Rasmlarda kuzatishlarning boshlanishi va oxirida novdalar o’rtasidagi farqlar
ko’rinib turishi kerak.
Gerbariy quyidagicha tayyorlanadi: albom muqovasiga kuzatilayotgan
o’simlikning nomi yozilib, rasmi chiziladi, birinchi varag’iga uning urug’lari
yopishtiriladi, ikkinchisiga maysalar, qolganlariga izchillik bilan dastlabki ikki baigli,
ildizli o’simlik bilan, to’rt bargli kichkina g’unchali o’simlik, g’unchasi
ochilayotgan o’simlik, gullari va boshqa qism, shuningdek, yetilgan mevalari bo’lgan
o’simliklar birkitiladi. Har bir varaq ostida o’simlikning rivojlanish davri, kuni
ko’rsatiladi.
1- sinf o’quvchilari birinchi darsdan boshlab hayvonot dunyosi bilan ham
tanishtirib boriladi. Kuzda hasharotlar, masalan, kapalaklar (qahrabo kapalagi,
karam kapalagi, qichitqi o’t ka-palagi) kuzatiladi. Bolalar e'tibori kapalaklarning
tashqi ko’rini-shiga, qaysi o’simliklar ustida uchishiga qaratiladi. Kuzatishlar
quyidagi topshiriqlar bo’yicha oilb boriladi:
1. Matrap bilan kapalak tuting.
2. Uning tana a'zolari: bosh, ko’krak, qorin qismlarini kuzating.
3. Qanotlarini sanang. Ular tananing qaysi qismiga birikkanligini aniqlang.
4. Kapalakning oyoqlarini ko’rib chiqing. Ular qanday joylashganligiga e'tibor
bering va sanang, oyoqlari necha juft?
Kech kuzda hasharotlar yo’qoladi, bu paytda o’qituvchi bolalarga ularni
devorlarning oralaridan, to’kilgan baiglar uyumi-dan yoki daraxt po’stloqlari ostidan
izlashni taklif qiladi, ko’plab hasharotlar o’lmaydi, ular qishga tayyorlanib
yashirinadi, degan xulosaga olib keladi. U po’stloqlar ostida vaqtincha qotib qoluvchi
katta yoshli hasharotlar yashirinishini tushuntiradi. Ularda qon soviydi, nafas olish
to’xtaydi, lekin bu o’lim degani emas, balki qishning og’ir sharoitlariga
moslanishdir.
Sentabrning ochiq kunlarida o’qituvchi bolalar e'tiborini o’igimchak
uyasiga qaratadi, o’rgimchak uya iplarini ushlab olishni (u oson ushlanadi va
kiyimlarga yopishadi) va kichkina o’rgimchakning qanday harakatlanayotganini
kuzatishni taklif qiladi: uni qo’lda tez yurib ketayotganini va ipida osilib qolishini
payqash mumkin.
Kuz davrida o’quvchilar e'tiborini qushlar ham tortadi. o’qituvchi maktaboldi
maydonida va tabiat qo’ynida qushlarni kuzatish, ularning nomlarini
aniqlashga urinish, qushlarning uchishlarini aytib berish, qushlar
uchun nima -
sovuqmi yoki ochlik qo’rqinchli ekanligini tushuntirish to’g’risida topshiriq
beradi. o’qituvchi bolalarga qushlar uchib ketishga tayyorlanib, galaga
to’planishini ko’rsatadi, nima uchun ko’pincha o’zbekistonda pushtirangli
maynalarning katta galalari va uchib ketayotgan turnalarni ko’rish
mumkinligini tushuntiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: