Har qanday axborot tizimi bizni qamragan real dunyoning ba’zi tomonlarini
yoki predmet sohasini yoki muammoni yoritishi mumkin.
Muammoli muhit vaqti o‘zgarishi bilan o‘zgarishi, ya’ni ob’yektlar
xususiyatining o‘zgarishida, eski ob’yektlarning yo‘qolishi va yangilarining paydo
bo‘lishida ifodalanadi. Bu o‘zgarishlar voqealar natijasida bo‘lib o‘tadi.
Voqealarning ketma-ketligi jarayonni tashkil etadi. Har qanday axborot tizimi
ob’yektlarning o‘zlari bilan emas, mavjudiy borliq singari, balki ularning belgili
yoritqichi-idenfikatori bilan ishlaydi.
Belgi – idenfikatorlarning bosh vazifasi – ob’yektni guruhdagi turdosh
ob’yektlardan farqlash. Ob’yektning idenfikatori, umumiy aytganda, ob’yektning
xususiyati haqida yoki, ya’ni shunga o‘xshash, uning u yoki bu sinfga tegishligi
haqida hech qanday axborot bermasligi mumkin.
Ma’lumotlar.
Belgili shaklda ifodalangan ob’yekt yoki ob’yektlarning
muomalasi haqidagi axborotlar ma’lumotni tashkil qiladi.
Bu ma’lumotlar inson yoki qandaydir texnik qurilma tomonidan qabul qilinishi
va tegishli tarzda interpretatsiya qilinishi mumkin. Ma’lumotlarning tavsifli
xususiyati shu hisoblanadiki, ya’ni ularni bir belgili tizimdan boshqasiga qayta
kodlash axborotni yuqotmagan holda o‘tkazish mumkin. Belgili ifodalanishning
bunaqangi xususiyatining ahamiyati – mavjud predmetli holatning qabul
qiluvchiga yo‘naltirilgan, belgilarning har xil tizimlarida ifodalanish imkonini
beradi.
Ma’lumotlar bazasini qurishda insonga yo‘naltirilgan mantiqiy ifodalanish
haqida va uzoq muddatli xotira qurilmasiga yo‘naltirilgan jismoniy ifodalanish
haqida gapirish an’anaga aylangan.
1.1.1-rasmda predmet sohasining ma’lumotlar bazasida ifodalanishi bilan
bog‘liq asosiy tushunchalar keltirilgan.
1.1.1-rasm. Ma’lumotlar bazasida predmetli muhitning ifodalanishi.
Ma’lumotlarning joylashuvi va xotira qurilmasida ularning o‘zaro aloqalari
haqida gapirishdan oldin, o‘zigan xos ma’lumotlar modelini yaratgan holda,
ma’lumotlar o‘zaro bog‘liqligini mantiqiy darajada keltirish lozim.
Shunday qilib, predmet sohasining barcha ob’yektlarida yozuv tarkiblari va
ularning o‘zaro aloqasi aniqlandi, ya’ni predmet sohasining ma’lumotlar modeli
vazifalashtirildi. Ma’lumotlar modelining asosiy vazifasi saqlash ahamiyatlari
bilan bog‘liq, chalg‘itadigan detallarsiz axborot kartinasini to‘liq namoyon etish
imkonini berishdan iborat. U ma’lumotlar bankida saqlanayotgan har qanday
ma’lumotni olish mexanizmini ishlab chiqishda yordam beradigan asbobdir.
Modelosti amaliy programmalashda foydalaniladigan ma’lumotlarning
yozilishini aniqlaydi. Yaxlit model asosida ko‘plab har xil podmodellarni tashkil
etish mumkin. Ular nazariy jihatdan ma’lumotlarning umumiy modelidan kuchli
farq qilishi mumkin. Ma’lumotlarning asosiy modelini qaraymiz:
tizimli;
merarxik;
relyatsion;
Ma’lumotlarning tarmoq modeli.
Real dunyodagi ob’yektlarning muomalasi
qandaydir tarmoq ko‘rinishida namoyon etilishi mumkin. Bu namoyishlar real
mavjudlikning ko‘rgazmali kartinasini yetarlicha chizadi va bundan tashqari,
shunga talabgorlik qiladiki, ya’ni axborot tizimining uzoq muddatli xotirasida
tabiiy holatda qayd etilishi mumkin.
Ma’lumotlar tarmoqli modelining namunasi 1.1.2-rasmda keltirilgan.
1.1.2-rasm. Ma’lumotlar tarmoqli modelining namunasi.
Tarmoqning har bir uzeli real dunyoning turdosh ob’yektlari guruhini namoyon
qiladigan ma’lumotlar elementiga mos keladi. Unda mavjud tarmoqdagi har bir
uzelda tegishli idenfikator bo‘ladi. Masalan, shifr detali.
Do'stlaringiz bilan baham: |