Metall kesish dastgohlarida ishlov berilganda detal va kesuvchi asbob
o‗zaro muvofiq harakat qiladi. Kesuvchi asbobning markazi detalga nisbatan
ma‘lum traektoriya bo‗yicha harakat qiladi. Asbobning markazi deb, harakati
dasturlanadigan asbobning nuqtasiga aytiladi. Shakliy frezerlashda frezaning
markazi yoki tokarlik keskich uchining markazi ekvidistanta deb ataladigan
traektoriya bo‗yicha harakat qiladi.
Ekvidistanta – detal shaklidan bir xil masofada bo‗lgan traektoriyadir. U
ayrim o‗zaro ulanuvchi, geometrik elementlardan-to‗g‗ri chiziq, yoy, ikki va
yuqori darajali egri chiziqlardan tuzilgandir. Elementlarning ulanish nuqtalari
tayanch yoki hisoblash nuqtalari deyiladi. Mashinasozlikda dastgohlarni
boshqarishda raqam dasturli boshqarish tizimlari qo‗llanilyapti. Ularni RDB deb
atalishiga sabab, dastgoh ishchi organlarining siljish qiymati raqam bilan
beriladi. Bunda har bir axborot birligida ishchi organi ma‘lum miqdorga
siljiydi,
buni impuls miqdori yoki diskretasi deyiladi. RDB tizimining diskretasi
dastgohning aniqligini belgilaydi. Ishchi organini diskretaga bo‗linuvchi har
qanday miqdorga siljitish mumkin.
RDB dastgohi – dastgoh ishchi organlarining harakatini, tuzilishi, ishlash
ketma – ketligini, kesish tartibini, asboblarni avtomatik almashtirish, yordamchi
funksiyalarni dastur bo‗yicha boshqarish demakdir. RDB dastgohi – dastgoh va
RDB qurilmasidan iborat. RDB qurilmasi boshqarish dasturiga asosan
dastgohning ishchi organlariga boshqaruvchi ta‘sir ko‗rsatadi. Boshqaruvchi
dasturda geometrik va texnologik axborot bo‗ladi. Boshqaruvchi dastur
dasturnomaga
yoziladi.
Geometrik
axborotda
tayanch
nuqtalarining
koordinatalari, texnologik axboroti, asbobning turi (raqami), tezligi, surish va
h.k. bo‗ladi. Dasturnoma sifatida asosan sakkiz qatorli qog‗oz perfolenta
ishlatiladi. Dasturnomaga axborot kadrlar ketma – ketligi tarzida yoziladi.
Tekislikdagi har – bir nuqta X, Y koordinatalari qiymati bilan aniqlanadi,
bu esa dastgoh ishchi organlarining shu koordinatalar bo‗yicha siljishini
ko‗rsatadi. Dasturda nuqtalarning koordinata qiymatlarini ko‗rsatuvchi
(diskretada) raqamlar oldida, albatta, manzil X, Y, Z va h.k. harflari va ishora
(«+» yoki «-») yoziladi. Masalan, agar raqamlar oldida X harfi bo‗lsa, raqamlar
X o‗qi bo‗yicha, agar Y bo‗lsa, raqamlar Y o‗qi bo‗yicha va h.k. siljishlar
miqdorini ko‗rsatadi.
Texnologik axborot ham manzil – lotin harflari, hamda harfdan keyin
raqamlar yordamida dasturnomaga yoziladi. Masalan: F0612. F harfi surishlar
manzili, 0 – raqami surish tartibi, qolgani surish tezligini ko‗rsatadi.
N009 – N – kadr
raqami manzili, 009 – 9 – kadr.
TOZ – T – asbob manzili, 03 – 3 – asbob.
S – harfi shpindelning aylanish chastotasi manzili va boshqalar.
Respublikamizda manzillarning harflar bilan belgilanishi xalqaro standart
bilan bir xildir.
Dastgoh ishchi organlarining ikki tayanch nuqta oralig‗idagi siljish uchun
kerakli axborot bitta kadrda yoziladi. Kadr so‗zlardan iborat bo‗lib, har bir so‗z
bitta ishchi organga tegishli axborotdir. Kadr bitta yoki ko‗p so‗zlardan tashkil
topadi.
Kadrning tarkibiga misol:
N001 G01 X+002000 V-020000 PS
1 – so‗z 2 – so‗z 3 – so‗z 4 – so‗z
1 - so‗z
kadrning raqami,
2 – so‗z
chiziqli interpolyasiya,
3 – so‗z X o‗qi bo‗yicha +20 mm siljish,
4 – so‗z Y o‗qi bo‗yicha -200 mm siljish,
PS – kadr oxiri simvoli (belgisi).
SHu kadrning dasturnomaga yozilishi 1 – rasmda keltirilgan. Eng ko‗p
axborot yozilishi mumkin bo‗lgan kadrning strukturasi kadrning formati
deyiladi. Format so‗zlarning axborot hajmi, soni va ketma – ketligini aniqlaydi.
Odatda RDB qurilmasi qo‗llanmasida kadrda manzillarning, ya‘ni so‗zlarning
tartibi, kadrda so‗zlarning eng ko‗p mumkin bo‗lgan soni, har bir so‗z uchun
dasturnomada
ajratilgan satrlar soni, ya‘ni kadrning formati keltiriladi.
Format quyidagicha yoziladi:
N3; G2; X±6(5,4); Y±6(5,4); Z±6(5,4); I+6(5,4); J+6(5,4); K+6(5,4); F5;
S3; T3; M3; L2; D+6(5,4);PS.
Harfdan keyingi raqamlar so‗zning raqamlar bo‗lagining razryadini
ko‗rsatadi. Masalan: N harfidan keyin uch razryad (N001, N002,…, N999), G
dan keyin ikki razryad (G01,G02…., G99).
RDB dastgohlarida ishlov berish dasturlari uchun bir qator kodlar
yaratilgan. RDB raqam, harf va boshqa belgilar sistemasini taqdimlash
dasturlash kodi deyiladi. Kod raqamlar, xarflar va boshqa belgilar bilan
dasturnomada tezliklar kombinatsiyasi orqali yozilgan dastur orasidagi
bog‗lanishni o‗rnatadi. Eng ko‗p qo‗llaniladigan xalqaro standart talablariga
to‗g‗ri keladigan kod ISO – 7bit dir (1 - jadval).