Mashinasozlik tехnologiyasi


Ishni tashkil qilish shakllari



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/188
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#253435
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   188
Bog'liq
raqamli dasturda boshqariladigan texnologik zhixozlari va tizimlari

Ishni tashkil qilish shakllari. Biz yuqorida bayon etganimizdek, asosan 
ikkita  ishni  tashkil  qilish  usuli  (patokli  va  patoksiz)  to‘g‘risida  fikr  bildirgan 
edik.  Shunga  ko‘ra  bu  usullar  ishlab  chiqarish  turiga  bevosita  bog‘liq  bo‘lib, 
potoksiz  ishni  tashkil  qilish  -  yakka  va  mayda  seriyalab  ishlab  chiqarishlarda 
qo‘llanilgan  edi.  Potokli  ishni  tashkil  qilish  usuli  esa  qolgan  boshqa  turdagi 
ishlab  chiqarishlar  uchun  qo‘llaniladi  va    yana  u,  quyidagi  usullarga:  potokli 
 
 


seriyali,  yirik-seriyali  va  ommaviy  ishlab  chiqarishlar;  to‘g‘ri  oqimli  ommaviy 
potokli ishlab chiqarish; ommaviy potokli ishlab chiqarishlarga bo‘linadi. 
Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng oliy  shakli, bu-ommaviy  potokli 
ishlab  chiqarish  hisoblanadi,  ya‘ni  bu  erda  asosan  texnologik  jarayonlar 
avtomatik liniyalarda va avtomatlashtirilgan uchastkalar va sexlarda bajariladi. 
To‘g‘ri  oqimli  ommaviy  potokli  ishlab  chiqarishda  dastgoh  va  asbob-
uskunalar  texnologik  jarayon  marshruti  bo‘yicha  amallarni  bajarish  ketma-
ketligida  joylashtiriladi.  Amallarni  bajarishda,  tanavorlarni  bitta  ishchi  joydan 
boshqa  ishchi  joyga  uzatish  uchun  turli  g‘altakli  rolgang,  sirpanchiq  va 
yumalatuvchi  tarnov  (lotok),  yuk  ko‘taruvchi  kran  va  boshqa  moslama  va 
qurilmalardan foydalaniladi. Xar bir ishchi joyning ishlab chiqarish takti boshqa 
ishchi  joylarniki  bilan  teng  bo‘lmasligi  mumkin.  Bunday  ishchi  joylarda, 
"zadel" deb ataluvchi tanavorlar zahirasi tashkil etiladi. 
Ommaviy  potokli  ishlab  chiqarishda  ko‘pincha  pozision  avtomatik 
konveyerlar qo‘llaniladi va avtomatik liniyalar tashkil qilinadi. Bunday hollarda 
bu liniyalarning ishlab chiqarish takti aniqlanadi. 
Ishlab  chiqarish  takti  deb,  -  ma‘lum  vaqt  oralig‘ida  tanavorlar  yoki 
qismlar  ishlab  chiqarilishiga  aytiladi  va  uning  vaqti  minut  bilan  belgilanadi. 
Ishlab chiqarish takti quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 
t
ich
 = 60*F
x
*m / N,    min. 
Bu  yerda:  F
x
  -  rejalashtirilgan  davr  ichidagi  dastgohlar  ishlashining 
haqiqiy  vaqt  fondi  (smena,  sutka,  oy,  yil),  soatda;  N  -shu  davr  uchun  ishlab 
chiqarish dasturi (detallar yoki mahsulotlar coni), dona; m – smenalar soni (1, 2, 
3). Asbob-uskunalar yoki dastgohlar ishlashining haqiqiy vaqt fondi F
x
, nominal 
F
n
  dan  yoki  asbob-uskunani  ta‘mirlash  uchun  kalendar  o‘lchov  vaqt 
yo‘qotishdan kichikdir, va h.k. 
F
x
 = F
n
* n , soat, 
bunda n-dastgohlar vaqt yo‘qotishi koeffisienti. 
Uskuna-dastgohlarning ishlash vaqtining bir yillik nominal fondi: kuniga 
bir smenalab ishlaganda 2070 soat, ikki smenalab ishlaganda - 4140 soat va uch 
smenalab ishlaganda 6210 soat bo‘ladi. Metall kesuvchi dastgohlar uchun vaqt 
yo‘qotish koeffisienti  n = 0,98-0,96  ni tashkil qiladi. 
Potokli  ishlab  chiqarish  ko‘proq  takomillashgan  bo‘lib  yuqori 
unumdorlikka  ega.  Texnologik  jarayonlarni  loyihalashning  boshida  ishlab 
chiqarish turi birinchi bo‘lib taxminan bo‘lsa ham aniqlanishi zarur. Bu albatta 
amallar bog‘lanishi va seriyalash koeffisientlarini hisoblash orqali bajariladi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish