Mashinasozlik tехnologiyasi


 TEXNOLOGIK OPERATSIYALARNI BAJARISH VA ISHLAB



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/188
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#253435
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   188
Bog'liq
raqamli dasturda boshqariladigan texnologik zhixozlari va tizimlari

1.3. TEXNOLOGIK OPERATSIYALARNI BAJARISH VA ISHLAB 
CHIQARISHNI TASHKIL ETISH BO„YICHA XUSUSIYATLARI. 
Texnologik  jarayonni  ishlab  chiqish  uchun  zarur  ma‘lumotlar  va  ishlab 
chiqish ketma-ketligi. 
 
Texnologik    jarayonni  ishlab  chiqish  zagotovkani  tayyor  detalga 
aylantirishning  optimal variantini yaratishni o‗z ichiga oladi. 
Texnologik  jarayonni  ishlab  chiqish  uchun  detalning    ishchi  chizmasi, 
yig‗ma birligi chizmasi, detalning tayyorlanish  qo‗lami, zagotovkaning ishchi 
chizmasi,  texnologik  jarayonning  qo‗llanilishi  sharoiti  (mavjud  korxona, 
loyihalanuvchi  jarayon  va  h.k.);  qirqish    va  o‗lchash  asboblariga  me‘yoriy  va 
standart  xujjatlari,  moslamalar    to‗g‗risida  ma‘lumot;  detallarni  tayyorlash 
namunaviy  texnologik  jarayon,  jihozlarning  texnologik  ko‗rsatkichlari, 
adabiyotlar bo‗lishi kerak. 
Texnologik    jarayonni  ishlab  chiqish  ma‘lum  ketma-ketlikda  amalga 
oshirilib,    detalning  ishchi  chizmasini  va  detal  kirgan  tutashma  chizmasini 
tanqidiy  o‗rganishdan  boshlanadi.  Detalning  ish  vazifasi  va  ishlash  sharoiti  
o‗rganiladi. 
Detalga  mexanik  ishlov  berish  texnologik  jarayonining  tanlanishi  va 
tuzilishi,  detal  materiali  va  uning  zagatovkasini  olish  usuliga  ko‗p  jihatdan 
bog‗liq bo‗ladi. 
Texnologik  jarayon  qora  (dastlab),  toza  ishlov  berish  va  pardozlash  
ishlariga  bo‗linadi.  Texnologik  operatsiyalar  ishlab  chiqilganda,  uning 
davomiyligining ishlab chiqarish taktiga teng yoki karrali bo‗lishi ta‘minlanishi 
kerak. 


Texnologik  jarayon  o‗z  ichiga  bir  va  ko‗p  o‗tishli  operatsiyalarni, 
shuningdek ko‗p holatli operatsiyalarni olgan bo‗lishi mumkin. 
Qora  ishlov  berish  uchun  ish  unumdorligi  yuqori  lekin  ishlov  berish 
aniqligi nisbatan past  bo‗lgan stanoklarni qo‗llash mumkin. Toza ishlov berish 
uchun    esa  ishlov  berish  aniqligi  yuqori,  pardoz  ishlov  berish  uchun  esa 
pretsizion stanoklar qo‗llanilishi kerak. 
Texnologik  jarayonning  tarkibi  ko‗p  jihatdan  uning  amalga  oshirilishi 
sharoitiga  bog‗liq  bo‗ladi.  Mavjud      ishlab  chiqarish  korxonasida  qo‗llanilsa 
zavodda  mavjud  stanok,  jihozlardan  to‗liq  foydalanish  nazarda  tutilishi  kerak. 
Texnologik jarayon yangi zavod uchun ishlab chiqilganida detalni  eng iqtisodiy 
va texnologik qulay usulda ishlab  chiqarish imkoniyatini hisobga olib stanok va 
jihozlar tanlanadi. 
Texnologik  jarayon  ishlab  chiqilishida  zagotovkaga    ishlov  berish 
yo‗nalishi  (marshrut),  uni o‗rnatish, berkitish sxemasi,  yuzalarga ishlov berish 
aniqligi,  yuzaning  g‗adir-  budirligi  (shu    operatsiyada  ishlov  berilganida), 
oldingi  operatsiyada  ishlov  berilganidagi  yuza  g‗adir-budirligi    va  aniqligi, 
ishlov berish quyum oldindan belgilangan bo‗lishi kerak. 
Agar  ishlov  berish  jarayoni  potok  usulida  amalga  oshirilsa  jarayonning 
amalga  oshirilishi  tempi    to‗g‗risida  ham  ma‘lumot  bo‗lishi  kerak.  Oldin 
beligilab    berilgan  operatsiyalar  variantlar  bo‗yicha  aniqlashtiriladi  va  ularga 
mos    bo‗lgan  jihoz  va  moslamalar  tanlanadi.  Texnologik  operatsiyalar 
loyihalanilganida  detalga  ishlab  berish  vaqtini  qisqartirishga  harakat  qilish 
kerak. 
Texnologik  operatsiyalarni  loyihalashda  qirqish    tarkibi,  SMAD  tizimi 
bikrligini  hisobga  olgan  holda  qirqib  ishlov  berish  aniqligini    hisoblashni 
nazarda  tutish  kerak.  Ishlov  berish  tartibi  yuzalarga    ishlov  berish  aniqligi, 
sifatiga, ish unumdorligi va  ishlov berish tannarhiga kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. Bir 
asbobli  ishlov  berishda  qirqish  tartibi  quyidagi    ketma-ketlikda  belgilanadi: 
birinchi  navbatda qirqish chuqurligi, keyin uzatish (podacha) va qirqish tezligi 
belgilanadi.  Ishlov  berish  chuqurligi  ishlov  berish  pripuskiga  va    uni  necha 
yurishda olish mumkinligiga qarab aniqlanadi. 
Uzatishni maksimal mumkin bo‗lgan qiymat bilan belgilanadi. Qora ishlov 
berishda  bu  miqdor  SMAD  tizimining    mustahkamligidan  kelib  chiqib 
belgilansa,  toza  va  pardozlash  ishlov  berishlarida    yuzaga  o‗lcham  aniqligi  va 
g‗adir  budirligi  bo‗yicha  qo‗yiladigan  talablarni  hisobga  olgan  holda 
belgilanadi.  Uzatish  hisoblanadi  yoki  me‘yorlardan  tanlab  olinib  stanok 
parametlari bilan solishtirib ko‗riladi. 


Qirqish  tezligi  maxsus  formulalar  yordamida  hisoblanib    yoki  normativ 
(me‘yoriy) materiallardan tanlab olinadi. 
Ishlab  chiqilgan  texnologik  jarayon  texnologik  xujjatlar    bilan 
rasmiylashtiriladi.  Texnologik  xujjatlar  yagona  tizimida  (TXYAT)  bir  but  
texnologik xujjatlar belgilangan bo‗lib ularning  asosiylari marshrut kartalari va 
texnologik  jarayon  kartasidir.  Marshrut  kartada    ishlov  berish  jarayonidagi 
barcha  operatsiyalarni  ularda  qo‗llaniladigan  jihoz,  uskunalar  bilan,  mehnat  
me‘yorlari  bilan  texnologik  jarayon  bajarilish  ketma-ketmaligida  ko‗rsatilgan 
bo‗ladi.  Texnologik    jarayon  kartasida  yuqorida  keltirilgan  ma‘lumotlar  bir 
sexda bajariladigan bir xil ishlar uchun berilgan bo‗ladi. 
Bu  butunlikda  shuningdek  operatsion  karta,  eskiz  kartasi,  texnologik 
ko‗rsatma,  detallar  (yig‗ma  birlik)  qaydnomasi  va  boshqa    shular  singari 
hujjatlar ham  kiradi. Operatsion karta o‗zida texnologik o‗tishlar, ishlov berish 
tartibi,  texnologik  jihozanish  to‗g‗risidagi  ma‘lumotlarni  mujassamlashtiradi. 
Bu  hujjat  ommaviy  va  seriyalab  ishlab  chiqarishda  hamma  texnologik 
operatsiyalar uchun ishlab chiqiladi va marshrut kartasi bilan to‗ldiriladi. 
Eskizlar  kartasida  eskizlar,  sxema,  jadvallar  bo‗lib  ular  texnologik 
jarayonni to‗g‗ri tashkil qilishda  zaruriy material bo‗lib xizmat qiladi. 
Butlik  kartasi  (kompelekt)    yig‗iladigan  mahsulotga  kiruvchi  detallar, 
materiallar to‗g‗risidagi ma‘lumotni o‗zida aks ettiradi. Texnologik  ko‗rsatma 
(instruksiya)  ishlash  usullari,  jihozlardan  foydalanish  qoidalari,  nazorat  qilish 
qoidalari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni o‗zida aks ettiradi. 
Texnologik  hujjatlarga  qattiq  rioya  qilish  ishlov  berish  aniqligi  va 
sifatining talab darajasida bo‗lishini ta‘minlaydi. 
Texnologik  jarayonni  loyihalash  maxsus  moslama,  jihozlarni  tanlash, 
o‗lchov va ishlov berish asboblarini tanlash bilan bog‗liq olib boriladi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish