Microsoft Word oquv qollanma latin



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/50
Sana31.12.2021
Hajmi2 Mb.
#252817
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50
Bog'liq
kitob

Tog‘lardagi  tuproqlar
.  O‘zbekistonning  tog‘  oldi  va  tog‘laridagi 
tuproqlarning  genetik  xilma-xilligi  umumiy  geografik  qonuniyatga  bo‘ysunadi. 
Joyning mutlaq balandligi ortib borgan sari yer  yuzasining bo‘laklarga bo‘linishi, 
odatda, kuchayadi, havo temperaturasining rejimi yumshab, yog‘in miqdori ortadi, 
o‘simlik  qoplami  ham  chala  cho‘l  efemerlaridan  quruq  dashtga  xos  o‘tlar, 
archazor-siyrak  daraxtli  o‘rmon,  o‘rmon,  o‘tloqi-dasht  va  dasht  o‘simliklariga 
qadar navbatlanib boradi. Mavjud landshaft mintaqalarining har biri tuproq tarkibi 
va tuproq qoplamining o‘ziga xos tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi. 
Tik  mintaqalardagi  tuproqlar  3  tuproq-iqlim  miptaqasiga  bo‘linadi:  bo‘z 
tuproq,  o‘rta  tog‘  jigarrang  tuproq  va  baland  tog‘  och-qung‘ir  o‘tloqi-dasht 
tuproqlari.  Bo‘z  tuproqtrning  quyi  chegarasi  dengiz  sathidan  250-400  m 
balandlikda. Bu tuproqlar 900 - 1600 m balandlikda tog‘ jigarrang tuproqlari bilan 
almashinadi. Bo‘z tuproqlar tog‘larda o‘ziga xos tuproq tipini hosil qilgan. Efemer 
yoki  quruq  dasht  o‘simliklarining  barq  urib  o‘sishi  natijasida  tuproqda  chim 
qatlami  vujudga  kelgan  va  organik  moddalar  to‘plangan.  Bo‘z  tuproqlar 
morfologiyasi  va  kimyoviy  tarkibiga  ko‘ra  3  xil:  och  tusli,  tipik  (oddiy)  va  to‘q 
tusli  bo‘ladi.  Bo‘z  tuproqlarda  gumus  chimli  qavatida  1-4  %  miqdorida;  oziq 
moddalar  yetarli,  fizik  xossalari  yaxshi.  Gumusli  qavati  (50  -  60  sm)  sur  rangli. 
Sug‘orish  natijasida  1,5-2  m  gacha  agroirrigatsion  qatlam  hosil  bo‘lgan.  Ma’lum 
geomorfologik  sharoitlarda  tog‘  etagidagi  yassi,  kam  zovurlangan  tekisliklarda 
sug‘orish natijasida grunt suvlari ko‘tarilib, o‘tloqi tuproq vujudga keladi, tuproqni 
sho‘r  bosadi.  Daryolarning  quyi  terrasalari,  deltalari,  tog‘  etagidagi  allyuvial-
prolyuvial tekisliklardagi gidromorf tuproqlar genetik jihatdan bir oz farq qiladi. 


 
27 
 
O‘rta  balandlikda  tog‘  jigarrang  tuproqlari  tik  pog‘onada  nisbatan  bir  jinsli 
mintaqa hosil qilgan. Tuproqlarning genetik jihatdan turlicha bo‘lishi, asosan tog‘ 
tizmalarining  kungay  va  quyosh  kam  tushadigan  shim.  yonbag‘irlaridagi  kontrast 
gidrotermik  sharoitlarga  bog‘liq.  Tuproq  profili  aniq  differensiyalangan.  gumusli 
qavati (45 - 60 sm) yaxshi rivojlangan, rangi to‘q sur-jigarrang. Jigarrang tuproqda 
chirindi miqdori ko‘p (5-8 %), gumusli qatlami yumshoq, rangi qo‘ngir. Qo‘ng‘ir 
tog‘-o‘rmon  tuproqlari  tog‘  yon  bag‘irlarining  quyoshga  teskari  tomonida 
tarqalgan va seryog‘in yillarda surilmalar bo‘lib turadi. Och qo‘ng‘ir o‘tloqi - dasht 
baland  tog‘  tuproqlari  O‘zbekiston  hududida  tik  mintaqalarning  eng  yuqoridagisi 
bo‘lib,  baland  tizmalarning  suv  ayirg‘ich  qismida  tarqalgan.  Asosan  deluvial 
yotqiziqlar  va  tub  jinslarning  nurashidan  (elyuviy  )  hosil  bo‘lgan.  Och  qo‘ng‘ir 
baland tog‘ tuproqlarining profili unchalik qalin emas, bir oz sur qo‘ng‘ir rangdagi 
gumusli  qavati  yaxshi  rivojlangan.  O‘simlik  qoplami  tutash  bo‘lmaganligi  uchun 
chimli joylari kam. Haydaladigan qatlami qo‘ng‘ir rangli, serkesak, qalinligi 50-70 
sm,  mayda tosh aralashgan. Och-qo‘ng‘ir tuproq tarkibida 5- 7 % organik modda 
bor. Baland tog‘ mintaqasida, qor qoplamlari va buloqlar yonida o‘tloqi va torfli-
botqoqi tuproqlar shakllangan. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish