Mashinasozlik tехnologiyasi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/188
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#253435
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   188
Bog'liq
raqamli dasturda boshqariladigan texnologik zhixozlari va tizimlari

RDB 
dastgohlarida 
detallarga 
ishlov 
berish 
texnologik 
jarayonlarning loyihalashni quyidagi asosiy bosqichlarga ajratish mumkin: 
1.  RDB  dastgohida  ishlov  beruvchi  detallar  sonini  tashkiliy  texnik  talablarni 
hisobga olingan holda aniqlash; 
2. Chizmalarni texnologik nazoratdan o‗tkazish; 
3.  Har  bir  ishlov  berish  uchun  texnik  sharoit  ishlab  chiqilib,  so‗ng  texnologik 
jarayonning marshrutini loyihalash; 
4.  Zagotovkani  o‗rnatish  sxemasini,  dastgoh  modeli  va  texnologik  o‗tishlarni 
hisobga olib, texnologik jarayonlarning operatsiyalarnini loyihalash. 
5.  Kesuvchi  asboblarni  tanlab,  kesish  ma‘romi  hisoblanib  olish  o‗tishlararo 
texnologik jarayonni loyihalash; 
6. Keskichning harakatini hisoblash va uning trayektoriyasini qurish; 
7. Hisob-texnologik karta (HTK)ni to‗ldirish; 
8. Boshqaruvchi dasturni kodlashtirish; 
9. Dasturni qamrovchi sistemaga dasturni yozish; 
10. Dastgohda dasturni nazorat qilish va sinovdan (sinash uchun olingan detalga 
ishlov berish orqali) o‗tkazish. 
Bosqichlarni  mazmuniga  asosan  to‗liq  ko‗rib  chiqamiz.  Tannarxni 
yuqoriligi,  detallardagi  egri  chiziqlarni  va  shakldor  yuzalarning  mavjudligi, 
ularning 
shaklini 
murakkabligi 
boshqaruvchi 
dasturlarni  tayyorlashni 
murakkabligi  hisobiga  bunday  detallar,  universal  dastgohlarga  nisbatan 
olinganda, RDB dastgohlarda ishlov berish maqsadga muvofiq, ya‘ni detalning 
shakli qancha murakkab bo‗lsa, qoplash davri shuncha kam bo‗ladi. Bu borada 
zagotovkani  dastgohga  o‗rnatish  qulay  bo‗lishi  va  bu  o‗rnatishda  uning  bir 
necha tomonlariga ishlov berish imkonini yaratishga ahamiyat berish zarur. 
Odatda,  RDB  dastgohlarida  ishlov  berish  xolatini  kamaytirish  uchun 
bunday  yuzalarni  oldindan  boshqa,  universal  dastgohda  ishlov  berilib, 


zagotovkani  shu  ishlov  berilgan  (toza)  yuzasi  bilan  RDB  dastgohiga  o‗rnatish 
qulay va lozim. Detallarga ishlov berishni RDB dastgohiga o‗tkazish natijasida, 
universal dastgohlar uchun tuzilgan texnologik operatsiyalar soni 3-4 va undan 
ortiq  operatsiyalarga  qisqartirilgan  bo‗lish  kerak.  RDB  dastgohining  aniqligi 
detal  chizmalarini  aniqligiga  mos  kelishi, ishlov berishda bajariladigan  ishning 
hajmi, 0,1 soatni tashkil etishi ko‗p dastgohdan foydalanish imkonini yaratadi. 
Shuni aytib o‗tish kerakki, RDB dastgohida ishlov beriladigan partiyadagi 
detallarning soni 30-80 donani tashkil etib ularning bir yildagi qaytarilishi 8-10 
marta bo‗lishi iqtisodchilar tomonidan hisoblanib qulayligi isbot qilingan. 
Detallarning  chizmalarini  texnologik  nazoratdan  o‗tkazib,  uning  alohida 
elementlarini  o‗zgartirish  yo‗li  bilan  RDB  dasturiga  kiritish  va  uni  avtomatik 
ravishda  ishlov  berishga  moslash  uchun  quyidagi  o‗zgartirishlar  kiritish 
mumkin: 
1.  Tokarlik  ishlov  berish  uchun  dumaloq  bo‗rtiq  (galtel)  va  Lx45  faska  bilan 
almashtiriladi, hamma turdagi ariqchalar va shunga o‗xshashlar bir ko‗rinishga 
olib kelinadi; 
2.  Parmalash,  texnik  yo‗nish  va  frezerlashda  (texnik  diametri  va  chuqurligi, 
aylanmalar  radiusi  va  ularning  konturlarini  biriktirish  va  sh.o‗.)  ishlov 
beriladigan o‗lchamlar bir ko‗rinishga keltiriladi: 
3.  Yo‗niluvchi  teshiklarda  ariqchalar,  ichki  toreslarga  ishlov  berish,  M6  va 
undan kichik rezbalar uchun teshiklarni olish maqsadga to‗g‗ri kelmaydi. 
RDB  dastgohlarida  detallarga  mexanik  ishlov  berish  texnologik  jarayoni 
marshrutini  loyihalashda  har  bir  ishlov  berilayotgan  o‗lchamning  aniqligini, 
kesishlar ma‘romini va dastgohlarni tanlashda hisobga olinada. 
Boshqarish  dasturini  tayyorlashda  va  tuzishda  detal  konturi  bo‗ylab  kesuvchi 
asbobni  harakatini  hisoblash  va  aniqlash  asosiy  bosqichlardan  biri  bo‗lib 
hisoblanadi. 
Boshqarish dasturi kadrlarga ajratilgan holda tuziladi. Bu alohida olingan 
kadrlarga  –  qayta  ulashni  (qayta  ishga  solish)  boshqalarini  buyrug‗i, keskichni 
elementar  siljishi,  uni  almashtirish  va  sh.k.  birin-ketin  imkonga  qarab 
joylashtiriladi. Har bir kadr kodlashtirilgan. Buyruq va sonlar, u yoki bu siljish 
harakatga  mos  keluvchi  impulslar  orqali  tasvirlanadi.  Boshqaruvchi 
buyruqlarning  hamma  kadrlar  RDB  dastgohini  texnik  pasportida  ko‗rsatilgan 
bo‗ladi. 
Boshqarish  dasturiga,  dasturchi  tomonidan, elektron qurilmani  (masalan, 
EHM) klaviatura (tugmachalar)si yordamida yozib olinidi. So‗ng, shu qurilma 
yordamida,  dastur  magnitlashgan  impuls  ko‗rinishi  (magnit  tasmaga)  yoki 


kadrlararo  joylashtiriluvchi  teshiklar  bilan  qog‗oz  tasmaga  (dastur  qamrovchi 
sistemaga) o‗tkaziladi. 
Boshqaruvchi dasturiga ma‘lumot RDB dastgohini elektron sistema orqali 
o‗qilib,  kadrma-kadr  dastgohni  ish  bajaruvchi  organlariga  uzatib  beriladi. 
Dasturni  to‗g‗ri  yozilganligi,  masalan  frezerlash  dastgohlarida  chiziq  (iz) 
qoldirish  usulida  tekshiriladi.  Buning  uchun  dastgoh  shpindeliga  qalam  va 
stolga qalin qog‗oz mahkamlanadi. Qog‗ozdagi iz tahlil qilish asosida dasturni 
to‗g‗riligiga ishonch hosil qilinadi. Xatolik dasturni korrektirovka qilish orqali 
to‗g‗rilanadi. 
RDB  dastgohlar  uchun  detallarga  mexanik  ishlov  berish  operatsiyalarini 
loyihalash 
jarayonlarida 
bajariluvchi 
o‗tishlarning 
mumkin 
qadar 
maksimalligini  ta‘minlashuviga  intilish  lozim,  ya‘ni  birgina  operatsiyada 
qancha  ko‗p  yuzalarga  ishlov  berilsa,  universal  dastgohlarda  ishlov  berishga 
nisbatan, shuncha iqtisodiy tomondan qulay va vaqtdan tejash mumkin. Birgina 
operatsiyada  mumkin  qadar  ko‗p  o‗tishlarni  to‗plash  (bajarish),  oldinda  aytib 
o‗tilganidek,  dastgohda  zagotovkani  o‗rnatish  sxemasini  to‗g‗ri  tanlash  uchun 
qulay shart va sharoitlarni yaratishga imkon beradi. 
Operatsiyalarda  o‗tishlarni  ketma-ketligini  bajarishda  RDB  dasturiga 
kiritilgan avtomatik va tiniq ishlov berish sikllarini va yuqor ish unumdorligini 
ta‘minlay  olish  imkonini  beruvchi  qisqichini  harakatlanish  ish  sxemasini 
hisobga  olish  kerak.  Shuni  hisobga  olib,  frezerlash  va  parmalash-frezerlash-
teshik  yo‗nish  dastgohlarda  doiraviy  -  yo‗li  bilan  qora  va  toza  teshik  yo‗nishi 
o‗rniga  teshik  diametiridan  kichik  bo‗lgan  konussimon  freza  bilan  teshik 
diometirini  konturi  bo‗ylab  bir  marta  o‗tish  tavsiya  etiladi.  Bu  ishlov  berish 
uchun unumdorligini oshiradi va sozlovchi asboblar sonini kamaytiradi. 
Bir  turdagi  bir  xil  o‗tishlarni  bajarish  uchun  kesuvchi  asboblarni 
tanlashda  bitta  asbob  (masalan,  utuvchi  keskich)  dan  foydalanish  foydali 
bo‗ladi.  RDB  dastgohlaridigi  asboblar    kallagini  imkoni  asboblarning  sonini 
oshirishini cheklab qo‗yadi. Asboblarning sonini kamaytirish uchun ko‗p asbob 
o‗rnatish  joyiga  ega  bo‗lgan  –  ikkita  kesuvchi  plastina  o‗rnatiluvchi  plastinali 
parmaladan (parmalash, texnik yo‗nishda) foydalaniladi. Mexanik ishlov berish 
jarayonining  o‗tish  ishonchliligini  oshirish  maqsadida  RDB  dastgohlarninig 
kesish ma‘romini normativdagilarga nisbatan 10-15 pasaytirilib qo‗llaniladi. 
RDB  dastgohlarni  o‗ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  ishni  bajarish 
boshlang‗ich  nuqtasini  tanlash  yoki  detal  va  asbobning  koordinata  sistemasini 
dastgohni koordinata sistemasi bilan bog‗liqligini ta‘minlashdan iborat. 


Keskichni joylashib turgan o‗rnidan, dasturda berilgan buyruqqa asosan, 
ishni  boshlash  nuqtasiga  boshlang‗ich  nuqta  deyiladi.  Uning  koordinatalari 
dastgohni  no`l  nuqtasiga  nisbatan  aniqlanadi.  Dastgohni  no`l  nuqtasi  bu  uning 
koordinatalar  sistemasini  boshlanishidir.  RDB  dastgohlardan  o‗ng  tomonli 
to‗g‗ri burchakli XYZ sistema qabul qilinib, bunda Z o‗qi har doim shpindelni 
aylanish o‗qiga parallel yo‗nalgan va uni musbat yo‗nalishi parma yoki frezani 
detaldan chiqish yo‗nalishiga mos tushadi. 
Dastgohlarning  no`l  nuqtasi  stnadartlashtirilgan.  Shuning  uchun  u 
moslamani bazalash yuzasiga, yoki stolni aylanish markaziga va sh.k. nisbatan 
qabul  qilinadi.  Dastgohni  no`l  nuqtasi  to‗g‗risidagi  ma‘lumot,  uni  elektron 
sistemasiga  ―dastgoh  absalyut  no`l‖  holati  deb  kiritiladi.  Bunda  detal  qilinishi 
mumkin.  Buning  uchun  absalyut  no`l  nuqtaning  koordinatasini  absolyut  no`l 
nuqtaga nisbatan qayta hisoblab chiqish kerak. 
HTK  ni  tayyorlashda  har  bir  keskichning  traektoriyasi  alohida  chiziladi. 
Farqlash  uchun  keskichni  tezlashtirilgan  va  ishchi  siljishlari  boshqa-boshqa 
rangli  chiziqlar  bilan  chizilishi  tavsiya  etiladi.  Shunday  qilib,  boshqaruvchi 
dasturni tuzishda dastgohda tartib bilan bajarish mumkin bo‗lgan, bajariladigan 
ishlarni va o‗tishlarning kadrlararo kodlashtirilgan ro‗yxati tuzilishi zarur. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish