Microsoft Word oquv qollanma latin


 Irrigatsion sizot suvlari



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/50
Sana31.12.2021
Hajmi2 Mb.
#252817
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
Bog'liq
kitob

1.2.3. Irrigatsion sizot suvlari 
O‘zbekiston sharoitida, sug‘oriladigan yerlarda gidrogeologik sharoit keskin 
o‘zgarishlarga  uchragan.  Tabiiy  jaryonlar  o‘rnini  sunʼiy,  xo‘jalik  faoliyati  bilan 
bog‘liq  jarayonlar  egallaydi.  Sizot  suvlari  atmosfera  yog‘inlari,  yer  usti  oqar 
suvlari (daryolar), yer osti suvlari oqimlari, irrigatsion suvlar, sho‘r yuvish suvlari, 
bosimsiz sizot suvlaridan pastda joylashgan bosimli suvlardan kelib qo‘shiladigan 
suvlar  hisobiga  ozuqa  oladi.  Sug‘orish  maydonlarida  sizot  suvlarining  ozuqa 
olishida  irrigatsion  suvlar  va  pastdagi  bosimli  suvlar  katta  rol  o‘ynaydi. 
Sug‘orishdan  bo‘ladigan infiltratsiya  hisobiga  sizot  suvlarining ustida  infiltratsion 
suvlar to‘planadi. Ularni irrigatsion sizot suvlari deb yuritiladi.  
Irrigatsion  sizot  suvlari,  xususan  sizot  suvlaridan  faqat  hosil  bo‘lishi  bilan 
emas, balki harakati bilan farq qiladi. Ular sizot suvlari yuzasida yotadi va ularga 
bosim bilan taʼsir qiladi. Ular infiltratsiya bo‘layotgan yerlarda sizot suvlari sathini 
ko‘taradi  va  pastga  qarab  tik  harakat  hosil  qiladi.  Bu  ikki  xil  suvlar 
minerallashganligi  bilan  bir-biridan  farq  qiladi.  Xususan  sizot  suvlarini 
minerallashganligi 
yuqori 
bo‘lsa, 
irrigatsion-sizot 
sizot 
suvlarining 
minerallashganligi past darajada boʼladi. Sizot suvlari yuzasida minerallashganligi 


 
22 
 
past  bo‘lgan  yerlarda  ko‘p  vaqtlarda  (hollarda)  chuchuk,  turli  qalinlikka  ega 
bo‘lgan irrigatsion-sizot suvlari hosil bo‘ladi.  
Birinchidan,  agar  sug‘orish  dalalari  ostida  minerallashganligi  past 
irrigatsion-sizot  suvlari  hosil  boʼlsa,  sug‘oriladigan  tuproqlarda  sho‘rlanish 
jarayoni deyarli kechmaydi, tuzi yuviladi va qulay meliorativ holat vujudga keladi. 
Ikkinchidan,  hosil  bo‘lgan  minerallashganligi  past  irrigatsion-sizot  suvlari,  suv 
tanqis yillari sug‘orish suvlarining qo‘shimcha manbai bo‘lib hisoblanishi mumkin. 
Uchinchidan,  ayrim  hollarda  minerallashganligi  yuqori  suvlar  hosil  bo‘lishi 
mumkin,  va  ular  yerlarni  qayta  sho‘rlanishiga  sababchi  bo‘ladi.  O‘zbekistonning 
sug‘oriladigan  maydonlari  ostida  24,32  km
3
  irrigatsion-sizot  suvlari  zaxiralari 
mavjudligi aniqlandi. Ulardan minerallashganligi 0-1,0 g/l bo‘lgan suvlar - 0,6234 
km
3
, minerallashganligi 1-3,0 g/l bo‘lgan suvlar - 15,93 km
3
, minerallashganligi 3-
5,0  g/l  bo‘lgan  suvlar  4,4  km
3
,  minerallashganligi  5-10  g/l  bulgan  suvlar  2,8  km
3
 
va  minerallashganligi  10-20  g/l  bo‘lgan  suvlar  0,6  km
3
  irrigatsion-sizot  suvlari 
mavjud.  Jami  24,3  km
3
  zahiradan  iborat  [23].  Irrigatsion-sizot  suvlari  hosil 
bo‘lishini  har  doim  ham  ijobiy  hodisa  deb  bo‘lmaydi.  Аyrim  hollarda,  sug‘orish 
taʼsirida  irrigatsion-sizot  suvlarini  hosil  bo‘lishi,  pastki  chuqurliklarda  to‘plangan 
(mavjud  bo‘lgan)  suvda  yaxshi  eriydigan  tuzlarni  yer  yuziga  qarab  harakat 
qilishiga olib keladi va tuproqlarda qayta sho‘rlanishni paydo bo‘lishiga olib keladi 
Yangi,  irrigatsion-sizot  suvlari  hosil  bo‘lishi  vaqtida,  qishloq  xo‘jaligi  uchun 
noqulay  sharoit-bu  ularning  barqaror  emasligidadir.  Irrigatsion-sizot  suvlari 
xususan  sizot  suvlarini  bosadi  va  bosimlar  farqi  hisobiga  pastga  qarab  harakat 
qiladi  va  xususan  sizot  suvlarini  pastga  va  yon  atrofga  tarqalishiga  (bosilib 
kirishiga)  olib  keladi.  Sizot  suvlari  bilan  o‘simlik  qobig‘i  o‘rtasidagi  o‘zaro 
bog‘liqlik  turli  xil  ko‘rinishda  amalga  oshadi.  Sizot  suvlari  kapillyar  g‘ovaklar 
orqali  tuproqning  ildiz  tizimi  rivojlangan  chuqurligiga  yetib  boradi  va  uni 
ozuqlantiradi.  Bu  ijobiy  omil  hisoblanadi.  Аgar  sizot  suvlari  yer  yuziga  yaqin 
joylashgan bo‘lsa, tuproqdagi g‘ovaklar suvga to‘ladi, ular havoni o‘tkazmaydi va 


 
23 
 
natijada  o‘simlikning  rivojlanishi  susayadi  yoki  o‘ladi,  yoki  hosildorlik  kamayadi 
Osma  sizot  suvlari  sugʼorish  maydonlarida  biror-bir  qonuniyatga  bo‘ysunmay 
tarqaladi,  va  dalalarda  turli  kattalikdagi  maydonchalarning  meliorativ  holatini 
buzadi. Qayta sho‘rlanish sodir bo‘ladi. Lekin osma sizot suvlari dalaning hamma 
yerida,  hamma  ekinlar  ekilganda  ham  hosil  bo‘lavermaydi.  Osma  sizot  suvlari 
hosil  bo‘lishi  uchun  aeratsiya  mintaqasida  kichik  qalinlikdagi  tarqalish  maydoni 
chegaralangan, suvni yomon o‘tkazadigan yoki o‘tkazmaydigan gilli qatlamchalar 
bo‘lishi  shart.  Ikkinchidan  sug‘orishdan  shimilayotgan  suvning  miqdori  (W) 
qatlamchaning  filtratsiya  koeffitsientidan  katta  bo‘lishi  kerak  (W>>K).  Demak, 
bug‘lanish  sizot  suvlari  yuzasidan  sodir  bo‘lmaydi,  balki  kapillyar  hoshiya 
yuzasidan  sodir  bo‘ladi.  Shu  sababli  zovurlarda  sizot  suvlar  sathini 
pasaytirayotganda, faqat sizot suvlari chuqurligiga emas, balki uning tepasida hosil 
bo‘lgan kapillyar hoshiyaning chuqurligiga eʼtibor qaratish kerak.  
 
 
                         

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish