T a ya n ch s o' z v a i b o r a l a r :
Xarakter, zarb qilish, belgi, aksentuasiya, introvert tip, ekstrovert tip, sentiziv tip.
Bizga ma'lumki, har qanday odamlar boshqa odamdan o'zining individual-psixologik xususiyatlari bilan
ajralib turadi. Bundan ma'lum bir odamga xos bo'lgan hislatlar nazarda tutiladi. Psixologiyada xarakter deganda
mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan faoliyat usullarida namoyon bo'ladigan, tipik sharoitlarida ko'rinadigan va bu
sharoitlarga shaxsning munosabati bilan belgilanadigan individual psixik xususiyat yig'indisi tushuniladi. Xarakter
termini fanda qadimgi yunoncha «tamg'a», «xususiyat» ma'nosini anglatadi. Teofrast o'zining xarakterga
bag'ishlangan «Traktat»ida 30 xil xarakterni ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |