174
koidalarga ancha kat'iy amal kilinishini, monolog aytayotgan kishining bayon etmokchi bulgan fikrda kat'iy mantik
diologik va izchillik bulishini takozo etadi. Monologik nutkni egallash nutkka nisbatan katta kiyinchiliklar tugdiradi,
uning kengaytirilgan shakllari ontogenezida (yuzaga kela boshlaganidan takomillashuviga kadar) kechikibrok
rivojlanadi, ukuvchilarda bu nutkni shakllalntirish maxsus vazifa xisoblanadi va pedagoglar uni ta'limning kator
yillari mobaynida bajarishlariga tugri keladi. Kiynalmasdan, bemalol suxbatlasha oladigan, lekin oldindan
yozilgan tekstdan foydalanmasdan monologik xarakterga ega bulgan ogzaki axborot (doklad, keng ma'ruza va shu
kabilar) bilan chikishga kiynaladigan katta yoshli odamlar xam uchrab trishi tasodifiy xol emas. Kupincha bu
ukituvchilarning ukuvchilarda monologik nutkni shakllantirish ishiga e'tibor bermaganliklari okibati xisoblanadi.
Yozma nutk insoniyat tarixida ogzaki nutkdan ancha keyin paydo buldi. U bir-birlaridan makon va zamon
bilan ajralib turuvchi odamlar urtasida munosabat kilish extiyojining natijasi sifatida paydo buldi va fikr shartli
sxematik suratlar yordamida ifoda etiladigan paytlardagi piktografiyadan minglab suzlar bir necha unlab xarflar
yordamida ifoda etilayotgan xozirgi zamon yozuviga kadar rivojlandi.
Yozuv tufayli odamlar tuplagan tajribani avloddan avlodga eng yaxshi tarzda yetkazish imkoni tugildi.
Negaki, ogzaki nutk yordamida utkazilgan takdirda u buzulishi, uzgarib va xatto beiz yukolib ketishi mumkin edi.
Yozma nutk fanda foydalaniladigan murakkab umumlashmalarning rivojlantirilishida, badiiy timsollar (obrazlar) ni
yetkazishda muxim rol uynaydi. Bolaga ta'lim berishning dastlabki kunlaridanok rivojlantirilishi maktabning eng
muxim vazifasi bulib xisoblanadigan yozuv va ukuv bolaning akliy saviyasini kengaytiradi xamda bilimlarni
egallash va bayon kilishning eng muxim vositasi xisoblanadi. Yozma nutkdan foydalanish mumkin kadar tugri ta'rif
berilishiga erishish, logika va grammatika koidalariga kat'iyrok amal kilish, mazmun va fikrlarni ifoda etish usuli
ustida chukurrok muloxaza yuritish imkoniyatini yaratadi. Kupincha biron-ir narsani yozib kuyish-bu uni yaxshi
anglab olish va eslab kolish demakdir.
Nutk mexanizmi.
Nutk uzining fiziologik negiziga kura eshitish va xarakat analizatorlari
faoliyatini bajaradi. Miya kobigida tashki olam tomonidan buladigan turli xil kuzgatuvchilar bilan suzlarning
talaffuz kilinishini boshkarib turadigan tovush paychalari, xikildok, til va boshka a'zolar xarakati urtasidagi
muvakkat boglanishlar urnatiladi. Nutk ikkinchi signallar sistemasi negizida amal kiladi. Suz, I.P.Pavlov
aytganidek, "signallar signali"dir. Suzlar birinchi signallar sistemasi signallarini,olamning timsolllar tarzida mavjud
bulgan turli-tuman taassurotlarni xabar kilgan xolda bevosita kuzgatuvchilar keltirib chikaradigan ta'sirlarga turtki
berishi mumkin. Suzlar va ularning birikmalari xar doim miyada birinchi signallar sistemasi signallarining
mavxumlashtirilishi, umumlashtirilishi va kayta ishlanishi natijasi xisoblanadi. Ogzaki munosabatdek murakkab
jarayon uni ta'min etuvchi mexanizmlarning izchillik bilan xarakatga keltirishga tayanadi. Nutkni
programmalashtirish-nutkiy ifodaning, ya'ni kishi bildirmokchi bulgan fikrning ma'naviy uzagini tuzish birinchi
boskich xisoblanadi. Buning uchun inson muxim deb xisoblaydigan axborot ajratib olinib, yaroksizlari, ya'ni
ikkinchi darajalilari bir chetga surib kuyiladi. Ikkinchi boskich-jumlaning sintaktik strukturasini tuzishdan iboratdir.
Iboraning umumiy tuzilishi, uning grammatik shakli taxmin kilib kuriladi. kerakli suzlarning kidirib topilishini,
ularni eng anik talaffuz etadigan tovushlarning tanlanishini ta'min etadigan mexanizmlar ishga solinadi. Va nixoyat,
jumlani ovoz chikarib aytila boshlaydi, ya'ni nutk real tarzda ruyobga chikadi. Shunday kilib, "gapirish" jarayoni
boshlanadi. Bu jarayon davomida kommunikator uzatilishi lozim bulgan axborotni kodlashtiradi. xamsuxbat
(resipiyent) tinglash jarayonida olinga axborotning kodini ochadi. Bu uz navbatida eshitilgan nutkning tovushlarini
boskichma-boskich suzlar moxiyatiga aylantirishdan iborat bulib, kommunikatorning aytmokchi bulgan suzi anglab
yetilishini ta'minlaydi. Tinglovchining unga xabar kilingan narsani tugri tushunganligi kommunikator uchun fakat
resipiyenning uzi kommunikatorga aylanib (kommunikativ rollar almashgan xolda), unga xabar kilingan narsani
kabul kilgani va tushunib yetganini ma'lum kilganidan keyingina anik-ravshan buladi. Diologik munosabatda
kommunikativ rollar navbatma-navbat uzgarib turadi, natijada sekin-asta xamjixatlar tarikb topadi. Mulokat
kilayotganlarning xatti-xarakatlari va xulk-atvori muvofiklashgan bulish extimoli tugiladi. Buning birgalikda
faoliyat kursatishda biron natijaga erishib bulmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: