Yordamchi o„tish texnologik operatsiyaning bir qismi bo‗lib, bu
jarayonda odam va jihozning harakati natijasida mahsulotning xususiyatlari
o‗zgarmaydi, lekin uning bajarilishi texnologik o‗tishning bajarilishi uchun
zarurdir (detalni o‗rnatish, uni qotirish, asbobni almashtirish va hakozo).
Yordamchi yurish texnologik o‗tishning bir qismi bo‗lib, asbobning bir
bor siljishidan iboratdir va ishchi yurishni amalga oshirish uchun zarurdir.
Texnologik jarayon ko‗p sonli operatsiya va ularda kam miqdorda
o‗tishlardan yoki teskarisi kam sonli operatsiyalar va ularda ko‗p sonli o‗tishlar
bo‗lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |