin almashtiriladigan valyuta evaziga eksportga tuz yetkazib berishdan manfaatdorlikni oshirish maqsadida Xo‘jaikon tuz koni chet el valyutasidagi tushumdan soliq to‘lovidan bir yil mobaynida ozod qilinsin.
18. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari o‘rtoq T.M. Miryoqubov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 15-sentabr,
460-son
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 15-sentabrdagi 460-son qaroriga
1-ILOVA
“Mahalliy sanoat” korporatsiyasining Xo‘jaikon tuz konida 1993-1994-yillarda yiliga 150—200 ming tonna osh tuzi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish bo‘yicha
TADBIRLAR


Download 65,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish