Ko‟rgazmali-obrazli tafakkur formada ko‘pincha bog‘cha yoshidagi bolalarda paydo bo‘ladi (4-7 yosh).
Bu yoshdagi bolalarda tafakkurning amaliy harakatlar bilan aloqasi garchi saqlanib qolsa ham, lekin bu aloqa
avvalgidek mustahkam, to‘g‘ri va bevosita bo‘lmaydi. Bola bilayotgan ob‘yektni analiz va sintez qilishi davomida
qiziqtirayotgan narsani qo‘llari bilan albatta va hamma vaqt ham ushlab ko‘rishi shart emas. Juda ko‘p hollarda
sistemali ravishda ob‘yektni amaliy timirsklab ko‘rish talab qilinmaydi. Lekin barcha hollarda mazkur ob‘yektni
aniq idrok qilish va yaqqol tasavvur etish shartdir. Boshqacha qilib aytganda, bog‘cha yoshidagi bolalar faqat
ko‘rgazmali obrazlar bilan fikr yuritadilar va hali tushunchalarga ega bo‘lmaydilar.
Bolalar amaliy va ko‘rgazmali-hissiy tajribalari asosida ularning maktab yoshidagi davrlarida shakladgi
Do'stlaringiz bilan baham: |