Avtomatik yuklash qurilmalari idishdagi donali detal zaxiralarini uch
turda joylashtiradi: magazinli, shtabelli va bunkerli. Magazinli usulda, detallar
idishlarga bir kator qilib joylashtiriladi, shtabelli usulida bir necha qator yoki bir
necha qavat qilib, bunkerli usulida esa tartibsiz uyulgan yoki tarqoq xolda
joylashtiriladi.
Magazinli yuklash qurilmasida idishdagi detallar zaxirasi bir qator
joylashgan bo‗lib, detal qayiqdan chiqqach tutuvchi tomonidan tutib olinib
dastgox ishchi zonasiga joylashgan dastgoxli moslamaga uzatiladi. Magazinli
yuklash kurilamasi xajmi katta bo‗lishi uchun qurilma lodkasi zigzag
ko‗rinishda bo‗ladi. Shtabelli yuklash qurilmasida qayikdagi detallar dastgoxli
moslamaga tutuvchi orqali uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |